Diosperidin rasmini ko'rish

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: diosmin – 450 mg, gesperidin – 50 mg; yordamchi moddalar: natriy kraxmalglikolyat, mikrokristall tsellyuloza, jelatin, talk, magniy stearati. Qobiq quyidagilarni saqlaydi: glitserin, gipromelloza 2910, makrogol 6000, natriy laurilsulfati, temir (III) oksidi, temir (II) oksidi (Ye172), titan dioksidi (Ye171), magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

diosmin, gesperidin

Preparatning savdo nomi:

Diosperidin

Farmakalogik guruhi:

angioprotektorlar va majmuadagi mikrotsirkulyatsiya korrektorlari.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

pushti-och jigar rang, oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, sindirish chiziqchasi bilan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

angioprotektorlar va majmuadagi mikrotsirkulyatsiya korrektorlari.

S05SA53

oyoqlarning organik va funktsional tabiatli surunkali veno limfatik yetishmovchiligi (shishlar, og‘riq, oyoqlarda og‘irlik);o‘tkir va surunkali gemorroyda qo‘llanadi.

Peroral qo‘llash uchun buyuriladi. Surunkali venolimfatik yetishmovchilikni davolash (shishlar, og‘riq, oyoqlarda og‘irlik, tungi tirishishlar, trofik yaralar, limfadema va boshqalar): sutkada 2 tabletka (ikki marta qabul qilish) ovqatlanish vaqtida buyuriladi. Bir xafta qo‘llagandan keyin sutkada 2 tabletkadan ovqat bilan birga qabul qilish mumkin. Surunkali gemorroy: sutkada 2 tabletka (ikki marta qabul qilish) ovqatlanish vaqtida buyuriladi. Bir xafta qo‘llagandan keyin sutkada 2 tabletkadan ovqat bilan birga qabul qilish mumkin. O‘tkir gemorroy: birinchi 4 kun davomida sutkada 6 tabletka va keyingi 3 kun davomida sutkada 4 tabletkadan buyuriladi. Ovqatlanish vaqtida qo‘llanadi. Tabletkalarning sutkalik miqdorini 2-3 marta qabul qilishga bo‘linadi. Davolash kursi va dozasi qo‘llashga ko‘rsatmalar, kasallikning kechishiga bog‘liq va shifokor tomonidan belgilanadi. Davolashning o‘rtacha davomiyligi 2-3 oyni tashkil qiladi.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan (diareya, ko‘ngil aynishi, qusish) va neyrovegetativ buzilishlar (bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, umumiy lohaslik); kam hollarda  – toshma, qichishish, eshakemi. Preparatni bekor qilishni talab etuvchi jiddiy nojo‘ya samaralar kuzatilmagan.

preparatga ma’lum yuqori sezuvchanlik;bolalarda qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya davri Homiladorlikning birinchi uch oyida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatni ko‘krak suti bilan ajralishi yuzasidan ma’lumotlarni yo‘qligi tufayli, preparatni emizikli onalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Kuzatilmagan.

Gemorroy zo‘rayganida ushbu preparatni buyurish boshqa buzilishlarni spetsifik davolashning o‘rnini bosmaydi. Davolash davomiyligi “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida ko‘rsatilgan muddatlardan oshmasligi kerak. Agar qisqa muddat davolagandan keyin simptomlar bartaraf etilmasa, proktologik tekshiruv o‘tkazish va qo‘llanilayotgan davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak. Venoz qon aylanishining buzilishlari bo‘lganida davolashning maksimal samarasi quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlanish, tana vaznini kamaytirish, piyoda yurish va ayrim hollarda qon mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilovchi maxsus paypoqlarni taqishni o‘zi ichiga oluvchi muvofiqlashtirilgan sog‘lom turmush tarzi bilan ta’minlanadi. Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan.

Retseptsiz

Plyonka qobiq bilan qoplangan 15 tabletka PVX blisterda. 2 PVX blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

O‘ramida ko‘rsatilgan.