Gipoksiya, giperkapniya va atsidoz nojo‘ya samaralarni yuz berish ehtimolini oshirib, preparatning samaradorligini pasaytiradi.
Davolash ushbu holatlarni muvofiqlantirilishi bilan parallel o‘tkazilishi kerak.
Dofaminni yuborishni yurak qisqarishlari soni, arterial bosim, EKG, diurez ko‘rsatkichining nazorati ostida o‘tkazish lozim; shuningdek yurakni zarb xajmi, qorinchalarni to‘lishi bosimi, markaziy venoz bosim, o‘pka arteriyalarining bosimini nazorat qilish lozim.
Barcha holatlarda uzoq muddat parenteral davolashda patsiyent holatini o‘zgarishlari, minutli xajmi va laborator tahlillarga qaramay, elektrolit va kislota-ishqor muvozanatini, jigar va buyrak funktsiyasini muntazam nazorat qilish zarur.
Shok holatidagi bemorlarga yuborishdan oldin gipovolemiya plazma va qonning o‘rnini bosuvchi boshqa suyuqliklarni yuborish bilan to‘g‘rilanishi kerak.
Infuziya kardiomonitor nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.
Gipotenziyasiz diurezni kamayishi, diastolik arterial bosimni haddan tashqari oshishi yoki aritmiyalarni paydo bo‘lishi, dozani kamaytirish yoki infuziyani to‘xtatish kerakligini ko‘rsatadi.
Gipovolemiyaning xar xil turlari dofamin bilan davolashni boshlashdan oldin muvofiqlashtirilishi lozim.
Yurak va qon tomirlarini organik shikastlanishi bo‘lgan patsiyentlarga asosiy e’tiborni qaratish lozim, masalan: Yurak ishemik kasalligi, stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlar;Arteriyalarning obliteratsiyalovchi kasalliklari (ateroskleroz, tromboemboliya, Reyno kasalligi, sovuq qotish, diabetik mikroangiopatiya yoki Vinivarter-Byurger kasalligi) bo‘lgan patsiyentlar;Aritmiyasi bo‘lgan patsiyentlar.
Preparat atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni yaxshilashi tufayli, xilpillovchi aritmiyasi bo‘lgan bemorlarga dofamin bilan davolashni boshlashdan oldin digitalis preparatlarini buyurish kerak.
O‘tkir miokard infarkti oqibatida kelib chiqqan shokda dofaminning past dozalarini qo‘llash lozim.
Agar diastolik bosimni noproportsional oshishi kuzatilsa (yurakni urish xajmini yaqqol kamayishi), infuziya tezligini kamaytirish lozim, patsiyentlarni esa, shifokor nazorati ostida qoldirish lozim, chunki bu periferik qon tomirlarning qarshiligini oshishi bilan izohlanadi.
Dofaminning hatto kichik dozalarini yuborishni ham, kutilmagan arterial gipotenziyani oldini olish uchun uni asta – sekin o‘tkazish lozim, odatda infuziya tezligini oshirgandan keyin o‘tib ketadi.
Preparatning infuziyasini tezligi bemorning holati, diurez, arterial bosim va yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmining darajasini o‘zgarishiga qarab, doimo to‘g‘rilab turish kerak.
Agar dofaminni qabul qilayotgan bemorlarda, diastolik arterial bosim oshsa ya’ni (bosim amplitudasi ahamiyatli kamaysa), unga yuborish tezligini kamaytirish lozim va u vazokonstriktsiyani keyingi belgilarini sinchkov nazoratiga muhtoj, biroq faqat kutilgan samaraga erishish holatida bo‘lsa.
Diastolik arterial bosim haddan ziyod oshgan hollarda, diurez kamaygan yoki aritmiya paydo bo‘lgan hollarda dofaminni dozasini kamaytirish lozim.
Yurak funktsiyasi va arterial bosim barqarorlashganda optimal siydik chiqarilishini ta’minlash maqsadida dozani kamaytirish zarur bo‘lishi mumkin.
Ishemiyani bartaraf etish fentolaminni (5-10 mg fentolamin 0,9% li fiziologik 10-15 ml eritmasida) ingichka ignali shpritsda shikastlangan sohaga yuborish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Infuziya to‘xtatilganida arterial gipotenziyani kelib chiqishini xavfi tufayli, dofaminning dozasini asta-sekin pasaytirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
Dofaminni arteriya ichiga va bolyus inyektsiyalar ko‘rinishida yuborish mumkin emas.
Anamnezida periferik qon tomirlarining kasalliklari bo‘lgan bemorlarda qo‘l-oyoqlar terisi rangini yoki haroratini har qanday o‘zgarishlarini aniqlash yuzasidan sinchkov nazorat qilish lozim.
Dofaminni yuborish natijasida, ayniqsa periferik qon tomirlarning obliteratsiyalovchi kasalliklari va/yoki disseminatsiyalangan qon tomir ichki qon ivishi sindromi bo‘lgan bemorlarda qon tomirlarning kuchli torayishi kuzatilishi mumkin, bu nekrozga yoki gangrenaga olib keladi.
Ushbu bemorlarning holatini sinchkov nazoratini ta’minlash zarur; ularda periferik ishemiya belgilari paydo bo‘lgan hollarda dofaminni yuborishni darhol to‘xtatish lozim.
Shuningdek, jigar yoki buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarning holatini ham nazorat qilish lozim.
Komatoz holatdagi bemorlarda nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash kerak.
Glyukoza eritmasini qandli diabeti bo‘lgan bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Ekstravazatlarni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, dofaminni katta venaga yuborish tavsiya etiladi.
Preparat yumshoq to‘qimalarga to‘satdan yuborilsa, ularning nekrozini chaqirishi mumkin.
Ekstravazatlar paydo bo‘lganida shikastlangan to‘qimalarni fentolamin bilan darhol infiltratsiya yo‘li bilan nekrozdan saqlash mumkin.
Ovqat hazm qilish yo‘llarini operativ aralashuvlaridan so‘ng yoki gemorragik diatezi bo‘lgan bemorlarda qon aylanishini qayta taqsimlanishi natijasida qon ketishlari xavfi mavjud.
Infuziya to‘xtatilganida arterial gipotenziyani kelib chiqishini xavfi tufayli, dofaminning dozasini asta-sekin pasaytirishni zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmagan, chunki uning xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumot yetarli emas.
Dofaminni ko‘krak sutiga chiqarilishi, hamda u chaqaloqqa qanday ta’sir ko‘rsatishi ham noma’lum.
Bolalar.
Dofaminni bolalarda qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun preparat bu toifa bemorlarda qo‘llanmaydi.
Avtotransrotni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish xususiyati.
Dofamin-Darnitsa – juda qisqa yarim parchalanish davriga ega bo‘lgan statsionar sharoitlarda qo‘llanadigan preparatdir.
Statsionardan chiqarilganidan keyin avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga preparatni ta’sir qilish imkoniyati yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.