Diflyuzol.retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100% moddaga qayta hisoblaganda 100 mg flukonazol; yordamchi moddalar: kaltsiy stearati, natriy kraxmalglikolyat (A tipi); kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, patentlangan havorang V (Ye 131), xinolin sarig‘i (Ye 104), titan dioksida (Ye 171), azorubin (Ye122), indigokarmin (Ye 132).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

flukonazol

Preparatning savdo nomi:

Diflyuzol.

Farmakalogik guruhi:

Tizimli qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vositalar. Triazol hosilalari.

Dori shakli:

kapsulalar.

qattiq jelatin kapsulalar № 1, korpusi feruza rangli, qopqog‘i havorang rangli. Kapsula ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli, xidsiz kukun.

Tizimli qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vositalar. Triazol hosilalari.

J02AC01.

Flukonazolning farmakokinetikasi vena ichiga va peroral qo‘llanganida o‘xshashdir. So‘rilishi Peroral qo‘llanganida flukonazol yaxshi so‘riladi, preparatning qon plazmasidagi darajasi va tizimli biokiraolishligi esa, preparat vena ichiga yuborilganida erishiladigan qon plazmasidagi flukonazolning darajasini 90% dan oshadi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish preparatni peroral qo‘llanganidan keyingi so‘rilishiga ta’sir qilmaydi. Qon plazmasidagi cho‘qqi kontsentratsiyaga preparat qabul qilinganidan keyin 0,5-1,5 soat o‘tgach erishiladi. Preparatning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi dozaga praportsionaldir. 90% darajadagi muvozanat kontsentratsiyasiga, birinchi kuni odatdagi sutkalik dozadan ikki marta yuqori bo‘lgan yuklama doza qo‘llanganida, davolashning ikkinchi kuni erishiladi. Taqsimlanishi Taqsimlanish hajmi organizmdagi suyuqlikning umumiy miqdoriga taxminan teng. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi past (11-12%). Flukonazol organizmning barcha tekshiriladigan suyuqliklariga yaxshi o‘tadi. Flukonazolning so‘lak va balg‘amdagi darajasi preparatning qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga o‘xshash. Zamburug‘li meningit bilan kasallangan patsiyentlarda, flukonazolning orqa miya suyuqligidagi darajasi, qon plazmasidagi kontsentratsiyasining 80% ga yetadi. Flukonazolning zardobdagi kontsentratsiyasidan yuqori bo‘lgan teridagi yuqori kontsentratsiyalariga, shox qavatda, epidermisda, derma va terda erishiladi. Flukonazol shox qavatda to‘planadi. 50 mg dozada sutkada 1 marta qo‘llanganida, 12 kun davolashdan keyin flukonazolning kontsentratsiyasi 73 mkg/g ni tashkil qilgan, davolash yakunlanganidan keyin 7 kundan keyin esa, 5,8 mkg/g ni tashkil qilgan. 150 mg doza haftada 1 marta qo‘llanganida davolashning 7-nchi kuni flukonazolning kontsentratsiyasi 23,4 mkg/g ni tashkil qilgan; navbatdagi doza qo‘llanganidan keyin 7 kun o‘tgach kontsentratsiyasi 7,1 mkg/g ni tashkil qilgan. 150 mg doza haftada 1 marta 4 oy qo‘llanganidan keyin flukonazolningg tirnoqlardagi kontsentratsiyasi sog‘lom ko‘ngillilarda 4,05 mkg/g ni va tirnoq kasalliklarida 1,8 mkg/g ni tashkil qilgan; davolash yakunlanganidan keyin 6 oydan so‘ng tirnoqlarning namunalarida flukonazol aniqlangan. Biotransformatsiyasi Flukonazol juda oz metabolizmga uchraydi. Radiofaol izotoplar bilan nishonlangan doza yuborilganida, flukonazolning faqat 11% o‘zgarmagan xolda siydik bilan chiqariladi. Flukonazol CYP2C9 va CYP3A4 izofermentlarning selektiv ingibitori, shuningdek CYP2C19 fermentining ingibitori hisoblanadi. Chiqarilishi Flukonazolning qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Preparatning katta qismi buyrak orqali chiqariladi, bunda yuborilgan dozaning 80% siydikda o‘zgarmagan holda aniqlanadi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga proportsionaldir. Aylanib yuruvchi metabolitlari aniqlanmagan. Qon plazmasidan davomli yarim chiqarilish davri qin kandidozida preparatni bir marta, shuningdek boshqa ko‘rsatmalarda preparatni haftada 1 marta qo‘llash imkoniyatini beradi. Buyrak yetishmoqchiligi. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi (kalava filtratsiyasining tezligi <20 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarda yarim chiqarilish davri 30 soatdan 98 soatgacha oshadi. Shuning uchun bu guruh patsiyentlarda flukonazolning dozasini kamaytirish kerak. Flukonazol gemodializ yo‘li bilan, kam darajada – intraperitoneal dializ yo‘li bilan yo‘qotiladi. 3 soat davomidagi gemodializ seansi qon plazmasidagi flukonazolning darajasini 50% ga pasaytiradi. Keksa patsiyentlarda qo‘llanishi Keksa yoshli patsiyentlarda farmakokinetikani o‘zgarishi buyrak faoliyatining parametrlariga bog‘liq.

Kattalarda quyidagi kasalliklarni davolash: kriptokokkli meningit;koktsidioidoz;invaziv kandidozlar;shilliq qavatlarning kandidozi, shu jumladan og‘iz-tomoq kandidozi va qizilo‘ngach kandidozi, kandiduriya, teri va shilliq qavatlarning surunkali kandidozi;surunkali atrofik kandidoz (tish protezlarini ishlatilishi oqibatidagi kandidoz) mahalliy stomatologik gigiyenik vositalarning samarasizligida;mahalliy davolash noo‘rin bo‘lgan o‘tkir yoki qaytalanuvchi qin kandidozi;mahalliy davolash noo‘rin bo‘lgan kandidozli balanit;dermatomikozlar, oyoq panjalari mikozi, silliq teri mikozi, chov dermatomikozi, tizimli davolash noo‘rin bo‘lgan rang-barang temiratki va terining kandidozli infektsiyalari; Kattalarda quyidagi kasalliklarni oldini olish: patsiyentlarda rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan kriptokokkli meningitni qaytalanishi;OITV bo‘lgan patsiyentlarda rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan og‘iz-tomoq va qizilo‘ngach kandidozini qaytalanishi;qin kandidozini qaytalanishlari tez-tezligini kamaytirish (yiliga 4 yoki undan ko‘proq hollar);davomli neytropeniyasi bo‘lgan patsiyentlarda kandidoz infektsiyalarni oldini olish (masalan, ximioterapiya qabul qilayotgan qonning xavfli kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda yoki gemopoetik o‘zak xujayralar transplantatsiyasini o‘tkazgan patsiyentlarda).

Flukonazolning sutkalik dozasi zamburug‘li infektsiyaning turi va og‘irligiga bog‘liq. Qin kandidozining ko‘pchilik hollari uchun preparatnin bir marta qo‘llash yetarli bo‘ladi. Preparatni ko‘p marta qo‘llashning zarurati bo‘lganida infektsiyalarni davolashni zamburug‘li infektsiya faolligini klinik va laboratoriya ko‘rinishlari yo‘qolgunicha davom ettirish kerak. Davolashni yetarli bo‘lmagan davomiyligi faol infektsion jarayonni qayta boshlanishiga olib kelishi mumkin. Preparat dori shakliga qarab peroral yoki vena ichiga infuziya yo‘li bilan qo‘llanadi. Preparatni qo‘llash usuli patsiyentning klinik holatiga bog‘liq. Preparatni qo‘llash usuli peroraldan vena ichiga yoki aksincha o‘zgartirilganida, uning sutkalik dozasini o‘zgartirishga zarurat yo‘q. Kapsulalarni butunligicha yutish kerak. Preparatni qabul qilish ovqat qabul qilishga bog‘liq emas.

Eng ko‘p (>1/10) quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar xaqida xabar berilgan: bosh og‘rig‘i, qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, toshma, alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST) va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi. Nojo‘ya reaktsiyalar yuz berishi tez-tezligini baxolash uchun quyidagi tasnif ishlatiladi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000) va tez-tezligi noma’lum (mavjud  ma’lumotlar asosida baxolash mumkin emas). Qon va limfatik tizimi tomonidan. Tez-tez emas: anemiya. Kam hollarda: agranulotsitoz, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya. Immun tizimi tomonidan. Kam hollarda: anafilaksiya. Metabolik va alimentar buzilishlar. Tez-tez emas: ishtahani pasayishi. Kam hollarda: gipertriglitseridemiya, giperzolesterinemiya, gipokaliyemiya. Ruxiy buzilishlar. Tez-tez emas: uyqusizlik, uyquchanlik. Nerv tizimi tomonidan. Tez-tez: bosh og‘rig‘i. Tez-tez emas: tirishishlar, bosh aylanishi, parasteziya, ta’mni buzilishi. Kam hollarda: tremor. Eshitish a’zosi va vestibulyar apparati tomonidan. Tez-tez emas: vertigo. Yurak tomonidan. Kam: “piruet” turidagi paroksizmal yurak qorinchalari taxikardiyasi, QT intervalini uzayishi. Meda-ichak yo‘llari tomonidan. Tez-tez: qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish. Tez-tez emas: qabziyat, dispepsiya, meteorizm, og‘izni qurishi. Gepatobiliar buzilishlar. Tez-tez: alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST), ishqoriy fosfataza daradasini oshishi. Tez-tez emas: xolestaz, sariqlik, bilirubinning darajasini oshishi. Kam hollarda: jigar yetishmovchiligi, gepatotsellyulyar nekroz, gepatitlar, gepatotsellyulyar shikastlanish. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan. Tez-tez: toshma. Tez-tez emas: qichishish, medikamentoz dermatit, eshakemi, kuchli terlash.

Flukonazolga, boshqa azol birikmalarga yoki preparatning yordamchi moddalaridan biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Flukonazolni sutkada 400 mg va undan yuqori dozada ko‘p marta qo‘llayotgan patsiyentlarda flukonazol va terfenadinni bir vaqtda qo‘llash (ko‘p marta qo‘llaganda o‘zaro ta’sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlarini natijalariga muvofiq) qo‘llash mumkin emas.Flukonazol va QT intervalini uzaytiruvchi va CYP3A4 fermenti yordamida metabollanuvchi (masalan, tsizaprid, astemizol, pimozid, xinidin va eritromitsin) boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash.

Tsizaprid: flukonazol va tsizapridni bir vaqtda qo‘llagan patsiyentlarda yurak tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar, shu jumladan “piruet” turidagi paroksizmal yurak qorinchalari taxikardiyasi rivojlanishishi xaqida xabar berilgan. Tadqiqotlar 200 mg flukonazolni sutkada 1 marta va 20 mg tsizapridni sutkada 4 marta bir vaqtda qo‘llash, qon plazmasimda tsizapridning darajasini sezilarli oshishiga va QT intervalini uzayishiga olib kelganini namoyish etgan. Flukonazol va tsizapridni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘shlmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Terfenadin: azolli zamburug‘larga qarshi dori vositalarini terfenadin bilan bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda QT intervalini uzayishi oqibatida og‘ir yurak aritmiyalarini rivajlanish hollari kuzatilgani tufayli, bu preparatlarning o‘zaro ta’sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bir tadqiqot davomida flukonazol sutkada 200 mg dozalarda qo‘llanganida QT intervalini uzayishi aniqlanmagan. Flukonazol sutkada 400 mg va 800 mg dozalarda qo‘llangan boshqa tadqiqotda, flukonazolni sutkada 400 mg yoki undan yuqori dozalarda qo‘llash, bu preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida, qon plazmasida terfenadinning darajasini sezilarli oshishini namoyish qilgan. Flukonazolni 400 mg va undan yuqori dozadarda terfenadin bilan birga qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘shlmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Flukonazol sutkada 400 mg dan past dozalarda terfenadin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, patsiyentning holatini sinchkov monitoringini  o‘tkazish kerak. Astemizol: flukonazol va astemizolni birga qo‘llash astemizolning klirensini pasaytirishi mumkin. Buning oqibatida yuz bergan astemizolning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshishi QT intervalini uzayishiga va kam hollarda- “piruet” turidagi paroksizmal yurak qorinchalar taxikardiyasiga olib kelishi mumkin. Flukonazol va astemizolni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Pimozid va xinidin: flukonazol va pmozidni yoki xinidinni birga qo‘llash, garchi in vitro va in vivo sharoitlarda muvofiq tadqiqotlar o‘tkazilmagan bo‘lsada, pimozid yoki xinidinning metabolizmini susayishiga  olib kelishi mumkin. Qon plazmasida pimozid yoki xinidinning kontsentratsiyasini oshishi QT intervalini uzayishini chaqirishi mumkin va kam hollarda “piruet” turidagi paroksizmal yurak qorinchalari taxikardiyasi rivojlanishiga olib keladi. Flukonazol va pimozid yoki xinidinni qo‘llash mumkin emas. Eritromitsin: eritromitsin va flukonazolni bir vaqtda qo‘llash potentsial kardiotoksiklikni rivojlanish xavfini oshishiga (QT intervalini uzayishi, “piruet” turi paroksizmal qorincha taxikardiyasiga) va, uning oqibati sifatida, to‘satdan yurak to‘xtashi oqibatidagi o‘limga olib kelishi mumkin. Bu dori vositalarining majmuasini qo‘llash mumkin emas.

Dermatofitiya. Bolalardagi dermatofitiyalarni davolash uchun flukonazolning tadqiqot natijalariga muvofiq, flukonazol samaradorligi bo‘yicha grizeofulvindan yuqori emas va samaradorligining umumiy ko‘rsatkichi 20% dan kamni tashkil qiladi. Shuning uchun flukonazolni dermatofitiyani davolash uchun qo‘llash kerak emas. Kriptokokkoz. Boshqa sohalarda joylashgan kriptokokkozni (masalan, o‘pka kriptokokkozi va teri kriptokokkozi) davolash uchun flukonazolning samaradorligi yuzasidan dalillar yetarli emas, shuning uchun bunday kasalliklarni davolash uchun dozalash tartibi bo‘yicha tavsiyalar yo‘q. Chuqur endemik mikozlar. Parakoktsidioidomikoz, gistoplazmaoz kabi endemik mikozlarning boshqa shakllarini va teri-limfatik sporotrixozni davolash uchun flukonazolning samaradorligini isbotlari yetarli emas, shuning uchun bunday kasalliklarni davolash uchun dozalash tartibi bo‘yicha tavsiyalar yo‘q. Buyraklar tizimi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Gepatobiliar tizim. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Flukonazolni qo‘llash asosan og‘ir asosiy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, kam hollarda og‘ir gepatotoksiklik, shu jumladan o‘lim hollari yuz berishi bilan assotsiatsiyalangan. Gepatotoksiklikni rivojlanishi flukonazolni qo‘llash bilan assotsiatsiyalangan hollarda, uni preparatning umumiy sutkalik dozasi, davolash davomiyligi, patsiyentning yoshi va jinsi bilan aniq bog‘likligi aniqlangan emas. Odatda flukonazol chaqirgan gepatotoksiklik qaytuvchi, uning ko‘rinishlari esa davolash to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi. Flukonazolni qo‘llashda jigarning funktsional sinamalari natijalarini og‘ishi kuzatilgan patsiyentlarni, jigarning og‘irroq shikastlanishi rivojlanishi yuzasidan sinchiklab kuzatish kerak. Patsiyentlarni jigarga jiddiy ta’siri xaqada dalolat berishi mumkin bo‘lgan simptomlar (yaqqol asteniya, anoreksiya, doimiy ko‘ngil aynishi, qusish va sariqlik) haqida xabardor qilish kerak. Bunday hollarda flukonazolni qo‘llashni darhol to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak. Yurak-qon tomir tizimi. Ayrim azollar, shu jumladan flukonazol xam elektrokardiogrammada QT intervalini uzayishiga olib keladi. Flukonazol qo‘llanganida QT intervalini uzayishini va “piruet” turi paroksizmal qorincha taxikardiyasining kam hollari xaqida xabar berilgan. Bunday xabarlar og‘ir kasalliklari, yurakning struktur kasalliklari, elektrolit almashinuvini buzilishi va QT intervaliga ta’sir qiluvchi boshqa dori vositalar bir vaqtda qo‘llanishi kabi ko‘p xavf omillari qo‘shilgan patsiyentlarga taalluqlidir. Flukonazolni aritmiyalar rivojlanishini xavfi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. QTs intervalini uzaytiruvchi va tsitoxrom R459 CYP3A4 fermenti yordamida metabolizmga uchraydigan dori vositalari bilan birga bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Galofantrin. Galofantrin CYP3A4 fermentining substrati hisoblanadi va tavsiya etilgan terapevtik dozalarda qo‘llanganida QTs intervalini uzaytiradi. Galofantrin va flukonazolni bir vaqtda qo‘llash tasiya etilmaydi. Dermatologik reaktsiyalar. Flukonazolni qo‘llash vaqtida kam hollarda Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi eksfoliativ teri reaktsiyalari rivojlanishi xaqida xabar berilgan. OITS bo‘lgan patsiyentlar ko‘pchilik dori vositalari qo‘llanganida og‘ir teri reaktsiyalarini rivojlanishiga moyilroq bo‘ladilar. Agar yuzaki zamburug‘li infektsiyasi bo‘lgan patsiyentda flukonazolni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan toshma paydo bo‘lsa, preparatni keyinchalik qo‘llashni to‘xtatish kerak. Agar invaziv/tizimli zamburug‘li infektsiyasi bo‘lgan patsiyentda terida toshma paydo bo‘lsa, uning holatini sinchiklab kuzatish, bullez toshma yoki ko‘p shaklli eritema rivojlagan hollarda esa, flukonazolni qo‘llashni to‘xtatish kerak. O‘ta yuqori sezuvchanlik. Kam hollarda anafilaktik reaktsiyalar rivojlanishi xaqida xabar berilgan. Tsitoxrom R450. Flukonazol CYP2C9 fermentining kuchli ingibitori va CYP3A4 fermentining o‘rtacha ingibitori hisoblanadi. Shuningdek flukonazol CYP2C19 fermentiningg ingibitori hisoblanadi. Flukonazol va CYP2C9, CYP2C19 va CYP3A4 ishtirokida metabollanuvchi, terapevtik doirasi tor bo‘lgan preparatlarni bir vaqtda qo‘llayotgan patsiyentlarning holatini kuzatish kerak. Terfenadin. Terfenadin va sutkada 400 mg dan kam dozada flukonazol bir vaqtda qo‘llanganida, patsiyentning holatini sinchiklab kuzatish kerak.

Homiladorlikning I uch oyligi davomida bir necha yuz homilador ayollarda flukonazol odatdagi dozalarda (sutkada ≤200 mg) bir marta va ko‘p marta qo‘llanganida olingan ma’lumotlar, homilaga noxush samaralarni namoyish qilmagan. Koktsidioidozni davolash uchun eng kamida uch yoki ko‘roq oylar davomida flukonazolning yuqori dozalarini (sutkada 400-800 mg) onalari olgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ko‘p sonli tug‘ma patologiyalar (bradifreniya, quloq suprasini displaziyasi, oldingi tepachani xaddan ziyod kattalashishi, sonni qiyshayishi, yelkabilaksinostozi) xaqida xabar berilgan. Flukonazolni qo‘llash va bunday hollar orasida bog‘liqlik aniqlanmagan. Hayvonlardagi tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni namoyish qilgan. Homiladorlik davrida, o‘ta zarur hollardan tashqari, flukonazolning odatdagi dozalarini va flukonazol bilan davolashni qisqa muddatli kurslarini qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik davrida, hayot uchun potentsial xavfli infektsiyalarni davolashdan tashqari, flukonazolning yuqori dozalarini va/yoki flukonazol bilan davolashni davomli kurslarini qo‘llash mumkin emas. Flukonazol ko‘krak sutiga o‘tadi va qon plazmasidagiga qaraganda past kontsentratsiyalarga yetadi. Flukonazolning 200 mg va undan kam odatdagi dozasi bir marta qo‘llanganidan keyin emizishni davom ettirish mumkin. Flukonazol ko‘p marta qo‘llanganida yoki flukonazolning katta dozalari qo‘llanganida emizish tavsiya etilmaydi.

Flukonazolning dozasini oshirib yuborilishi haqida xabar berilgan; bir vaqtda gallyutsinatsiyalar va paranoidal xatti-xarakat xaqida xabar berilgan. Doza oshirib yuborilganida simptomatik tutib turuvchi davolashni o‘tkazish va zarurati bo‘lgan holda – me’dani yuvish kerak. Flukonazol ahamiyatli darajada siydik bilan chiqariladi; jadallangan diurez preparatning chiqarilishini tezlashtirishi mumkin. 3 soat davomiylikdagi gemodializ qon plazmasidagi flukonazolning darajasini taxminan 50% ga pasaytiradi.

Retsept bo‘yicha

Kapsulalar 100 mg dan, 7 kapsuladan blisterda, 1 blister qutida.

4 yil.