Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastral sohada og‘riqlar va spazmlar), meteorizm, ishtahani pasayishi.
Kam hollarda: qon ketishi, perforatsiya bilan asoratlanadigan me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali buzilishlari, aftoz stomatit, ezofagit; Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori toliqish.
Kam hollarda: ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni xiralashishi, diplopiya), quloqlarda shovqin, qo‘zg‘aluvchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, havotirlik hissi, ruhiy buzilishlar.
Dermatologik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, bullyoz toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochlarni to‘kilishi, fotosensibilizatsiya; Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik bilan yoki sariqliksiz).
Qon yaratish tizimi tomonidan: alohida hollarda: trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya; Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: alohida hollarda taxikardiya, ko‘krak qafasi sohasida og‘riq, arterial gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi.
Allergik va immunobiologik reaktsiyalar: kam hollarda – bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaktsiyalar.
Har qanday odatdagi bo‘lmagan reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda, preparatni keyingi qo‘llash bo‘yicha shifokor bilan albatta maslahatlashing.