Dikloflamretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: Paratsetamol – 500 mg; Diklofenak natriy – 50 mg. yordamchi mrddalar: makkajo‘xori kraxmali – 104 mg; mikrokristallik tsellyuloza – 84 mg; metilgidroksibenzoati – 0,6 mg; propilgidroksibenzoati -0,3 mg; jelatin – 7,0 mg; izopropil spirti – q.s.; magniy stearati – 8,1 mg; natriy kraxmal glyukonati – 1,0 mg; talk – 1,0 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Paratsetamol, diklofenak natriy.

Preparatning savdo nomi:

Dikloflam

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Dori shakli:

Tabletkalar.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Diklofenak natriy – bir marta ichga qabul qilingandan so‘ng, ichakdan tez va to‘liq so‘riladi. Faol moddaning 50% ga yaqini jigardan “birinchi o‘tishda” metabolizmga uchraydi. 50 mg dozadagi preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 1-2 soatdan so‘ng kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmol/l) ni tashkil qiladi. Ovqat so‘rilishni sekinlashtiradi, ammo so‘rilayotgan faol  moddaning miqdori o‘zgarmaydi. Qon plazmasi oqsillari  bilan bog‘lanishi 99,7% ni tashkil qiladi, buning ustiga preparatning katta qismi (99,4%) albuminlar bilan bog‘lanadi. Bo‘g‘im bo‘shlig‘idagi sinovial suyuqligiga yaxshi kiradi, u yerda faol moddaning maksimal kontsentratsiyasiga qondagiga nisbatan 2-4 soat keyin erishiladi. Sinovial suyuqligidan yarimchiqarilish davri 3-6 soatni tashkil etadi. Preparatning 60% metabolitlar ko‘rinishda buyraklar, qolgan qismi o‘t-safro orqali chiqariladi. Buyraklar faoliyati yaqqol buzilgan (kreatinin klirensi 10ml/min dan kam) bemorlarda, o‘t-safro bilan chiqariladigan metabolitlarining solishtirma og‘irligi oshadi, shuning uchun ularni qondagi kontsentratsiyasining oshishi kuzatilmaydi. Paratsetamol ichga qabul qilinganda yaxshi va tez so‘riladi. Plazmadagi eng yuqori kontsentratsiyasiga 30-90 minut ichida erishiladi. Organizmning deyarlik barcha to‘qimalariga kiradi, yo‘ldoshdan oson o‘tadi va ko‘krak suti orqali ajraladi. Jigarda parchalanib farmakologik faol bo‘lmagan metabolitlar hosil qiladi, ammo ko‘p miqdorda to‘planganida jigarni nekrozga uchratishi mumkin. Asosan metabolitlar ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarimchiqarilish davri 1,5-3 soat oralig‘ida. Jigar faoliyati buzilganida dorining organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarni organizmda to‘planishiga yordam beradi.

Revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, tservikal spondilit, operatsiyadan keyingi va travmatik yallig‘lanishlar. Ginekologik va stomatologik kasalliklar fonidagi og‘riqli yallig‘lanish holatlari, o‘tkir podagra, yallig‘lanish bilan birga kechadigan virusli isitmalash.

Ichga. Tabletkalarni chaynamasdan butunligicha, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Preparatni ovqatdan oldin qabul qilish maqulroq. Me’daning yuqori sezuvchanligida preparat ovqat qabul qilinganidan keyin qabul qilinadi. Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Maksimal bir martalik doza 2 tabletka. Maksimal sutkalik doza 2 tabletkadan sutkada 3 marta. 12 yoshdan oshgan tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Navbatdagi har bir qabullar oralig‘i kamida 4 soat. Kattalarning maksimal davolash davomiyligi – 5-7 kun, bolalarning – 3 kun.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastriya sohasida og‘riqlar va spazmlar), meteroizm, ishtahaning pasayishi. Kam: qon ketishi teshilish bilan asoratlangan me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, aftozli stomatit, ezofagit. Alohida hollarda nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi; Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik. Kam hollarda: his qilishni yoki ko‘rishning buzilishi (yoyilgan ko‘rish, diplopiya), quloqlarni shang‘illashi, ta’sirchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, hayajonlanish hissi, ruhiy buzilishlar; Dermatologik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi. Bullez toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochning to‘kilishi, fotosensibilizatsiya bo‘lishi mumkin; Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatining buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik yoki sariqliksiz bilan); Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda: trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya; Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya paydo bo‘lishini yakka hollari, ko‘krak qafasi sohasida og‘riqlar, arterial gipertenziya aniqlangan; Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: kam: bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaktsiyalar.

-preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; -anamnezida aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalariga  angionevrotik shish va bronxospastik reaktsiyalar (“aspirin astmasi”), bronxial astma xurujlari; – zo‘rayish bosqichidagi me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit); -homiladorlik, laktatsiya; -12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; – qon yaratish faoliyatining buzilishi; -ko‘ruv nervining kasalliklari, nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, toshmali isitmasi; -buyrak va jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari, rangli ko‘rishni buzilishi, tug‘ma glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi.

Anamnezida me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga, hamda jigar, buyrak, qon yaratish a’zolari faoliyatining yaqqol buzilishlari bulgan patsiyentlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Yuqori (200 mg) dozalarda preparat trombotsitlar agregatsiyasini susaytirishi mumkin, shuning uchun gemostazi buzilgan patsiyentlarni diqqat bilan kuzatish kerak. Preparatni keksalarda, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi bo‘lgan bemorlarda, hamda bevosita jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan keyin, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparat bilan davolash davrida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Bemorlar preparatni qabul qilish vaqtida yuqori diqqat va tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalarini talab etadigan ishlarni bajarishdan (masalan, avtomobil haydash) saqlanishlari kerak.

Belgilari: spetsifik belgilari yo‘q. Buyraklar faoliyatining buzilishi yoki yuzni, halqumni shishishi, hansirash ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.; Davolash: me’dani yuvish tavsiya qilinadi. Kaltsiy glyukonat yoki kaltsiy xlorid, zarurati bo‘lganida glyukortikoidlar vena ichiga yuboriladi, faollashtirilgan ko‘mir buyuriladi, hamda simptomatik davolash o‘tkaziladi. Preparatni qon oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanish qobiliyatga ega ekanligi tufayli, jadallashtirilgan diurez, dializ yoki qon quyish o‘zini unchalik oqlamaydi. Preparatning tarkibida paratsetamol borligini hisobga olish kerak. 6 g dan ortiq paratsetamolni ichga qabul qilish jigarning og‘ir shikastlanishini, hatto jigar komasini chaqirishi mumkin. Dori bilan zaharlanish belgilari kuzatilganida (ko‘ngil aynishi, qayt qilish, jigarni kattalashishi, sariqlik) darhol shifokorga murojat qilish va me’dani yuvish lozim.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton kutida. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil.