Dilyutiks rasmini ko'rish

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 75 mg klopidogrel (97,875 mg klopidogrel gidrosulfati shaklida); yordamchi moddalar: suvsiz laktoza, mikrokristall tsellyuloza (Avicel PH 102), natriy kroskarmellozasi, kremniy dioksidi (Aerosil 200), talk, magniy stearati; Opadry II Pink 32K14834 (laktoza monogidrati, gipromelloza, titan dioksidi, triatsetin, temir (III) oksidi)

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

klopidogrel (clopidogrel)

Preparatning savdo nomi:

Dilyutiks

Farmakalogik guruhi:

antiagregant.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “75” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.

antiagregant.

Klopidogrel kuniga 75 mg dozada bir marta va takroran ichga qabul qilingandan keyin tezda so‘riladi. Klopidogrelning metabolitlarini siydik bilan chiqarilishiga doir ma’lumotlarga muvofiq, klopidogrelni absorbtsiyasi 50% dan kamni tashkil etadi. In vitro sharoitlarda klopidogrel va uning qonda aylanib yuruvchi asosiy metaboliti plazma oqsillari bilan qaytuvchan bog‘lanadi (muvofiq ravishda 98% va 94%). Klopidogrel jigarda faol metabolizmga uchraydi. Odam tomonidan 14S-nishonlangan klopidogrel ichga qabul qilinganidan keyin 120 soat davomida uning taxminan 50% siydik bilan va taxminan 46% ahlat bilan ajratiladi.

Quyidagi kasalliklari bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarda aterotrombotik asoratlarni oldini olish: miokard infarkti, ishemik insult yoki periferik arteriyalarning diagnostika qilingan okklyuzion kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda;ST segmentini ko‘tarilishisiz o‘tkir koronar sindromi (nostabil stenokardiya yoki Q tishchasisiz miokard infarkti) bo‘lgan patsiyentlarda, shu jumladan teri orqali koronar aralashuv yoki aorto-koronar shuntlash o‘tkazilgan (stent qo‘yilgan yoki stent qo‘yilmagan holda) patsiyentlarda;ST segmentini ko‘tarilishi bilan o‘tkir koronar sindrom (o‘tkir miokard infarkti) bo‘lgan patsiyentlarda dorilar bilan davolashda va atsetilsalitsil kislotasi bilan majmuada trombolitik davolash o‘tkazilishi mumkin bo‘lganda qo‘llaniladi. Yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasida aterotrombotik va tromboembolik asoratlarni (shu jumladan insult) oldini olishda: qon tomirlari asoratlarini rivojlanish xavfining kamida bitta omili bo‘lgan, K vitaminining antagonistlarini qabul qila olmaydigan va qon ketishlarini rivojlanish xavfi past bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarda (atsetilsalitsil kislotasi bilan majmuada) qo‘llaniladi.

Preparat ovqatlanishdan qat’iy nazar, kuniga 1 marta ichga qabul qilinadi. Miokard infarktida, ishemik insultda yoki periferik arteriyalarning diagnostika qilingan okklyuzion kasalligida 75 mg dozada kuniga 1 marta buyuriladi. O‘tkir koronar sindromda: ST segmentini ko‘tarilishisiz (nostabil stenokardiya yoki Q tishchasisiz miokard infarktida) klopidogrel bilan davolashni 300 mg li yuklama dozasini bir marta qabul qilishdan boshlash, so‘ngra esa kuniga 1 marta 75 mg dozada (atsetilsalitsil kislotasi bilan kombinatsiyada kuniga 75-325 mg dozada) qabul qilishni davom ettirish lozim;ST segmentini ko‘tarilishi bilan (o‘tkir miokard infarktida) klopidogrelni 300 mg li yuklama dozadan boshlab buyuriladi, so‘ngra 75 mg dozada kuniga 1 marta, trombolitiklar bilan birgalikda yoki trombolitiklarsiz atsetilsalitsil kislotasi bilan kombinatsiyada qabul qilish davom ettiriladi. 75 yoshdan katta bo‘lgan patsiyentlarga yuklama doza buyurilmaydi. Kombinatsiyalangan davolashni simptomlar paydo bo‘lganidan keyin iloji boricha ertaroq boshlanadi va eng kamida 4 hafta davomida davom ettiriladi. Yurak  bo‘lmachalari fibrillyatsiyasida klopidogrel 75 mg dozada kuniga 1 marta buyuriladi. Klopidogrel bilan kombinatsiyada atsetilsalitsil kislotasi bilan davolashni boshlash va so‘ngra kuniga 75-100 mg dozada davom ettirish lozim.

Nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga kelish tez-tezligi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholash mumkin emas).

Klopidogrel yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Og‘ir jigar yetishmovchiligi. O‘tkir patologik qon ketishi (masalan, peptik yaradan qon ketishi yoki bosh miyaga qon quyilishi).

Peroral antikoagulyantlar Klopidogrel va peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (qon ketishi jadalligi kuchayishi mumkin). IIb/IIIa glikoprotein ingibitorlari IIb/IIIa glikoprotein ingibitorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarga klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Atsetilsalitsil kislotasi Atsetilsalitsil kislotasi klopidogrelning ADF-induktsiyalangan trombotsitlar agregatsiyasiga  ingibitsiya qiluvchi ta’sirini o‘zgartirmaydi, biroq klopidogrel kollagen-induktsiyalangan trombotsitlar agregatsiyasiga atsetilsalitsil kislotasining ta’sirini potentsiyalaydi. Atsetilsalitsil kislotasini 500 mg dozada 1 kun davomida 2 marta va klopidogrelni bir vaqtda qabul qilish klopidogrelni qabul qilish bilan bog‘liq qon ketish vaqtini sezilarli oshishini keltirib chiqarmagan. Klopidogrel va atsetilsalitsil kislotasi o‘rtasida farmakodinamik o‘zaro ta’sir bo‘lishi mumkin bo‘lib, bu qon ketishi xavfi oshishiga olib keladi, shuning uchun ularni bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Geparin Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, klopidogrel bilan bir vaqtda qo‘llanganida geparinning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmagan va uning antikoagulyant ta’siri o‘zgarmagan. Geparinni bir vaqtda qo‘llash klopidogrelning trombotsitlar agregatsiyasiga ingibitsiya qiluvchi  ta’sirini o‘zgartirmaydi. Klopidogrel va geparin o‘rtasida farmakodinamik o‘zaro ta’sir bo‘lishi mumkin bo‘lib, bu qon ketishi xavfi oshishiga olib keladi, shuning uchun ushbu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ehtiyotkorlikni talab etadi. Trombolitik vositalar Klopidogrel, fibrinspetsifik yoki nospetsifik trombolitiklar va geparinni birgalikda qo‘llash xavfsizligi o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan patsiyentlarda o‘rganilgan. Klinik ahamiyatli qon ketishlar tez-tezligi trombolitiklar va geparinni atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanilganda kuzatilgandagiga o‘xshash bo‘lgan. Shu sababli klopidogrel va boshqa trombolitiklar birga qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya etish lozim. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) NYAQP (shu jumladan TsOG-2 ingibitorlari) va klopidogrel bilan bir vaqtda davolashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim. CYP2C19 izofermenti ingibitorlari Klopidogrelni omeprazol, ezomeprazol, fluvoksamin, fluoksetin, moklobemid, vorikonazol, flukonazol, tiklopidin, tsiprofloksatsin, tsimetidin, karbamazepin, okskarbazepin va xloramfenikol kabi CYP2C19 izofermenti ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim. Proton pompasi ingibitorlari Klopidogrelni pantoprazol bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin. Boshqa dori vositalari Klopidogrelni atenolol va/yoki nifedipin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, klinik ahamiyatga ega farmakodinamik o‘zaro ta’sir qayd etilmagan. Klopidogrelning farmakodinamik faolligi fenobarbital yoki estrogenlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida sezilarli o‘zgarmagan. Digoksin va teofillinning farmakokinetik ko‘rsatkichlari, ularni klopidogrel bilan bir vaqtda qo‘llanganida o‘zgarmagan. Antatsid vositalar klopidogrelni so‘rilishini o‘zgartirmagan. Fenitoin va tolbutamidni klopidogrel bilan birga qo‘llanishi xavfsiz hisoblanadi. Klinik tadqiqotlarda diuretiklar, beta-blokatorlar, APF ingibitorlari, kaltsiy antagonistlari, gipolipidemik vositalar, koronar vazodilatatorlar, gipoglikemik vositalar, gormon o‘rnini bosuvchi davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar bilan klinik ahamiyatli nojo‘ya o‘zaro ta’sir aniqlanmagan.

Qon ketishlari va gematologik nojo‘ya reaktsiyalarini rivojlanish xavfini e’tiborga olib, klopidogrel bilan davolash vaqtida kutilishi mumkin bo‘lgan qon ketishining klinik simptomlari paydo bo‘lganida, darhol qon tahlilini o‘tkazish zarur. Boshqa antiagregantlar ishlatilganda bo‘lgani kabi, klopidogrelni shikastlanishlar, jarrohlik aralashuvlaridan keyin yoki boshqa patologik holatlar natijasida qon ketishi xavfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek atsetilsalitsil kislotasi, NYAQV, geparin, IIb/IIIa glikoproteini ingibitorlari va trombolitiklarni qabul qilayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Klopidogrel bilan davolash vaqtida, ayniqsa birinchi haftalarda va/yoki invaziv kardiologik muolajalar yoki jarrohlik aralashuvlaridan keyin, qon ketishi belgilarini (shu jumladan yashirin belgilarni) istisno etish maqsadida, patsiyentlar ustidan sinchkovlik bilan shifokor nazoratini olib borish lozim. Rejali jarrohlik aralashuvlarida, antitrombotsitar samara  nomaqbul bo‘lganida klopidogrelni qabul qilishni jarrohlik operatsiyasidan 7 kun oldin to‘xtatish lozim. Klopidogrel qon ketish vaqtini uzaytirishi munosabati bilan uni qon ketishlarga (ayniqsa me’da-ichakdan qon ketishlar va ko‘z ichiga qon quyilishlarga) moyil bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Klopidogrelni (monoterapiya sifatida yoki atsetilsalitsil kislotasi bilan kombinatsiyada) qo‘llash fonida yuzaga keladigan qon ketishini to‘xtatish ko‘p vaqtni talab etishi tufayli, patsiyentlar o‘zgacha  qon ketishining har bir holati to‘g‘risida shifokorga axborot berishlari kerakligi haqida patsiyentlarni xabardor qilish lozim. Patsiyentlar, agar ularda jarrohlik aralashuvi o‘tkaziladigan bo‘lsa, shuningdek yangi dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokorni (jumladan stomatologni) klopidogrel qabul qilinganligi haqida xabardor qilishlari kerak. Klinik tajriba cheklanganligi tufayli, klopidogrelni buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Gemorragik diatez rivojlanishi xavfini hisobga olgan holda jigar faoliyati o‘rta darajada buzilgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Dilyutiks™ preparati tarkibida laktoza saqlaydi. Galaktozani kam uchraydigan tug‘ma o‘zlashtira olmaydigan, Lapp laktaza tanqisligi bo‘lgan yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qo‘llash mumkin emas. Dilyutiks™ preparatining har bir tabletkasi 0,000167 mmol dan kam (ya’ni 0,0038 mg dan kam) natriy saqlaydi; natriyning bunday miqdorida biror-bir maxsus ko‘rsatma talab etilmaydi.

Homiladorlikda (V toifasida) Klopidogrelni homiladorlik davrida klinik qo‘llanilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘qligini nazarda tutib, uni bu davrda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Laktatsiya davrida Farmakokinetik/toksikologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, klopidogrel va uning metabolitlari ona suti bilan chiqariladi. Shuning uchun klopidogrel bilan davolashga zarurat bo‘lganida emizishni to‘xtatish lozim.

Klopidogrelning dozasini oshirib yuborilishi qon ketish vaqtini uzayishi va gemorragik asoratlarni rivojlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Maxsus antidot yo‘q. Uzaygan qon ketish vaqtiga tuzatish kiritish maqsadida trombotsitar massani quyish tavsiya etiladi.

Retseptsiz beriladi

Dilyutiks™ 75 mg tabletkalari, plyonka qobiq bilan qoplangan 14 tabletka blisterda. 2 blister (plyonka qobiq bilan qoplangan 28 tabletka) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan komplektda karton qutiga joylangan.

2 yil.