Paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta’sirlari shaxsiy sezuvchanlik, qo‘llanayotgan dozaning kattaligi va davolash davomiyligiga bog‘liq.
Me’da-ichak yo‘llari va siydik-chiqarish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda og‘riqlar, anoreksiya, meteorizm, qabziyat, ich ketishi, hatto erozivgacha bo‘lgan qon ketishi bilan gastritlar; transaminazalar darajasini oshishi, dorili gepatit, pankreatit, interstitsial nefrit.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, dezoriyentatsiya, qo‘zg‘alish, uyqusizlik, ta’sirchanlik, toliqish, aseptik meningit.
Teri tomonidan: ekzantema, eritema, ekzema, giperemiya, ko‘p shaklli eritema, Layell sindromi, Stivens-Djonson sindromi, eritrodermiya, fotosensibilizatsiya.
Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz.
Mahalliy: yuborish joyida achishish, infiltrat hosil bo‘lishi, yog‘ to‘qimasining nekrozi.
Boshqalar: suyuqlikni tutilishi, shishlar, arterial bosimni ko‘tarilishi (AB), tizimli anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan shok kuzatilishi mumkin.