Noxush ko‘rinishlar quyidagi gradatsiyaga muvofiq keltirilgan: tez-tez – ≥5%, tez-tez emas – 1% dan <5% gacha, kam hollarda – <1% (ushbu toifada faqat klinik muhim noxush ko‘rinishlar keltiriladi).
Og‘ir noxush ko‘rinishlar (jiddiy va hayotga xavf tug‘diruvchi) har bir turdagi noxush ko‘rinishlarning sonini 0 dan 5% gacha qismini tashkil qiladi va faqat ayrim hollardagina ularning tez-tezligi yuqori bo‘lishi mumkin (leykopeniyada – 6,8%, stomatitda – 7,4%, neytropeniyada – 8,5%, kaft-tovon sindromida – 19%).
Qon yaratish a’zolari tomonidan: miyelosupressiya (kam hollarda – anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya, febril neytropeniya).
Gematologik toksiklik ko‘pincha tuxumdonlar raki bo‘lgan bemorlarda yuz beradi.
Sut bezi raki bo‘lgan bemorlarda anemiya ko‘proq kuzatiladi, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya esa – uncha tez-tez emas.
Ko‘p sonli miyelomasi bo‘lgan patsiyentlarda – limfopeniya va febril neytropeniya – tez-tez kuzatilmaydi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – ko‘krakda og‘riq, periferik shishlar, taxikardiya, qizish hissi, kardiotoksik ta’siri (kam hollarda dimlangan yurak yetishmovchiligi simptomlari bilan assotsiatsiyalangan yurakning chap qorinchasidan qon otilib chiqish fraktsiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishi); kam hollarda – arterial bosimni pasayishi.
Ko‘p sonli miyelomasi bo‘lgan patsiyentlarda arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, ortostatik gipotenziya va flebit uncha tez-tez yuz bermagan.
Liposomal doksorubitsin bilan davolashda kardiotoksiklikning tez-tezligi va yaqqolligi, an’anaviy doksorubitsin bilan – xuddi shunday dozalarda kuzatilganiga nisbatan pastroq bo‘lgan.
Ovqat hazm qilish a’zolari tomonidan: tez-tez – qorinda og‘riq, anoreksiya, qabziyat, diareya, mukozit, stomatit, ko‘ngil aynishi, qusish; tez-tez emas – degidratatsiya, og‘iz qurishi, dispepsiya, disfagiya, ezofagit, gastrit, gingivit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yaralanishi, ta’m sezishni o‘zgarishi; kam hollarda – meteorizm, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida og‘riq.
Ko‘p sonli miyelomasi bo‘lgan patsiyentlarda – tez-tez – dispepsiya, aftoz stomatit va ishtahani pasayishi, ta’mni o‘zgarishi rivojlangan, tez-tez emas – qorinning yuqori qismida og‘riq.
Teri va teri qo‘shimchalari tomonidan: tez-tez – kaft-tovon sindromi (eritrodizesteziya), alopetsiya, terida toshma, eritema; tez-tez emas – terini qurishi, dermatit, eksfoliativ dermatit, makulopapullyoz toshma, vezikulobullyoz toshma, tirnoqlarni shikastlanishi, teri pigmentatsiyasini buzilishi, teri yaralari, terini qichishishi; kam hollarda – akne, bullez toshma, epidermisni deskvamatsiyasi, eshakemi, juda kam hollarda – ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.
Ko‘p sonli miyelomasi bo‘lgan patsiyentlarda – tez-tez – terini qurishi aniqlangan, tez-tez emas – alopetsiya, allergik dermatit, dori dermatiti, eritema, papulez toshma, petexiyalar va terini qichishishi.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – paresteziyalar, toliqish; tez-tez emas – bosh aylanishi, uyquchanlik, bezovtalik; kam hollarda – neyropatiya, depressiya, silliq mushaklar tonusini oshishi.
Ko‘p sonli miyelomasi bo‘lgan patsiyentlarda – tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, nevralgiya, neyropatiya, periferik neyropatiya, periferik sensor neyropatiya va polineyropatiya, tez-tez emas – hushdan ketish, dizesteziya, gipesteziya va uyquchanlik.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez emas – mialgiya; kam hollarda – ossalgiya.
Ko‘p sonli miyelomasi bo‘lgan patsiyentlarda – tez-tez – qo‘l-oyoqlarda og‘riq, tez-tez emas – artralgiya, mushaklarni kuchsizligi, mushak spazmlari va ko‘krak qafasida og‘riq.
Ko‘rish a’zosi tomonidan: tez-tez emas – kon’yunktivit; kam hollarda – ko‘z yoshini oqishi.
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan: tez-tez emas – yorg‘oq eritemasi.
Infuzion reaktsiyalar: (asosan birinchi infuziya vaqtida kuzatiladi) allergik reaktsiyalar, anafilaktoid reaktsiyalar, bo‘g‘ilish huruji, yuzni shishi, qon tomirlarni kengayishi, arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, eshakemi, belda og‘riq, ko‘krak qafasida og‘riq, et uvishishi, isitma, taxikardiya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, nafasni qiyinlashishi, faringit, terida toshma, terini qichishishi, kuchli terlash, tirishishlar (juda kam hollarda), shuningdek inyektsiya joyida reaktsiyalar va boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sir natijasidagi reaktsiyalar.
Liposomal doksorubitsin va bortezomib qabul qilgan ko‘p sonli miyelomasi bo‘lgan patsiyentlarda infuzion reaktsiyalarning tez-tezligi 3% ni tashkil qilgan.
Infuziyani vaqtinchalik to‘xtatish odatda qo‘shimcha davolashlarsiz bu reaktsiyalarni bartaraf etilishiga olib keladi.
Liposomal doksorubitsinni keyingi yuborilishlarida infuzion reaktsiyalar kam hollarda paydo bo‘ladi.
Mahalliy reaktsiyalar: preparat teri ostiga tushganida kam hollarda atrofdagi to‘qimalarni nekrozi rivojlanadi.
Laborator tekshiruvlarni klinik ahamiyatli o‘zgarishlari: tez-tez emas – qon zardobida AST faolligini va umumiy bilirubin kontsentratsiyasini oshishi, zardobda kreatinin kontsentratsiyasini oshishi; kam hollarda – qon zardobida ALT faolligini oshishi.
Ko‘p sonli miyelomasi bo‘lgan patsiyentlarda – tez-tez emas – qon zardobida ALT faolligini oshishi, giperkaliyemiya, gipokaltsiyemiya, gipokaliyemiya, gipomagniyemiya, giponatriyemiya aniqlanadi.
Boshqalar: tez-tez – asteniya, isitma, faringit, kuchli toliqish, holsizlik; tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, lohaslik, yo‘talni kuchayishi, o‘rab oluvchi temiratki, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidozi, kuchli terlash, siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, tromboflebit, venoz tromboz; kam hollarda – anafilaktik reaktsiyalar, kaxeksiya, follikulit, oddiy gerpes, sepsis, yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, dizuriya, vaginit, genitaliy sohasi kandidozi.
Ko‘p sonli miyelomasi bo‘lgan patsiyentlarda – tez-tez – oddiy gerpes, o‘rab oluvchi temiratki, tana vaznini kamayishi, tez-tez emas – et uvishishi, pnevmoniya, yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari, nazofaringit, tana haroratini oshishi, virusli infektsiyalar, periferik shishlar, burundan qon ketishi va jismoniy zo‘riqishda hansirash.
Ham liposomal doksorubitsin va bortezomib bilan majmuaviy davolash, xam bortezomib bilan monoterapiya qabul qilgan patsiyentlarda gematologik noxush ko‘rinishlar orasida hammasidan ko‘proq neytropeniya, trombotsitopeniya va anemiya kuzatilgan.
3-4 darajali neytropeniyaning tez-tezligi bortezomib bilan monoterapiyaga nisbatan, majmuaviy davolash fonida yuqoriroq bo‘lgan (muvofiq ravishda 28% va 14%).
3-4 darajali trombotsitopeniyaning tez-tezligi xam majmuaviy davolash qabul qilgan patsiyentlarda yuqoriroq bo‘lgan (muvofiq ravishda 22% va 14%).
Anemiyani uchrash tez-tezligi ikkita guruhda bir xil bo‘lgan (7% va 5%).
Majmuaviy davolash fonida stomatit (16%), monoterapiyadagiga nisbatan (3%) ko‘proq uchragan.
Stomatit holatlarining ko‘pchiligi £ 2 og‘irlik darajasida bo‘lgan.
3 darajali stomatit majmuaviy davolash qabul qilgan patsiyentlarning 2% da rivojlangan.
4 darajali stomatit holatlari qayd etilmagan.
Majmuaviy davolash qabul qilgan patsiyentlarda ko‘ngil aynishi va qusish, monoterapiya o‘tkazilgan patsiyentlarga nisbatan ko‘proq (muvofiq ravishda 40% va 28%,), (32% va 15%) kuzatilgan.
Ko‘pchilik holatlar 1-2 og‘irlik darajasida bo‘lgan.
Bortezomib bilan yoki preparatlarning majmuasi (bortezomib va liposomal doksorubitsin) bilan davolash, noxush ko‘rinishlar tufayli 38% patsiyentda to‘xtatilgan.
Bortezomib yoki liposomal doksorubitsinni bekor qilinishiga asosiy sabab bo‘lgan asosiy noxush reaktsiyalar – kaft-tovon sindromi, nevralgiya, periferik neyropatiya, periferik sensor neyropatiya, trombotsitopeniya, yurakning chap qorinchasidan qon otilib chiqish fraktsiyasini pasayishi va kuchli toliqish bo‘lgan.