Preparat odatda juda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Diflyukan® preparatining klinik va postmarketing (*) tadqiqotlarida quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar aniqlangan: Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi*, tirishishlar*, ta’mni o‘zgarishi*, paresteziya, uyqusizlik, uyquchanlik, tremor.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riq, diareya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, dispepsiya*, qusish*, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi.
Gepatobiliar tizim tomonidan: gepatotoksiklik, ayrim hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi, bilirubin kontsentratsiyasini, zardob transaminazalari (alaninaminotransferaza (ALT) va aspartataminotransferaza (AST)), ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, jigar faoliyatini buzilishi*, gepatit*, gepatotsellyulyar nekroz*, sariqlik*, xolestaz, gepatotsellyulyar shikastlanish.
Teri qoplamalari tomonidan: toshma, alopetsiya*, terining eksfoleativ shikastlanishlari*, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz, o‘tkir yoyilgan ekzematoz pustulez, ko‘p terlash, dori ta’sirida toshma.
Qon yaratish a’zolari va limfatik tizimi tomonidan*: leykopeniya, shu jumladan neytropeniya, agranulotsitoz va trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan*: anafilaksiya (shu jumladan angionevrotish shish, yuzni shishi, eshakemi, qichishish).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan*: EKG da QT intervalini uzayishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
Moddalar almashinuvi tomonidan*: qon plazmasida xolesterin va triglitseridlarning kontsentratsiyasini oshishi, gipokaliyemiya.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: mialgiya.
Boshqalar: kuchsizlik, asteniya, kuchli toliqish, isitma, ko‘p terlash, vertigo.
Ayrim bemorlarda, ayniqsa OITS yoki rak kabi jiddiy kasalliklari bo‘lganlarda, Diflyukan® preparati va unga o‘xshash preparatlar bilan davolashda qon, buyrak va jigar ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlari kuzatilgan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
Lekin bu o‘zgarishlarning klinik ahamiyati va ularni davolash bilan bog‘liqligi aniqlanmagan.