Dentokind

Tarkibi:

1 tabletka (100 mg) quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 15 mg Belladonna trit. D6, 15 mg Chamomilla trit. D6, 15 mg Ferrum phosphoricum trit. D6, 15 mg Hepar sulfuris trit. D12, 15 mg Pulsatilla trit. D6; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, laktoza monogidrati, talk, magniy stearati.

Preparatning savdo nomi:

Dentokind

Farmakalogik guruhi:

gomeopatik vositalar.

Dori shakli:

tabletkalar

oq yoki deyarli oq, ikki tomoni yassi, chetlari kesilgan tabletkalar.

gomeopatik vositalar.

Emizikli va kichik yoshdagi bolalarning tishlarini chiqishidagi og‘riqli holatlar, shuningdek qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, otalgiya (quloqlarda og‘riq), milklarda og‘riq, yengil isitma va ich ketishida qo‘llanadi.

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kasallikning o‘tkir simptomlarida 1 tabletkadan har bir soatda, lekin kuniga 6 tabletkadan ko‘p emas. Simptomlar kamayganidan keyin 1 tabletkadan kuniga 3 marta. 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kasallikning o‘tkir simptomlarida 2 tabletkadan har bir soatda, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas. Simptomlar kamaygandan keyin 2 tabletkadan kuniga 3 marta. Dentokindni ovqat va ichimliklar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Tabletkalarni og‘izda asta-sekin erishiga yo‘l qo‘yib, ovqatlanishdan yarim soat oldin yoki yarim soat keyin qabul qilish ma’qulroq. Emizikli bolalarni davolashda tabletkalarni ozgina miqdordagi suv bilan eritish mumkin. Agar Siz dori vositasini qabulini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, bolaga preparatni ikki martalik dozasini bermang.

Hozirgi vaqtgacha noma’lum. Agar farzandingizda preparatni qabulidan keyin nojo‘ya samaralari paydo bo‘lsa, shifokoringizni xabardor qiling.

Preparatga va uning hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Hozirgi vaqtgacha noma’lum. Agar farzandingiz boshqa dori vositalarini qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering.

Gomeopatik dori vositalari qo‘llanganida kasallikning belgilari vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokor bilan maslaxatlashish kerak. Agar Siz, farzandingiz Dentokindga yetarlicha javob bermayotgan bo‘lsa yoki unda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos shifokorga murojaat qiling. Preparat laktoza (sut qandi) saqlaydi. Agar shifokoringiz, Sizga farzandingizni ayrim saxarozalarni o‘zlashtiraolmasligini aytgan bo‘lsa, shifokor bilan dori vositasini qo‘llashdan oldin maslaxatlashing. Preparat yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.

Alohida sharoit talab qilmaydi. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Xozirgi vaqtgacha noma’lum.

Retseptsiz

5 yil.