Dialin rasmini ko'rish

Tarkibi:

5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: nifuroksazid – 200 mg, pektin – 60 mg, simetikon – 25 mg, attapulgit – 100 mg; yordamchi moddalar: karbomer, saxaroza, kristallanmaydigan sorbitol eritmasi, natriy metilparagidroksibenzoati, natriy propilparagidroksibenzoati, polisorbat 80, butilgidroksianizol, 96% li etanol, glitserin, natriy saxarini, “Ananas” aromatizatori, limon kislota monogidrati, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Dialin

Farmakalogik guruhi:

diareyaga qarshi preparatlar; ichakning infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan vositalar.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya.

shirin ta’mli, ananas hidli sariq rangli suspenziya.

diareyaga qarshi preparatlar; ichakning infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan vositalar.

A07

Dialin preparatining ta’siri uning tarkibidagi komponentlarni umumiy xususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.

Turli genezli (infektsion, neyrogen va boshq.) diareyani va u bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Ichga qabul qilish uchun suspenziya. Iste’mol qilishdan oldin suspenziyani chayqatish kerak! 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: tavsiya etilgan dozasi – suspenziya 5 ml dan kuniga 3 marta har 8 soatda qabul qilinadi. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga 5 ml dan sutkada 4 marta har 6 soatda qabul qilish tavsiya etiladi. Suspenziyani dozalash uchun 5 ml, 10 ml va 15 ml ga bo‘lingan o‘lchov stakanchasi ishlatiladi. Davolash kursining davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.

Odatda Dialin preparati yaxshi o‘zlashtiriladi. Preparatni bekor qilishni talab etmaydigan allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.

Preparatning komponentlariga va 5-nitrofuran hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparatning adsorbtsiya qiluvchi hususiyatlari yaqqol ifodalanganligi tufayli, boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak. Tarkibida nifuroksazid saqlovchi dori vositalari bilan davolanish fonida alkogol va spirt saqlovchi preparatlarni qabul qilish organizmni preparatga bo‘lgan sezuvchanligini oshiradi va diareyani zo‘rayishi, qusish, qorinda og‘riq, terini qizarishi, yuz va tananing yuqori qismini qizib ketish hissi, quloqlarni shang‘illashi, nafas faoliyatini qiyinlashishi, taxikardiya, qo‘rquv hissi bilan namoyon bo‘luvchi disulfiramsimon reaktsiyani qo‘zg‘atishi mumkin.

Sepsis bilan kechuvchi diareyada, Dialin preparatini yagona dori vositasi sifatida qo‘llash mumkin emas, chunki u ichakda so‘rilmaydi va uning ta’siri me’da-ichak yo‘llari bilan cheklangan bo‘ladi. Degidratatsiya simptomlari bo‘lganida patsiyentning klinik holati va yo‘qotilgan suyuqlik hajmini hisobga olgan holda tuzli eritmalarni yuborish kerak. Tarkibida nifuroksazid saqlovchi preparatlar bilan davolash vaqtida spirt saqlovchi dori vositalarni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha klinik ma’lumotlar yo‘q. Dialin preparatini bu yoshdagi bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Dialin avtomobilni haydash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.

Dozani oshirib yuborilish hollari yuzasidan xabar berilmagan. Dozasi oshirib yuborilganida organizmni degidratatsiya qilish mumkin. Davolash: patsiyentning klinik holati va yo‘qotilgan suyuqlik hajmini hisobga olib tuzli eritmalar yuboriladi.

Retseptsiz beriladi

Ichga qabul qilish uchun suspenziya 100 ml dan buraladigan himoya qopqoqli sariq rangli flakonda. 1 flakon o‘lchov stakanchasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.