Djesretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Tabletkaning yadrosi: Faol moddalar Etinilestradiol (betadeks klatrati ko‘rinishida)      0,02 mg Drospirenon                                                                       3,00 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati Tabletkaning qobig‘i: gipromelloza, talk, titan dioksidi, temir (III) oksidi bo‘yovchisi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

etinilestradiol + drospirenon

Preparatning savdo nomi:

Djes

Farmakalogik guruhi:

majmuaviy kontratseptiv vosita (estrogen+gestagen).

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Plyonka qobiq bilan qoplangan faol tabletkalar: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, och-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida to‘g‘ri oltiburchagida “DS” gravirovkasi tushirilgan. Sindirilganidagi ko‘rinishi: yadrosi oqdan deyarli oq rangligacha, qobig‘i – och-pushti. Plyonka qobiq bilan qoplangan platsebo tabletkalar: dumaloq, ikki tomonlama qabariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida to‘g‘ri oltiburchagida “DR” gravirovkasi tushirilgan. Sindirilganidagi ko‘rinishi: yadrosi oqdan deyarli oq rangligacha, qobig‘i – oq.

majmuaviy kontratseptiv vosita (estrogen+gestagen).

G03AA12

KontratseptsiyaKontratseptsiya va husnbuzarlarning o‘rtacha shakli (acne vulgaris) ni davolashKontratseptsiya va predmenstrual sindrom (PMS) ning og‘ir shaklini davolashda qo‘llaniladi.

Djes preparati quyida keltirilgan har qanday holatlar bo‘lganida qo‘llanmasligi lozim: Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi tromboz (venoz va arterial) va tromboemboliyalar (shu jumladan chuqur venalar trombozi, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, miokard infarkti), tserebrovaskulyar buzilishlar.Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi trombozga o‘tmishdosh holatlar (shu jumladan, tranzitor ishemik xurujlar, stenokardiya).Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi o‘choqli nevrologik simptomlar bilan kechuvchi migren.Tomirlarning asoratlari bilan bo‘lgan qandli diabet.Venoz yoki arterial trombozning ko‘p sonli yoki yaqqol xavf omillari, shu jumladan yurakning klapan apparatini asoratlangan shikastlanishlari; bo‘lmachalarning fibrillyatsiyasi; bosh miya tomirlari yoki koronar arteriyalarning kasalliklari; nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya; uzoq muddatli immobilizatsiya bilan bo‘lgan jiddiy jarrohlik aralashuvi; 35 yoshdan katta yoshda chekish.Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi yaqqol gipertriglitseridemiyali pankreatit.Jigar yetishmovchiligi va jigarning og‘ir kasalliklari (jigar sinamalari normaga qaytgunga qadar).Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi jigar o‘smalari (xavfli yoki xavfsiz).Og‘ir buyrak yetishmovchiligi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.Buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi.Aniqlangan gormonga bog‘liq xavfli kasalliklar (shu jumladan sut bezlari yoki jinsiy a’zolarning) yoki ularga gumon.Sababi aniq bo‘lmagan qindan qon ketishi.Homiladorlik yoki homiladorlikka gumon.Emizish davri.Djesning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik. Agar bu holatlardan birontasi Djes qabul qilish vaqtida birinchi marta paydo bo‘lsa, darhol bu preparatni qabul qilishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing. Preparatni qabul qilish to‘xtatilgan davrda shifokor bilan maslahatlashguncha, nogormonal homilaga qarshi vositalarni ishlating. “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga ham qarang.

Boshqa majmuaviy peroral kontratseptiv preparatlarni ishlatishga oid quyidagi ogohlantirishlarni, Djesni qo‘llanganda xam hisobga olish kerak: – Tromboz Tromboz – qon tomirlarini berkitib qo‘yishi mumkin bo‘lgan qon laxtasi (trombni) hosil bo‘lishidir. Tromb ajralganida tromboemboliya rivojlanadi. Ba’zida tromboz oyoqlarning chuqur venalarida (chuqur venalar trombozi), yurak tomirlarida (miokard infarkti), bosh miya tomirlarida (insult) va kamdan-kam hollarda – boshqa a’zolarning tomirlarida rivojlanadi. Majmuaviy peroral kontratseptiv vositalarini qabul qiladigan ayollarda trombozlarning xavfi, ularni ishlatmaydiganlarga qaraganda bir muncha ko‘proq uchraydi, ammo homiladorlik davridagi kabi yuqori emas. Trombozning xavfi yosh o‘tgan sari, shuningdek chekilgan sigaretlarning soni oshib borganida ham oshadi. Djes qo‘llanganida chekishni to‘xtatish kerak, ayniqsa, agar sizning yoshingiz 35 dan oshgan bo‘lsa to‘xtatish kerak. Chuqur venalar trombozining xavfi operatsiya vaqtida yoki uzoq muddatli immobilizatsiyada (harakatsizlikda), masalan, oyog‘ingiz gipsda bo‘lganida, davomli yotoq tartibida vaqtincha oshadi. Rejalashtirilayotgan operatsiya yoki gospitalizatsiya holatlarida siz majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilayotganingiz haqida shifokorni ertaroq ogohlantiring. Shifokor sizga preparatni qo‘llashni to‘xtatishni (operatsiya rejalashtirilayotgan bo‘lsa, hech bo‘lmaganda undan 4 hafta oldin) va immobilizatsiya tugaganidan keyin 2 hafta davomida qabul qilishni qaytadan tiklamaslikni tavsiya etishi mumkin. Yuqori arterial bosim aniqlanganida shifokor sizga majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilishni to‘xtatishni tavsiya etishi mumkin. – O‘smalar Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilish va sut bezlarining raki orasidagi bog‘liqlik isbotlanmagan, biroq majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda bir xil yoshdagi ularni ishlatmayotgan ayollarga nisbatan u ko‘proq aniqlanadi. Ehtimol, bu farqning kelib chiqishi shundan iboratki, preparat qabul qilayotganda ayollar tekshiruvdan ko‘proq o‘tadilar va shuning uchun sut bezining raki erta bosqichida aniqlanadi. Kam hollarda jinsiy steroidlar qo‘llash fonida jigarning xavfsiz o‘smasi, kamdan-kam hollarda esa – jigarning xavfli o‘smasining rivojlanishi kuzatilgan, ular hayot uchun xavfli bo‘lgan qorin ichidagi qon ketishlariga olib kelishi mumkin. Preparatni qo‘llash bilan bog‘liqligi isbotlanmagan. Kutilmaganda qorin sohasida kuchli og‘riqlar paydo bo‘lganida darhol shifokor bilan maslahatlashing. Bachadon bo‘ynining rakining rivojlanishini eng jiddiy xavf omili doimiy davom etuvchi papilloma-virusli infektsiyadir. Bachadon bo‘ynining raki majmuaviy oral kontratseptivlarni uzoq vaqt davomida ishlatgan ayollarda biroz ko‘proq aniqlanadi. Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilish bilan bog‘liqligi isbotlanmagan. Bu balki bachadon bo‘yni kasalliklarini aniqlash uchun tez-tez o‘tkaziladigan ginekologik ko‘riklar bilan yoki jinsiy xulq xususiyatlari bilan (kontratseptsiyaning to‘siqli usullarini juda kam qo‘llash) bog‘liq bo‘lishi mumkin. – Samaradorlikni pasayishi Majmuaviy peroral kontratseptiv preparatlarning samaradorligi quyidagi hollarda pasayishi mumkin: tabletkalar o‘tkazib yuborilganida, qusishda va diareyada yoki dorilarning o‘zaro ta’siri natijasida. – Xloazmga moyil bo‘lgan ayollar majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilish vaqtida quyoshda uzoq bo‘lish va ultrabinafsha nurlanishining ta’siridan saqlanishlari kerak. – Angionevrotik shishning nasliy ko‘rinishlari bo‘lgan ayollarda ekzogen estrogenlar angionevrotik shishni chaqirishi yoki simptomlarini og‘irlashtirishi mumkin.

Djesni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Agar Djes preparatni qabul qilish vaqtida homiladorlik aniqlansa yoki gumon qilinsa, preparatni darhol bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak. Biroq yirik epidemiologik tekshirishlar, homiladorlikkacha jinsiy steroidlarni (shu jumladan majmuaviy peroral kontratseptivlar) qabul qilgan ayollar tomonidan tug‘ilgan bolalarda rivojlanishning nuqsonlarining hech qanday yuqori xavfini yoki homiladorlikning ilk muddatlarida jinsiy steroidlar ehtiyotsizlik bilan qabul qilinganida teratogen ta’sirni aniqlamagan.

Quruq joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Doza oshirib yuborilganida jiddiy buzilishlar to‘g‘risida xabar berilmagan. Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qo‘llashning jamiki tajribasi asosida faol tabletkalarning dozasi oshirib yuborilganda qayd etilishi mumkin bo‘lgan simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish, qindan surkaluvchi qonli ajralmalar yoki metrorragiya hisoblanadi. Doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish kerak.

Retsept bo‘yicha

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 28 tabletkadan (24 faol tabletka va 4 platsebo tabletka) blisterda. 1 blister karton-yig‘ma kitobchaga yelimlangan. 1 yoki 3 yig‘ma kitobcha o‘zi yelimlanadigan taqvim va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan tiniq plyonkada.

5 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin!