Diklovit rektal suppozitoriylarretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir shamchada quyidagilarni saqlaydi: faol modda – diklofenak natriy – 50 mg; suppozitoriylar uchun asos – qattiq yog‘ (H 15, W 35 markali Vitepsol, NA 15, NAS 50 markali Supposir) – 1,26 g vaznli suppozitoriy olinguncha yetarli miqdorda.

Preparatning savdo nomi:

Diklovit® rektal suppozitoriylar

Farmakalogik guruhi:

nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQP)

Dori shakli:

rektal suppozitoriylar

oq yoki deyarli oq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriyning yuzasida oq karash paydo bo‘lishi yo‘l qo‘yiladi.

nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQP)

M01AV05

Tayanch-harakat apparatining kasalliklari (revmatoid artrit, psoriatik, yuvenil surunkali artrit, ankilozlovchi spondiloartrit; podagik artrit, yumshoq to‘qimalarning revmatik shikastlanishi, periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining osteoartrozi, shu jumladan radikulyar sindromi bilan, tendovaginit, bursit). Kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan og‘riq sindromi: nevralgiya, mialgiya, lyumboishialgiya, yallig‘lanish bilan birga kechuvchi travmadan keyingi og‘riq sindromi, operatsiyadan keyingi og‘riqlar, bosh og‘rig‘i, migren, algodismenoreya, adneksit, tish og‘rig‘i. Quloq, tomoq, burunning yaqqol og‘riqli sindromili (faringit, tonzillit, otit) infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.

Rektal. Ichak tabiiy tozalanganidan so‘ng yoki tozalovchi xo‘qnadan keyin suppozitoriy to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Suppozitoriy kiritilgandan so‘ng bemorni to‘shakda 20-30 minut yotishi tavsiya qilinadi. Kattalar va 15 yoshdan boshlab o‘smirlarga: 1 suppozitoriydan kuniga 2-3 marta. Diklovit® preparatini diklofenak natriyning peroral shakllari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin. Bunda diklofenak natriyning umumiy sutkalik dozasi 150 mg dan oshmasligi kerak. Algodismenoreyada (birinchi simptomlar paydo bo‘lganida) boshlang‘ich doza sutkada 50-100 mg (1 suppozitoriydan sutkada 1-2 marta), zarurati bo‘lganida doza bir necha menstrual tsikl davomida 150 mg gacha oshiriladi (1 suppozitoriydan kuniga 3 marta). Migren xurujida – 100 mg (2 suppozitoriy) dan xurujlarning birinchi belgilarida. Zarurati bo‘lganida – takroran 100 mg (2 suppozitoriy). Davolashni davom ettirishning zarurati bo‘lganida keyingi kunlari sutkalik doza 150 mg (3 suppozitoriy) oshmasligi kerak. Kasallikning og‘irligiga qarab, davolash kursining davomiyligini shifokor belgilaydi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa NYAQP), me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo‘rayish bosqichida), me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar, “aspirin» astmasida, qon yaratilishini buzilishlari, gemostazni buzilishlari (shu jumladan gemofiliya), homiladorlik, bolalar (15 yoshgacha), laktatsiya davri, rektal qon ketishlar, gemorroy, to‘g‘ri ichakning travmasi yoki yallig‘lanishi.

Preparatni qabul qilayotgan patsiyentlar yuqori diqqatni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab etadigan faoliyat turlari va alkogol iste’mol qilishdan saqlanishlari kerak.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

Rektal suppozitoriylar 50 mg. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda. Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng ishlatilmasin.