Dioksidinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: gidroksimetilxinoksalindioksid (dioksidin) – 10 mg; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gidroksimetilxinoksalindioksid

Preparatning savdo nomi:

Dioksidin

Farmakalogik guruhi:

antibiotik (xinoksalin xosilasi)

Dori shakli:

bo‘shliq ichiga va sirtga qo‘llash uchun eritma.

tiniq, ko‘kimtir-sariq suyuqlik.

antibiotik (xinoksalin xosilasi)

J01XX

Mahalliy qo‘llanganida preparat jarohat yoki kuygan yuzadan qisman so‘riladi, organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.

Dioksidinga sezgir mikroflora chaqirgan yiringli bakterial infektsiyalarda boshqa ximioterapevtik vositalarning samarasizligida yoki ularni o‘zlashtiraolmaslikda. Bo‘shliq ichiga yuborish – ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ining yiringli jarayonlari, yiringli plevritlarda, plevra empiyemalarida, o‘pka abstsesslarida, peritonitlarda, tsistitlarda, chuqur yiringli bo‘shliqlari bo‘lgan jarohatlarda (yumshoq to‘qimalarning abstsesslari, chanoq kletchatkasining flegmonalari, siydik va safro chiqarish yo‘llarining operatsiyadan keyingi jarohatlari, yiringli mastit va b.), qovuqni kateterizatsiyasidan keyingi infektsion asoratlarini oldini olish uchun. Sirtga qo‘llanishi – turli joylardagi yuza va chuqur joylashgan jarohatlar, uzoq vaqt bitmaydigan jarohatlar va trofik yaralar, yumshoq to‘qimalarning flegmonalari, infektsiyalangan kuyishlar, osteomiyelitlardagi yiringli jarohatlar.

Dioksidin® statsionar sharoitlarida buyuriladi. Sirtga va bo‘shliq ichiga yuborish yo‘li bilan qo‘llanadi. 1% li Dioksidin® eritmasini past haroratda saqlanganida eritmaning beqarorligi tufayli vena ichiga yuborish uchun ishlatish mumkin emas. Bo‘shliq ichiga yuborish. Yiringli bo‘shliqqa o‘lchamlariga qarab sutkada 10 dan 50 ml gacha 1% li Dioksidin® eritmasi yuboriladi. Dioksidin® eritmasi bo‘shliqqa kateter, drenaj naychasi yoki shprits orqali yuboriladi. Organizmdagi bo‘shliqlarga yuborish uchun maksimal sutkalik doza – 1% li eritmadan      70 ml tashkil qiladi. Odatda preparat bo‘shliqqa sutkada bir marta yuboriladi. Ko‘rsatmalarga qarab sutkalik dozani ikki qabulga bo‘lish mumkin. Preparat yaxshi o‘zlashtirilishida har kuni 3 hafta davomida va undan ko‘proq yuborish mumkin. Zarurati bo‘lganida 1-1,5 oydan keyin davolash kursi takrorlanishi mumkin. Sirtga qo‘llash. Dioksidin®ning 0,1–1% li eritmasi qo‘llanadi. 0,1–0,2% li eritmalarni olish uchun preparatning ampulali eritmasi steril 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki inyektsiya uchun suvda kerakli kontsentratsiyagacha suyultiriladi. Yuza infektsiyalangan yiringli jarohatlarni davolash uchun 0,5–1% li Dioksidin® eritmasida ho‘llangan salfetkalar jarohat ustiga qo‘yiladi. Chuqur jarohatlarga ishlov berilganidan keyin 1% li Dioksidin® eritmasida ho‘llangan tamponlar bilan g‘ovak qilib tamponlanadi, jarohatda drenaj naychasi mavjudligida bo‘shliqqa preparatning 20 ml dan 100 ml gacha 0,5% li eritmasi yuboriladi. Osteomiyelitdagi (qo‘l, oyoq panjasi jarohatlari) chuqur yiringli jarohatlarni davolash uchun preparatning 0,5–1% li eritmasi vannochkalar ko‘rinishida qo‘llanadi yoki jarohatga 15–20 minut davomida preparat eritmasi bilan maxsus ishlov beriladi, so‘ngra 1% li Dioksidin® eritmasi bilan bog‘lov qo‘yiladi. Dioksidin®ning 0,1–0,5% li eritmalarini jarrohlik aralashuvlaridan keyingi infektsiyalanishni oldini olish va davolash uchun qo‘llash mumkin. Ko‘rsatmalar bo‘yicha (osteomiyeliti bo‘lgan bemorlar) va yaxshi o‘zlashtirilganida preparat bilan davolashni har kuni 1,5–2 oy davomida o‘tkazish mumkin.

Bo‘shliq ichiga yuborilganida bosh og‘rig‘i, et uvishishi, tana haroratini oshishi, dispeptik buzilishlar, mushaklarning tirishishli qisqarishlari, allergik reaktsiyalar, fotosensibilizatsiyalovchi samara (quyosh nurlari ta’sirida tanada pigmentli dog‘larni paydo bo‘lishi) bo‘lishi mumkin. Sirtga qo‘llanganida – jarohat atrofi dermatiti, qichishish.

Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, buyrak usti bezilarining yetishmovchiligi (shu jumladan anamnezdagi), homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar (18 yoshgacha).

Preparatga yuqori sezuvchanlikda Dioksidin® antigistamin preparatlar yoki kaltsiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanadi.

Dioksidin® faqat kattalarga buyuriladi. Davolash kursini boshlashdan oldin preparatni o‘zlashtirilishiga sinama o‘tkaziladi, buning uchun bo‘shliqqa 10 ml 1% li eritma yuboriladi. Patsiyentda 3-6 soat davomida nojo‘ya ko‘rinishlar (bosh aylanishi, etni uvishishi, tana haroratni oshishi) kuzatilmasa, davolash kursi boshlash mumkin. Dioksidin® faqat infektsion kasalliklarning og‘ir shakllarida yoki boshqa antibakterial preparatlar, shu jumladan II-IV avlod tsefalosporinlari, ftorxinolonlar, karbapenemlarning samarasizligida buyuriladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida preparatning dozasi kamaytiriladi. Davolash davrida pigment dog‘lari paydo bo‘lsa dozani yuborishning davomiyligi 1,5–2 soatgacha uzaytiriladi, dozasi kamaytiriladi va antigistamin preparatlar buyuriladi yoki Dioksidin® bekor qilinadi. Saqlash jarayonida eritmali ampulalarda dioksidinning kristallari cho‘kma holatiga kelsa (15oS past haroratda) ularni eritish lozim. Buning uchun qaynayotgan suv hammomida ampulani silkitib kristallar to‘liq eriguncha (tiniq eritma) isitiladi. Agarda 36–38oS gacha sovutilganida kristallar qayta cho‘kmaga tushmasa, preparat ishlatishga yaroqli hisoblanadi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik va emizish davrida Dioksidin®ni qo‘llash mumkin emas. Dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Davolash jarayonida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda.

Dioksidin®ning dozasi oshirib yuborilganida o‘tkir buyrak usti bezining yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, bu preparatni zudlik bilan bekor qilishni va tegishli o‘rinbosar gormonoterapiya o‘tkazilishini talab etadi.

Retsept bo‘yicha

Bo‘shliq ichiga va sirtga qo‘llash uchun eritma 10 mg/ml. 5 ml yoki 10 ml dan neytral shisha ampulalarda. 5 ampuladan polivinilxlorid plyonkali konur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoqcha yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi. Sindirish halqasi yoki sindirish nuqtasi bo‘lgan ampulalarni qadoqlashda ampula skarifikatori solinmaydi.

2 yil.