Dermobakter

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: 985 mg 50% li benzolkoniy xloridini eritmasi, bu 500 mg benzalkoniy xloridga to‘g‘ri keladi, 1065 mg 20% li xlorgeksidin diglyukonati eritmasi, bu 200 mg xlorgeksidin diglyukonatga to‘g‘ri keladi. Yordamchi moddalar: 30% li betain kokoalkil-dimetil eritmasi, etilen oksidini va propilen oksidining sopolimeri, gietelloza, limon kislotasi monogidrati, natriy tsitrati, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

benzolkoniy xloridi, xlorgeksidin diglyukonati.

Preparatning savdo nomi:

Dermobakter

Farmakalogik guruhi:

antiseptik vosita.

Dori shakli:

sirtga va mahalliy qo‘llash uchun eritma.

biroz qovushqoq, chayqatilganida ko‘piradigan, efir hidiga ega tiniq, rangsiz suyuqlik.

antiseptik vosita.

D08AC52.

Infektsiyalangan teri va shilliq qavatlarni shikastlanishlarini davolash; teri va shilliq qavatlarni infektsiyalanishini oldini olish uchun qo‘llanadi.

Sirtga va mahalliy buyuriladi. Eritma suyultirilgan yoki suyultirilmagan holda kuniga 1-2 marta qo‘llaniladi. Teri yuzasiga ishlov berish uchun suyultirilmagan eritma qo‘llanadi. Shilliq qavatlarga mahalliy ishlov berish uchun suvda 1/10 nisbatida suyultirilgan eritma qo‘llanadi. Suyultirilgan eritma bevosita qo‘llash oldidan tayyorlanadi va saqlanmasligi kerak. Eritma bir tekis teri yoki shilliq qavatlarni surtiladi va keyin ko‘p miqdordagi suv bilan yuviladi.

Eritma suv bilan yaxshilab yuvib tashlanganida o‘tib ketuvchi teri va shilliq qavatlarning quruqligi terini ta’sirlanishi bo‘lishi mumkin; kontaktli ekzema.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ko‘z va eshitish yo‘lini shilliq qavatini yuvish uchun qo‘llash mumkin emas.

Boshqa mahalliy antiseptiklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (nomutanosiblik yoki samarasizlik xavfi). Agar avval sovun ishlatilgan bo‘lsa, u yaxshilab yuvib tashlanishi lozim.

Eritma bilan terining katta yuzalariga ishlov berilganida va uni germetik bog‘lov ostiga qo‘llanganda, xususan kuygan teriga yoki chala tug‘ilgan chaqaloq yoki go‘dak yoshidagi bolalarning shikastlangan terisiga qo‘llanganda, preparatning faol moddalarini tizimli ta’siri xavfi mavjud. Xirurgik asboblar va moslamalarini dezinfektsiyasi uchun qo‘llanmasin. Ishlatilganidan so‘ng flakon qopqog‘i bilan albatta berkitilsin. Flakon ochilganidan keyin eritma 15 kungacha saqlansin. Homiladorlik va laktatsiya davri Preparat homiladorlik davrida qo‘llanganida zararli ta’siri aniqlangan emas; ta’sir etuvchi moddalarini teratogen xususiyatlarini ekspertizasi salbiy natijalar berdi. Emizish davrida ko‘krak bezlariga ishlov berish uchun eritmani qo‘llash mumkin emas. Dori vositasini transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir etish xususiyati Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Aniqlanmagan.

Retseptsiz

Oq rangli plastmassali taglik qo‘yilgan buraluvchi plastmassa qalpoqli, hajmi 125 ml yoki 300 ml li jigarrang tiniq plastmassa flakon. Bir flakondan karton qutida qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga.

2 yil.