Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastriya sohasida og‘riqlar va spazmlar), meteorizm, ishtahaning pasayishi.
Kam: qon ketishi, teshilish bilan asoratlangan me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, aftozli stomatit, ezofagit.
Alohida hollarda nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi; Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik.
Kam hollarda: his qilishni yoki ko‘rishning buzilishi (yoyilgan ko‘rish, diplopiya), quloqlarni shang‘illashi, ta’sirchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, hayajonlanish hissi, ruhiy buzilishlar; Dermatologik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi.
Bullez toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochlarning to‘kilishi, fotosensibilizatsiya bo‘lishi mumkin; Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatining buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik yoki sariqliksiz); Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda: trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya; Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya ko‘krak qafasi sohasida og‘riqlar, arterial gipertenziyaning paydo bo‘lishini yakka hollari, yurak yetishmovchiligi aniqlangan; Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: kam: bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaktsiyalar.