Dermogard krem rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi: Kumush sulfadiazini        – 10 mg Xlorgeksidin glyukonati  – 2 mg Aloe vera ekstrakti             – 150 mg Allantoin                             – 1 mg

Preparatning savdo nomi:

Dermogard krem

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun krem.

oq yoki sarg‘ish rangli, xushbo‘y hidli gomogen krem.

D06VA51.

Preparatning jarohat ekssudatlari bilan kontaktida faol komponentlarga asta-sekin dissotsiatsiyalanishi ro‘y beradi. Periferik va tizimli qon oqimiga taxminan 10% sulfadiazin va 1% kumush so‘riladi. Katta jarohat yuzasiga qo‘yilishi sulfadiazinni qondagi kontsentratsiyasini 10-20 mkg/ml gacha oshishi bilan kechadi. Xlorgeksidin glyukonati deyarli tizimli so‘rilishga uchramaydi va tizimli ta’sir qilmaydi. Aloe va allantoinning farmakokinetikasi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.

Jarohatlar, kesilishlar, kuyishlar va terining infektsion kasalliklarida qo‘llanadi.

Qo‘llashdan oldin terining shikastlangan sohasini yaxshilab yuving va quriting. So‘ngra kremni bir tekis qilib surting. Qo‘llashlar soni shifokor tomonidan belgilanadi. Kuyishlarda jarohatlarga ishlov berilganidan so‘ng kremni steril sharoitlarda surtish lozim. Shikastlangan soha hamisha krem bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Kremni kuniga 1-2 marta surtish kerak.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ammo kam hollarda leykopeniya, teri nekrozi, eritema, terining oqarishi, achishish, toshma, interstitsial (oraliq) nefrit, yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari, bosh og‘rig‘i kabi reaktsiyalar qayd etilgan.

Preparatning har qanday komponentga  yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Sulfanilamidlarga kesishgan sezuvchanlik rivojlanishi xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Glyukoza-6-fosfat degidrogeneza yetishmovchiligida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak. Krem jigar va buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Homiladorlik va laktatsiya Homiladorlik va laktatsiyada krem faqat mutloq ko‘rsatmalar bo‘yicha buyuriladi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. MUZLATILMASIN.

Preparat dozasini oshirib yuborilishi haqida hozirgacha xabar berilmagan.

Retseptsiz

Alyumin tubada 20 g. 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. 10 shunday quti karton guruhlashgan o‘ramda.

2 yil.