DIABЕTOMIG SD 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarni qabul qilishdan avval, shifokor bilan muhokama qilib oling.
Qonda qand miqdorining talab qilinadigan darajasiga erishish uchun shifokor tomonidan belgilangan davolash rejasiga rioya qiling.
Bu tabletkalarni muntazam ravishda qabul qilishdan tashqari parhezga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va zarur bo‘lganda tana vaznini kamaytirish kerakligini bildiradi.
Gliklazid bilan davolashda qonda (va ehtimol siydikda) qand miqdorining, shuningdek glyukoza bilan birikkan gemoglobin (HbA1c) miqdorini doimiy monitoringini o‘tkazish zarur.
Davolashning dastlabki bir nechta haftasida qonda qand miqdorini pasayishining (gipoglikemiya) yuqori xavfi kuzatilishi mumkin.
Shuning uchun sinchkovlik bilan tibbiy kuzatuvni amalga oshirish zarur bo‘ladi.
Qonda qand miqdorini pasayishi (gipoglikemiya) quyidagi holatlarda kuzatilishi mumkin: nomuntazam ravishda ovqatlanishda yoki taom qabul qilish vaqti o‘tkazib yuborilganda, ro‘za tutilganda;to‘yib ovqatlanmaganda;ovqatlanish ratsioni o‘zgarganida;uglevodlarni iste’mol qilish tegishli ravishda o‘smagani holda jismoniy faollik oshganida;ayniqsa taom qabul qilish vaqti o‘tkazib yuborish bilan birgalikda alkogol iste’mol qilinganida;boshqa preparatlar yoki tabiiy dori vositalarini bir vaqtda qabul qilinganida;gliklazidning yuqori dozasi qabul qilinganida;gormonlar tomonidan induktsiya qilingan ma’lum bir buzilishlar (qalqonsimon bez, gipofiz yoki buyrak usti bezi po‘sti tomonidan funktsional buzilishlar) mavjud bo‘lganida;buyrak yoki jigar funktsiyasini susayishida.
Qonda qand miqdori past bo‘lganida quyidagi simptomlar: bosh og‘rig‘i, kuchli ochlik, ko‘ngil aynishi, qusish, charchoq, uyquni buzilishi, bezovtalik, tajovuzkorlik, diqqatni buzilishi, ogohlik va tashqi ta’sirlarga javob qaytarishning pasayishi, depressiya, ong chalkashishi, nutq yoki ko‘rish faoliyatini buzilishlari, tremor, sensor buzilishlar, bosh aylanishi va ojizlik hissi kuzatilishi mumkin.
Shuningdek quyidagi belgilar va simptomlar: terlash, terining yopishqoqligi, bezovtalik, yurak urishini tezlashishi yoki doimiy emasligi, yuqori qon bosimi, ko‘krakda qo‘shni sohalarga tarqalishi mumkin bo‘lgan bexosdan kuchliog‘riqni (stenokardiya) paydo bo‘lishi yuz berishi mumkin.
Agar qonda qand miqdorini pasayishi davom etsa, Sizda ongni kuchli chalkashishi (deliriy), tirishishlar, o‘zini nazorat qilishni yo‘qolishi rivojlanishi mumkin, Sizda yuza nafas olish kuzatilishi, yurak urishi esa sekinlashishi mumkin, Siz hushingizni yo‘qotishingiz mumkin.
Ko‘pchilik hollarda qonda qand miqdorini past darajada bo‘lishi simptomlari har qanday shakldagi qandni, masalan glyukoza tabletkalari, qand bo‘lagi, shirin sharbat yoki choy iste’mol qilinganidan so‘ng tezda o‘tib ketadi.
Shuning uchun doimo o‘zingiz bilan har qanday shakldagi qandni (glyukoza tabletkalari, qand bo‘lagi) olib yurishingiz kerak.
Shuni yodda tutish kerakki, qand o‘rnini bosuvchi sun’iy moddalar kerakli samara bermaydi.
Agar qand iste’mol qilganingizdan so‘ng simptomlar o‘tib ketmasa yoki yana takrorlansa, shifokorga yoki yaqin oradagi kasalxonaga murojaat qiling.
Qonda qand darajasini past bo‘lishi simptomlari bo‘lmasligi, yaqqol sezilmasligi yoki juda sekin rivojlanishi mumkin.
Bundan tashqari, Siz qonda qand darajasi pasayib ketganligini o‘z vaqtida his etmasligingiz mumkin.
Bu holat ma’lum preparatlarni (masalan, markaziy nerv tizimiga ta’sir etuvchi preparatlar va beta-blokatorlarni) qabul qiluvchi keksa patsiyentlarda yuzaga kelishi mumkin.
Stress vaziyatlarida (baxtsiz hodisada, jarrohlik operatsiyasida, yuqori haroratda va boshqalarda) shifokoringiz Sizni vaqtincha insulin terapiyasiga o‘tkazishi mumkin.
Agar Siz shifokor tomonidan belgilangan davolash rejasini bajarmagan bo‘lsangiz, agar Siz teshik dalachoy (Hypericum perforatum) preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki alohida stress holatlarida, gliklazid qonda qand miqdorini hali yetarlicha pasaytirmagan holatlarda qonda qand miqdori darajasi yuqoriligi (giperglikemiya) simptomlari yuzaga kelishi mumkin.
Ularga chanqoq, tez-tez siyish, og‘izni qurishi, terini qurishi va qichishishi, teri infektsiyalari va ish qobiliyatini susayishi misol bo‘la oladi.
Ushbu simptomlar paydo bo‘lganida, shifokor yoki farmatsevtga murojaat etish kerak.
Gliklazidni ftorxinolonlar guruhiga mansub antibiotiklar bilan bir vaqtda buyurilganda, ayniqsa keksalarda qonda glyukozaning darajasini buzilishlari (qonda qand darajasini oshishi yoki pasayishi) yuzaga kelishi mumkin.
Bunday hollarda shifokor qonda glyukoza darajasini qanday nazorat qilish muhimligi haqida ogohlantiradi.
Agar sizda glyukozo-6-fosfat degidrogenazaning (G6FD) irsiy tanqisligi (eritrotsitlar anomaliyasi) mavjudligi haqida oilaviy tarixi bo‘lsa yoki sizga bu haqida ma’lum bo‘lsa, sizda gemoglobin miqdori darajasi pasayishi va qizil qon hujayralari parchalanishi (gemolitik anemiya) xavfi bo‘lishi mumkin.
Ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat qiling.
DIABЕTOMIG SD 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarni ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganligi sababli, bolalarga berish tavsiya etilmaydi.