Ditsetelretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: 50 mg yoki 100 mg pinaveriya bromidi. Yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi, mikrokristallik tsellyuloza, talk, magniy stearati, qayta jelatinlangan kraxmal, laktoza monogidrati. Parda qoplama: butilmetakrilat sopolimer asosi, natriy laurilsulfati, talk, stearin kislotasi, quruq sepispers 3203 (gipromelloza (Ye 464), mikrokristallik tsellyuloza (Ye 460), titan dioksidi (Ye 171), sariq quyosh shafag‘i bo‘yovchisi (alyuminiyli lak) (Ye 110).

Preparatning savdo nomi:

Ditsetel®

Farmakalogik guruhi:

Spazmolitik vosita ATX kodi: A03AX04

Dori shakli:

parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar

50 mg li tabletkalar. Dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, zarg‘aldoq rangli parda qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “50” gravirovkasi va boshqa tomonida “S” harfi ostida “ ” belgli tabletkalar. 100 mg li tabletkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, zarg‘aldoq rangli parda qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “100” gravirovkasi va boshqa tomonida “S” harfi ostida “ “ belgli tabletkalar.

Spazmolitik vosita

ATX kodi: A03AX04

– Ichak ishining funktsional buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqlarni, ichak ichidagisini o‘tkazilishini buzilishlarini va diskomfortni simptomatik davolash; – O‘t-safro chiqarish yo‘llarining funktsional buzilishlari bilan bog‘liq og‘riqlarni simptomatik davolash; – Me’da-ichak yo‘llarini bariy sulfatini qo‘llash bilan rentgenologik tekshirishlarga tayyorlash.

Preparat ichga qabul uchun mo‘ljallangan. Ditsetel® parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar 50 mg Sutkalik doza – 1 tabletkadan kuniga 3 marta yoki 2 tabletkadan kuniga 2 marta ovqatlanish vaqtida. Agarda zarurati bo‘lsa sutkalik dozani kuniga 6 tabletkagacha oshirish mumkin. Me’da-ichak yo‘llarini rentgenologik tekshirishlarga tayyorlashda tekshirishdan oldin kuniga 4 tabletkadan, 3 kun davomida. Ditsetel® parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar 100 mg Sutkalik doza – 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta, ertalab va kechqurun ovqatlanish vaqtida. Agarda kerak bo‘lsa sutkalik dozani kuniga 3 tabletkagacha oshirish mumkin. Rentgenolog tekshirishlarga tayyorlashda – tekshirishdan oldin kuniga 2 tabletkadan 3 kun davomida. Tabletkalar ovqatlanish vaqtida 1 stakan suv bilan birga qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynash yoki so‘rish mumkin emas.

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; Laktaza tanqisligi, galaktozani qabul qilaolmaslik, glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi. Preparatni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlarning yetishmovchiligi sababli qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

B ro‘yxati. Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishida nojo‘ya ko‘rinishlarni rivojlanshi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Maxsus antidoti noma’lum. Simptomatik davolash tavsiya qilinadi.

Retsept bo‘yicha

5 yil. O‘ramida ko‘rsatilagan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.