Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 5 mg dipiridamol; yordamchi moddalar: vino kislotasi, propilenglikol, inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
dipiridamol (dipyridamole)
Preparatning savdo nomi:
Dipiridamol
Farmakalogik guruhi:
Antitrombotik vosita.
Antiagregantlar
Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma
tiniq, sariq rangli suyuqlik.
Antitrombotik vosita.
Antiagregantlar
V01AS07.
Operatsiyadan keyingi trombozlarni, bosh miyada qon aylanishini buzilishini oldini olish uchun antiagregant vosita sifatida qo‘llanadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga mushak ichiga yoki vena ichiga sutkada 0,5% li eritma 1-2 ml dan sekin yuboriladi.
Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va tromboembolik asoratlarning xavf darajasiga bog‘liq.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his qilish, bradikardiya, aritmiyalar, arterial gipotenziya, qizish hissi va taxikardiya, ayniqsa vazodilatatorlarni qo‘llayotgan shaxslarda, yurak ishemik kasalligini zo‘rayishi (stenokardiya va aritmiya), qonni toraymagan koronar tomirlar orqali oqib o‘tishi (sindrom koronarnogo obkradvaniya), vena ichiga tez yuborilganida arterial bosimini pasayishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastriyda og‘riq, dispepsiya.
Qon tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, trombotsitlarning funktsional xususiyatlarini o‘zgarishi, qon ketishi; juda kam hollarda jarrohlik aralashuvi vaqtida yoki keyin qon ketishiga moyillikni oshishi kuzatilgan.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, holsizlik, kelib chiqishi qon tomirlarga bog‘liq bosh aylanishi, xushdan ketish, tremor.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: allergik reaktsiyalar, shu jumladan qisqa muddatli teri toshmalari, eshakemi.
Immun tizimi tomonidan: yaqqol bronxospazm va Kvinke shishi bo‘lishi mumkin.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: mushaklarda og‘riq, artrit, mialgiya.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: dipiridamol o‘t qopidagi toshlarning tarkibiga kirishi haqida ma’lumotlar bo‘lgan.
Umumiy buzilishlar: umumiy holsizlik, quloqlarni bitishi hissi, boshda shovqin, yuz terisining giperemiyasi, rinit, yuborish joyida o‘zgarishlar.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Koronar arteriyalarning tarqalgan aterosklerozi, o‘tkir miokard infarkti, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, aritmiyalar, arterial gipotenziya (kollaps), nostabil stenokardiya, aortaning subaortal stenozi, buyrak yetishmovchiligi, bronxial astma, o‘pkaning obstruktiv kasalliklari, yaqqol jigar yetishmovchiligi, gemorragik diatezlar, qon ketishiga moyilligida bo‘lgan kasalliklar (me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi) qo‘llash mumkin emas.
Dipiridamol ksantin hosilalari bilan nomutanosib.
Dipiridamol xolinesteraza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida miasteniyali patsiyentlarning kasallikni kechishini yomonlashtiradi.
Preparat geparin bilan qo‘llanganida gemorragik asoratlarning xavfi oshadi.
Antikoagulyantlar, atsetilsalitsil kislotasi, geparin, shuningdek β-laktam antibiotiklar (penitsillinlar, tsefalosporinlar), tetratsiklinlar, xloramfenikol bilan bir vaqtda qo‘llanganida, antiagregatsion samarasini kuchayishi kuzatiladi.
Dipiridamol geparin bilan birga buyurilganida gemorragik asoratlarni rivojlanish xavf oshishi kuzatiladi.
Ksantin hosilalari preparatning koronar qon tomirlarni kengaytiruvchi samarasini susaytiradi.
Antatsidlar, sorbentlar va o‘rab oluvchi vositalar dipiridamolni so‘rilishini kamaytiradi, bu uning qondagi maksimal kontsentratsiyasini kamayishiga va samarasini pasayishiga olib keladi.
Dipiridamol antigipertenziv vositalarning gipotenziv ta’sirini oshiradi, xolinesteraza ingibitorlarining antixolinergik xususiyatlarini susaytiradi.
Dipiridamol adenozinning qon plazmasidagi darajasini va uning kardiovaskulyar samaralarini oshiradi.
Shuning uchun aminazinning dozasiga tuzatish kiritish kerak bo‘lishi mumkin.
Parenteral yuborilganida preparatni teri ostiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak (irritativ ta’sir bo‘lishi mumkin).
Koronar arteriyalarning patologiyasi.
Preparat yuqori dozalarda buyurilganida qonni toraymagan koronar tomirlar orqali oqib o‘tishini paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin, ya’ni miokardning ishemiyali joyini qon bilan ta’minlanishini kamayishi.
Dipiridamol vazodilatator samaraga ega, shuning uchun koronar arteriyalarning og‘ir patologiyasi (masalan nostabil stenokardiya yoki miokard infarktini yaqin orda o‘tkazish) bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Bunday patsiyentlar dipiridamolni qabul qilganlarida ko‘krak orqasida og‘riq kuchayishi mumkin.
Jigar yetishmovchiligi.
Dipiridamol yuqori dozalarda qo‘llanganida jigar fermentlarining darajasini oshishiga va jigar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda jigar yoki buyrak yetishmovchiligida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun bunday hollarda uni extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Arterial gipotenziya.
Dipiridamolni arterial gipotenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki u periferik vazodilatatsiya chaqirishi mumkin.
Homiladorlik davrida preparat qo‘llanmaydi.
Preparat ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun preparatni qo‘llayotgan davrda emizishni to‘xtatish kerak.
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Retsept bo‘yicha
2 ml dan ampulalarda, 5 yoki 10 ampuladan qutida; 5 ampuladan blisterda, 1 blisterdan qutida.