Dezloradinretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: 2,50 mg dezloratadin, yordamchi moddalar: propilenglikol, 70% li sorbitol, suvsiz limon kislotasi, trinatriy tsitrata digidrati, natriy benzoati, dinatriya edetati, saxaroza, apelsin aromatizatori (fm54405), saqich aromatizatori (fm04163), to‘q sariq rangli spektrakol, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

dezloratadin

Preparatning savdo nomi:

Dezloradin

Farmakalogik guruhi:

allergiyaga karshi vosita.

Dori shakli:

sirop 2,50 mg/5 ml, 150 ml.

to‘q sariq rangli, tiniq suyuqlik qahrabo rangli shisha butilkada.

allergiyaga karshi vosita.

R06AX.

Ta’siri ichga qabul qilingandan keyin 30 minutdan keyin boshlanadi va 24 soat davom etadi. Dezloratadin kattalar va o‘smirlar qon plazmasida preparat ichga qabul qilingandan keyin 30 minut davomida aniqlanishni boshlaydi. Dezloratadin me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, plazmadagi Smax ga taxminan 3 soatdan keyin erishiladi. T1/2 taxminan 27 soat (20-30 soat) ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan 83-87% bog‘lanadi. Preparatni 5 mg dan 20 mg gacha dozada sutkada 1 marta 14 kun davomida buyurilganda klinik jihatdan ahamiyatli darajada to‘planishi kuzatilmaydi. Ovqatni yoki greypfrut sharbatini bir vaqtda qabul qilish sutkada 1 marta 7,5 mg dozada qo‘llanilgan dezloratadinning taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Dezloratadin CYP3A4 va CYP2D6 ning ingibitori va R-glikoproteinning substrati yoki ingibitori bo‘lib hisoblanmaydi. Dezloratadin glyukuronid bilan birikkan 3-ON-dezloratadin hosil bo‘lishi bilan gidroksilizatsiya yo‘li bilan organizmda biotransformatsiyaga uchraydi. Preparatning o‘zgarmagan oz qismi buyraklar va ichak orqali chiqariladi.

Mavsumiy (pollinoz) va yil bo‘yi davom etuvchi allergik rinit (aksirishni, burundan shilliq ajralishini, burun qichishishi va bitishini, ko‘z qichishishi va qizarishini, ko‘z yoshi oqishini, tanglay kichishishini bartaraf kiladi yoki yengillashtiradi). Surunkali idiopatik eshakemi (teri qichishini va toshmani kamaytirish yoki bartaraf qilish) da qo‘llanadi.

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar sutkaning bir xil vaqtida qabul qilinadi. 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 2,5 ml dan sutkada 1 marta, 6-11 yoshgacha 5 ml dan sutkada 1 marta, 12 yoshdan kattalarga 10 ml dan sutkada 1 marta yetarlicha miqdorda suv bilan qabul qilish buyuriladi.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sirop qo‘llanganida quyidagi noxush ko‘rinishlar kuzatilgan: diareya, tana haroratini oshishi, uyqusizlik. Kattalarda va o‘smirlarda (12 yosh va undan katta) siropni qo‘llaganda quyidagi noxush ko‘rinishlar kuzatilgan: yuqori toliqish, og‘izni qurishi, bosh og‘rig‘i. Juda kam hollarda kuzatilgan quyidagi nojo‘ya samaralar sifatida bosh aylanishi, uyquchanlik, taxikardiya, yurakurushini his qilish, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya, qon zardobida bilirubin, jigar fermentlari darajasini oshishi keltirilgan. Allergik reaktsiyalar: anafilaksiya, angionevrotik shish, qichishish, toshma, eshakemi.

preparatning komponentlariga yoki loratadinga o‘ta yuqori sezuvchanlik;homiladorlik;laktatsiya;1 yoshgacha bo‘lgan bolalar;sirop uchun (tarkibida saxaroza va sorbitol mavjudligi tufayli) fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani so‘rilishi buzilishi yoki saxaroza-izomaltoza tanqisligi kabi nasliykasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Alkogolning markaziy nerv tizimiga ta’sirini kuchaytirmaydi.

Dezloratadinni tavsiya etilgan dozalarda avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri aniqlanmagan. Pediatriyada qo‘llanilishi: siropni1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha klinik ma’lumotlar yo‘qligi tufayli, uni homiladorlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Dezloratadin ko‘krak suti bilan ajraladi, shuning uchun emizish davrida siropni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, zarurati bo‘lganida – simptomatik davolash tavsiya etiladi. Gemodializda chiqarilmaydi. Peritoneal dializning samaradorligi aniqlanmagan.

Shifokor retsepti bo‘yicha

150 ml sirop qaxrabo rangli shisha flakonda, bir flakon o‘lchov qoshiqchasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil.