Dezal rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: dezloratadin 5 mg Yordamchi moddalar: mikrokristallik tsellyuloza – 55 mg, qayta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali – 15 mg, mannitol – 22 mg, talk–2,5 mg, magniy stearati – 0,5 mg. Plyonka qobiqni tarkibi: zangori opadray 03F20404 (gipromelloza 6sR – 1,9 mg, titan dioksidi (Ye171) – 0,61 mg, makrogol 6000 – 0,34 mg, indigokarmin alyumin laki bo‘yog‘i (Ye132) – 0,14 mg) – taxminan 3,0 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

dezloratadin

Preparatning savdo nomi:

Dezal

Farmakalogik guruhi:

allergiyaga qarshi vosita gistamin N–retseptorlari blokatori.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

plyonka qobiq bilan qoplangan bir tomonida “LT” gravirovkali dumaloq ikki yoqlama qavariq moviy rangli tabletkalar.

allergiyaga qarshi vosita gistamin N–retseptorlari blokatori.

R06AX27

So‘rilishi Preparat ichga qabul qilingandan keyin, dezloratadin me’da – ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Qon plazmasida 30 minutdan keyin aniqlanadi, maksimal kontsentratsiyasiga esa (Smax) taxminan 3 soatdan keyin erishiladi. Ketokonazol va eritromitsinni ko‘p marta qabul qilinganda dezloratadinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmagan. Dezloratadinni 5 mg dan 20 mg gacha bo‘lgan intervaldagi dozalarda qabul qilinganda biokiraolishligi dozaga proportsional bo‘lgan. Taqsimlanishi Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 83–87% ni tashkil qiladi. Kattalar va o‘smirlarda 5 mg dan 20 mg gacha bo‘lgan dozada sutkada 1 martadan 14 kun davomida qo‘llanganda dezloratadinning klinik ahamiyatli kumulyatsiyasi aniqlanmaydi. Dezloratadinning akkumulyatsiya darajasi, uni sutkada 1 marta qo‘llangandagi yarim chiqarilish davri (T1/2) va tez-tezligi qiymatlari bilan mos keladi. Bolalarda farmakokinetik egri chizig‘i osti maydoni – “kontsentratsiya–vaqt” va Smax qiymatlari 5 mg dezloratadinni olgan kattalardagi ko‘rsatkich bilan o‘xshash bo‘lgan. Ovqatni yoki greypfrut sharbatini bir vaqtda qabul qilish dezloratadinni (7,5 mg dozada sutkada 1 marta qabul qilinganda) taqsimlanishiga ta’sir qilmaydi. Gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tmaydi. Metabolizmi Dezloratadinning metabolizmiga mas’ul bo‘lgan fermentlar hali noma’lum, shuning uchun ayrim dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirlarini to‘liq inkor etish mumkin emas. SYR3A4 va SYR2D6 larning ingibitori bo‘lib hisoblanmaydi va glikoprotein R-substrati yoki ingibitori emas. Jigarda gidroksillanish yo‘li bilan jadal metabolizmga uchraydi va 3–ON–dezloratadini hosil bo‘ladi, keyin ular glyukuronlanadi (glyukuron kislotasi bilan birikadi). Chiqarilishi Yarim chiqarilish davrining – T1/2 terminal fazasi taxminan 27 soatni tashkil qiladi. Dezloratadin organizmdan glyukuronid birikmasi ko‘rinishida va oz miqdorda o‘zgarmagan holda (buyrak orqali – 2% dan kam va ichak orqali 7% dan kam) chiqariladi.

Simptomlarni yengillashtirish yoki bartaraf etish uchun qo‘llanadi: Allergik rinitni (aksirish, burun bitishi, rinoreya, burunni qichishi, tanglayni qichishi, ko‘zlarni qichishi va qizarish, yoshlanishi);Eshakemini (terini qichishishi, toshma).

Ichga, ovqatni qabul qilishdan qat’iy nazar qo‘llanadi. Kattalar va o‘smirlar (12 yoshdan va undan katta)- 5 mg dan (1 tabletka) sutkada 1 marta buyuriladi.

Boshqalarga nisbatan ko‘pincha quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar aniqlanadi: kuchli toliqish (1,2%), og‘iz shilliq qavatini qurishi (0,8%), bosh og‘rig‘i (0,6%). Preparatni kattalar va o‘smirlarda tavsiya qilingan sutkada 5 mg bo‘lgan dozada qabul qilinganda uyquchanlikni yuz berish tez–tezligi, platsebo qabul qilingandagidan yuqori emas. Postmarketing kuzatuvlarida juda kam quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar aniqlangan. Ruhiy buzilishlar: gallyutsinatsiyalar. MNT tomonidan: bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, psixomotor giperfaollik. Yurak–qon tomir tizimi tomonidan:  taxikardiya, yurakni urib ketish hissi Ovqat hazm qilish tizimi tomondan: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: jigar fermentlari faolligini oshishi, bilirubinning kontsentratsiyasini oshishi, gepatit. Suyak–mushak tizimi tomonidan: mialgiya. Allergik reaktsiyalar: anafilaksiya, angionevrotik shish, qichishish, toshma, eshakemi.

homiladorlik;emizish davri;12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);preparatning faol yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Preparatni og‘ir buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Boshqa dori vositalari bilan (shu jumladan ketokonazol va eritromitsin bilan) klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlari aniqlanmagan. Dezloratadin etanolning markaziy nerv tizimiga bo‘lgan ta’sirini kuchaytirmaydi.

Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlarida Dezal preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi: Preparatni homiladorlikda, uni ushbu davrda qo‘llash xavsizligi bo‘yicha klinik ma’lumotlarning yo‘qligi sababli tavsiya qilinmaydi. Dezloratadin ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun uni emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Tadqiqotlarda transport vositalarini boshqarishga nisbatan dezloratadinning ta’siri aniqlanmagan. Ammo juda kam hollarda ayrim patsiyentlarda uyquchanlikni rivojlanishi mumkinligini hisobga olish lozim, bunday hollarda transport vositalarini boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatmaslik lozim.

Quruq yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: tavsiya qilingandan 9 marta yuqori dozani (45 mg) qabul qilish hech qanday klinik ahamiyatli simptomlarni paydo bo‘lishiga olib kelmagan. Uyquchanlik rivojlanishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, zarurat bo‘lganida – simptomatik davolash kerak. Dezloratadin gemodializda chiqarilmaydi, peritoneal dializni samaradorligi aniqlanmagan.

Retseptsiz

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg dan 10 tabletkadan Al/Al blisterda. 1, 2 va 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.