DOK 1 MAKS rasmini ko'rish

Tarkibi:

har 10 ml quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: paratsetamol – 500 mg, gvayfenezin – 200 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10 mg; yordamchi moddalar: propilenglikol, sorbitol, natriy benzoati, natriy saxarini, limon kislotasi monogidrati, sukroloza, karamel rangi, glitserol, mentol, muzdek limon ta’mi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, gvayfenezin, fenilefrin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

DOK-1 MAKS

Farmakalogik guruhi:

O‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK) simptomlarini bartaraf etish uchun vosita.

Dori shakli:

sirop

och jigarrangdan jigarranggacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli va shirin ta’mli suyuqlik.

O‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK) simptomlarini bartaraf etish uchun vosita.

N02BE51

Paratsetamol uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilinganidan so‘ng, ichakning yuqori qismida deyarli to‘liq va tez so‘riladi, uglevod miqdori yuqori bo‘lgan ovqat qabul qilinganida esa – sekin so‘riladi. Odatdagi og‘riqni qoldiruvchi dozada oqsillar bilan kam bog‘lanadi. Taxminan 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi. Qondagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Yarim chiqarilish davri 1-4 soatni tashkil etadi, buyrak yetishmovchiligida o‘zgarmaydi, ammo jigar kasalliklarida va doza oshirib yuborilganida, chaqaloqlarda va qariyalarda uzayishi mumkin. Organizmdan buyrak orqali chiqariladi. Gvayfenezin: ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi, tez metabolizmga uchraydi 3-(2metoksi-fenoksi) sut kislotasigacha oksidlanadi va siydik bilan chiqariladi. Fenilefrin gidroxloridi uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilinganida jigardan birinchi o‘tish samarasi hisobiga va me’dada monoaminooksidaza tomonidan parchalanishi natijasida biologik faolligi pasayadi. Biotransformatsiyasi me’da-ichak yo‘llarida va jigarda kechadi. Organizmdan buyrak orqali chiqariladi.

DOK-1® MAKS ko‘krak va nam yo‘tal, burunni bitishi, angina, sinusit, bosh og‘rig‘i, tana og‘rig‘i, shamollash va grippdagi isitmada qo‘llanadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 10 ml dan kuniga 3-4 marta buyuriladi. 6-12 yoshli bolalar – 5 ml dan kuniga 3-4 marta buyuriladi. 2-6 yoshli bolalar – 2,5 ml dan kuniga 3-4 marta buyuriladi.

DOK-1® MAKS siropning ingrediyentlari tavsiya qilingan dozalarda odatda patsiyentlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Ba’zida teri toshmasi, qorin sohasida og‘riq, arterial bosimni oshishi, bosh aylanishi, boshqa allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlaridan birontasiga va glyukozaga o‘ta yuqori sezuvchanlik; MAO ingibitorlarini qabul qilayotgan patsiyentlar va jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas.

Antatsidlar va ovqat qabul qilinishi paratsetamolni so‘rilishini sekinlashtirishi mumkin. DOK-1® MAKS siropini tsimetidin, fenotiazin bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash va MAO ingibitorlari hamda tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak.

Qorong‘u va quruq joyda, +25˚S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Paratsetamolning dozasini oshirib yuborilishining birinchi 24 soatdagi simptomlari terini oqarishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani pasayishi va qorinda og‘riq hisoblanadi. Dozani oshirib yuborilishini davolash simptomatik va samarani bir maromda ushlab turuvchi bo‘lishi lozim. Doza oshirib yuborilganida tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.

Retseptsiz

100 ml qahrabo rangli plastmassa flakonda. 1 flakon 10 ml o‘lcham qopqog‘i va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

36 oy