DIKLOFЕN GЕL rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g preparat quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: diklofenak natriy – 30 mg va levomentol – 5 mg; yordamchi moddalar: 96% li etanol, propilenglikol, glitserin, karbomer, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

diklofenak natriy, levomentol

Preparatning savdo nomi:

DIKLOFЕN-GЕL

Farmakalogik guruhi:

bo‘g‘im va mushak og‘riqlarida mahalliy qo‘llanadigan vositalar.

Dori shakli:

gel

oq rangli, bir xil konsistentsiyali, o‘ziga xos hidli gel.

bo‘g‘im va mushak og‘riqlarida mahalliy qo‘llanadigan vositalar.

M02AA.

Teri orqali kirayotgan diklofenakning miqdori gelning teri bilan kontakti vaqtiga va u surtilgan maydonga proportsional bo‘lib, shuningdek preparatning dozasiga va terining gidratatsiya darajasiga bog‘liq. Diklofen-gel teri yuzasiga surtilganidan keyin diklofenakni so‘rilishi taxminan 6% ni tashkil qiladi. Okklyuzion bog‘lov diklofenakni so‘rilishini bir necha marta oshirishi mumkin. Mahalliy qo‘llanganidan keyin diklofenak qon plazmasida, bo‘g‘imlarning sinovial qobig‘ida va sinovial suyuqligida aniqlanadi. Diklofenak plazma oqsillari bilan 99% ga bog‘lanadi. Diklofenakning metabolizmi asosan gidroksillanish yo‘li bilan kechadi, bir necha hosilalarni hosil bo‘lishi yuz beradi, ulardan ikkitasi farmakologik faol, lekin diklofenakka nisbatan ancha past faollikka ega. Diklofenak va uning metabolitlari asosan siydik bilan glyukuronidlari ko‘rinishida chiqariladi. Buyrak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda diklofenak va uning metabolitlarining kumulyatsiyasi aniqlanmagan. Surunkali gepatiti yoki kompensatsiyalangan jigar tsirrozi bo‘lgan patsiyentlarda diklofenakning farmakokinetikasi va metabolizmining ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi.

Bo‘g‘imlarda mushak, bog‘lam va paylarni jarohati yoki revmatizm tufayli og‘riq va yallig‘lanishini mahalliy davolash uchun qo‘llaniladi.

Preparat sirtga qo‘llanadi. 1 g gel (2,5-3 sm uzunlikdagi gelning tizimchasi) teriga bir-tekis yupqa qilib surtiladi va 1-2 minut davomida biroz ishqalanadi. Preparat surtilganidan keyin qo‘llarni (qo‘l sohalariga applikatsiya o‘tkazilgan hollardan tashqari hollarda) yuvish kerak. Muolajani sutkada 2-4 marta takrorlash kerak. Kattalar uchun o‘rtacha sutkalik doza 4-5 g gelni tashkil qiladi, bu 120-150 mg diklofenak natriyga mos keladi. Gelni tabletkalar bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati tug‘ilganida, oxirgisining dozasi 50 mg dan oshmasligi kerak. Bolalar. 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.

Gelni mahalliy qo‘llanganidan keyin tizimli nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lish ehtimoli kam. Uzoq muddat qo‘llanishi mumkinligini, preparatni terining katta sohalariga surtilishini, tavsiya qilinganidan ortiq dozalarni qo‘llash ehtimolini, shuningdek diklofenak yoki boshqa yallig‘lanishga qarshi vositalarni saqlovchi preparatlarni bir vaqtda ishlatilishini hisobga olib, quyidagi nojo‘ya reaktsiyalari (diklofenakning inyektsion va tabletka shakllari uchun xos bo‘lgan reaktsiyalar) kuzatilishi mumkin. Ayrim bemorlarda quyidagi nojo‘ya samaralar: yuqori suzuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan eshakemi), angionevrotik shish, allergik dermatit (shu jumladan papula, bulla hosil bo‘lishi bilan kechuvchi kontakt dermatit), toshmalar (shu jumladan pustulyoz), qichishish, ekzema, eritema, terida achishish hissi; fotosensibilizatsiyaning ayrim hollari bo‘lishi mumkin, bronxial astma yuz berishi mumkin.

Diklofenak, mentol yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;anamnezda bronxial astma xurujlari, eshakemi, o‘tkir rinit yoki atsetilsalitsil kislotasini yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa allergik reaktsiyalar bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

Preparat ishlatilganida boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirining ehtimoli minimal. Biroq, uzoq muddat qo‘llanishi, tavsiya qilinganidan ortiq dozalarni qo‘llash preparatni terining katta sohalariga surtish, ehtimolini, shuningdek diklofenak yoki boshqa yallig‘lanishga qarshi vositalarni saqlovchi preparatlarni bir vaqtda ishlatilishini hisobga olib, quyidagi o‘zaro ta’sirlarini bo‘lishi ehtimolini inkor qilib bo‘lmaydi:

Gel faqat sirtga qo‘llanadi. Diklofenak mahalliy qo‘llangandan keyin tizimli nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lish ehtimoli, uning peroral shakllarini qo‘llanishi bilan solishtirilganda ahamiyatsiz, ammo preparatni terining katta sohalariga uzoq vaqt davomida qo‘llanganda bu holatni inkor etib bo‘lmaydi. Preparatni terining shikastlanmagan sohalariga surtish kerak. Preparatni ko‘zga va boshqa shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin, tushganida esa, ularni yetarli miqdordagi oqar suv bilan yuvish lozim. Gelni havo o‘tkazmaydigan (okklyuzion) bog‘lovlar ostiga surtish mumkin emas, terining gel surtilgan sohalariga issiqlik muolajalari, insolyatsiya (shu jumladan sun’iy insolyatsiyani ham) o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Paylar cho‘zilgan hollarida jarohat sohalarini bint bilan bog‘lab qo‘yish mumkin, terida qandaydir toshmalar paydo bo‘lganida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak. Gelni surtish sohalariga gelni quyoshdan himoyalovchi, kosmetik vositalar, repellentlar bilan yoki boshqa mahalliy vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Preparat surtilganidan keyin kamida 10 minut o‘tgach kiyinish, dush/vannani esa, gelning applikatsiyasidan keyin kamida 1 soat o‘tgach qabul qilish mumkin. Boshqa peroral nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan, shu jumladan diklofenak bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat terini ta’sirlanishini chaqiruvchi propilenglikol saqlaydi. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Emizikli ayollar tomonidan preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilganida, davolash kursi vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir etish xususiyati. Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Dozani oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan. Dozalash tartibini bajarishda qo‘llash usulini hisobga olib va diklofenakni tizimli so‘rilishi pastligi tufayli, preparatning dozasini oshirib yuborilish ehtimoli kam. Lekin preparat tavsiya qilinganidan yuqori dozalarda qo‘llanganida va/yoki terining katta maydoniga surtilganida, rezorbtiv ta’siri tufayli, quyida keltirilgan nojo‘ya samaralari yuz berishi mumkin. Davolash. Teridan qolgan gelni olib tashlash yoki yuvib tashlash kerak. Spetsifik antidoti yo‘q. Zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi. Jadallashtirilgan diurez, diklofenakni plazma oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanishi tufayli, kam samaralidir.

Retseptsiz

Gel 25 g dan tubada va qutida.

3 yil.