Allergik reaktsiyalar: eshakemi, fotosezuvchanlik, teri toshmasi, qichishish, anafilaktik shok.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyquchanlik, asabiylik, uyqusizlik, eyforiya, umumiy kuchsizlik, charchoqlik, sedativ ta’siri, diqqatni pasayishi, bosh og‘rig‘i, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, bezovtalik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik (ayniqsa bolalarda), ta’sirchanlik, ongni chalkashishi, tremor, nevrit, tirishishlar, paresteziya, ko‘rishni buzilishi, o‘tkir labirintit, quloqlarda shovqin, tutqanoqsimon xurujni qo‘zg‘atishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izni qurishi, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini qisqa muddatli uvishishi, anoreksiya, diareya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, epigastral distress, qusish.
Nafas tizimi tomonidan: og‘iz bo‘shlig‘i, burun, bronxlarning shilliq qavatini quruqligi (balg‘amning qovushqoqligini oshishi), ko‘krak qafasida siqilish.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, yurak urishi, taxikardiya, ekstrasistoliya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siyishni buzilishi.
Boshqalar: ko‘p terlash, etni uvishishi.