Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
natriy atsetati + natriy xloridi.
Preparatning savdo nomi:
Disol.
Farmakalogik guruhi:
Tuzli eritmalar.
Dori shakli:
infuziya uchun eritma
tiniq rangsiz suyuqlik.
Tuzli eritmalar.
B05BB01
Disol vena ichiga yuborilganligi sababli komponentlarining bio kira olishi 100% ni tashkil qiladi.
Preparat tomir tizimida qisqa vaqt ushlanib turadi va interstitsial hujayra ichi sektoriga o‘tadi.
Natriy va xlorid asosan hujayradan tashqari bo‘shliqqa o‘tadi, kaliy esa hujayra ichida joylashadi.Na+ ionlari asosan buyraklar orqali chiqariladi, kam miqdorda ichak, teri, ko‘z yoshi va boshqalar.
Organizmda atsetat atsetil-koenzim A ga faollashadi, so‘ng faol atsetat miqdori Krebs tsiklida karbonad angidrid gazi va suvgacha oksidlanadi.
Atsetatning oksidlanish jarayoni mushak hujayralarida amalga oshadi, shuning uchun uning metabolizmiga nnisbatan organizm qobiliyati asosan tananing mushak massasiga bog‘liq.
Atsetil-KoA metabolizmi shuningdek oksidlanishning yog‘li kislotalar, keto kislotalar va xolesterin hosil qiluvchi kichik yo‘lidan borishi mumkin.
Atsetatning siydik bilan chiqarilishi yuborish vaqtida oshadi.
Biroq uning organizm to‘qimasidagi metabolizmi shunchaldik tez amalga oshiriladiki, siydikka faqatgina uning oz miqdori o‘tadi.
degidratatsiya;intoksikatsiya (o‘tkir dizenteriya (shigellyoz), El-Tor (Inaba) xolerasi, oziq-ovqat toksikoinfektsiyasi va boshqalar);giperkaliyemiya.
Vena ichiga (v/i) yuboriladi, oqim bilan yoki tomchilatib.
Doza kasallik og‘irligi, organizm holati, laborator tekshiruv natijalari, bemorning yoshi, vazni va buyraklar faoliyatiga qarab aniqlanadi.
Yuborishdan oldin eritmani 36-38°S gacha isitish kerak.
Kasallikning og‘ir formalarida (gipovolemik infektsion-toksik shok, noadekvat kapillyar perfuziya, dekompensiyalashgan metabolik atsidoz, anuriya) bemorning tana vaznidan 7-10% miqdorda 1-2 soat davomida oqim bilan yuboriladi, keyinchalik esa daqiqasiga 40-120 tomchidan 24-48 soat davomida tomchilatib yuborishga o‘tiladi.
Kasalliklarning yengil formalarida (organizm intoksikatsiyasi va suvsizlanishi, metabolik atsidoz, oliguriya) preparatni tomchilatib yuborish bilan chegaralanish mumkin.
Eritma suyuqlik hajmini tiklash uchun zarur miqdorda yuboriladi.
Yuborilgan va yo‘qotilgan suyuqlik o‘rtasidagi muvozanat har 6 soatda aniqlanadi.
Giperkaliyemiya bartaraf qilinganidan so‘ng keyingi suv-elektrolit muolajasini “Atsesol” eritmasi bilan davom ettirish mumkin.
Allergik reaktsiyalar:gipertermiya vateri giperemiyasi (juda tez yuborilganida).
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan:taxikardiya(juda tez yuborilganida).
Moddalar almashinuvi tomonidan:xloridli atsidoz, gipergidratatsiya, gipokaliyemiya(katta hajmlarda yuborilganida).
Boshqalar:shishlar, titrash.
preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;gipernatriyemiya;gipergidratatsiya holati (organizmga ko‘p miqdorda suyuqlik yuborish mumkin bo‘lmagan holatlar);o‘pka, miya shishi havfi;yuqori dozalarda kortikosteroidlar bilan davolash;SYUЕ (surunkali yurak yetishmovchiligi);buyrak yetishmovchiligi.
Qo‘llanilishi kerak bo‘lgan eritma tiniq, hona haroratida, flakon esa germetik bo‘lishi kerak.Xiralashgan yoki jarohatlangan sig‘imdan eritma ishlatilmasin.
Eritmani qo‘llash mobaynida arterial bosim, diurez, gematokrit, qondagi elektrolitlar kontsentratsiyasini nazorat qilish zarur.
Preparatnining muzlatilishi uni qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘la olmaydi.
Preparat homiladorlikdavrida, uning ona sog‘ligi uchun taxmin qilinadigan foydasi, homilada kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfidan ustun deb topilgan hollardagina qo‘llanadi.
Laktatsiya davrida ko‘krak bilan emizishni vaqtinchalik to‘xtatib turish haqidagi savolni ko‘rib chiqish lozim.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin, hamda bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.