Denasol Forteretsept bilan

Tarkibi:

faol moddalar: natriy xloridi (quruq moddaga qayta hisoblanganda) – 0.9 g; glyukoza (quruq moddaga qayta hisoblanganda) – 10,0 g; yordamchi modda: tozalangan suv 100 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

dekstroza (glyukoza), natriy xloridi.

Preparatning savdo nomi:

Denasol Forte

Farmakalogik guruhi:

Tuzli eritmalar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli tiniq suyuqlik.

Tuzli eritmalar.

V05SV

Kattalarda va pediatriya amaliyotda gidratatsiya (organizmni suyuqlik bilan ta’minlash) maqsadida elektrolitlar, kaloriya va suv manbai sifatida vena ichiga (v/i) qo‘llanadi. Preparat: gipoglikemiyada;toksikoinfektsiyalarda;turli intoksikatsiyalarda;jigar kasalliklarida (gepatit, tsirroz, jigar komasi);gemorragik diatezda;degidratatsiyalarda (qusish, diareya, operatsiyadan keyingi davr);kollapsda;shokda;parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadi.

Vena ichiga (v/i) tomchilab yuboriladi. Yuborishdan oldin eritmani 36-380S gacha isitish kerak. Preparatni yirik periferik venalarni ta’sirlanishini iloji boricha kamaytirish uchun kichik diametrli ignalar yordamida sekin yuborish tavsiya qilinadi. Eritmani tomirdan tashqari to‘qimaga tushishi oqibatida infiltratlarni hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasin. Dozalash shifokorning ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi va patsiyentning yoshi, tana vazni, klinik holati va laborator tekshirishlarining ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi. Odatda sutkada 300-1500 ml dan, minutiga maksimal 80 tomchigacha, bolalarga soatiga 5 ml/kg tezlikda qo‘llanadi. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza 2000 ml ni tashkil qiladi. Preparatni gematokrit va qondagi elektrolitlarning kontsentratsiyasini nazorati ostida o‘tkaziladi. Yuborilgan va yo‘qotilgan suyuqlik muvozanatini har 6 soatda aniqlanadi.

Preparat qo‘llanganda turli reaktsiyalar: febril reaktsiya (bosh og‘rig‘i, tana haroratini oshishi), inyektsiya qilingan joyda infektsiyalar, inyektsiya qilingan joydan boshlanadigan venalar trombozi yoki flebiti, ekstravazatsiya va gipervolemiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya, terlash, isitma, taxikardiya, arterial gipertoniya, buyraklar faoliyatini buzilishi, shishlar, hansirash, bezovtalik, holsizlik, mushaklarni tortishishi va gipertonusi paydo bo‘lishi mumkin. Eritmani katta miqdorda yuborish xloridli atsidozga, gipergidratatsiyaga, organizmdan kaliyni chiqarilishini oshishiga olib kelishi mumkin. Reaktsiyalar paydo bo‘lganida yuborishni to‘xtatish, patsiyent holatini baholash, muvofiq terapevtik qarshi choralarni o‘tkazish, shuningdek zarurati bo‘lganida qolgan suyuqlikni ekspertiza uchun saqlash zarur.

Gipernatriyemiya, gipergidratatsiya holati, giperglikemiya, qandli diabet, o‘pka, miyani shishishi bilan xavfini soluvchi qon aylanishini buzilishlari, surunkali buyrak va yurak yetishmovchiligi, kortikosteroidlarning katta dozalari bilan davolash, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Preparatni glyukokortikosteroidlar bilan birga qo‘llanganda gipernatriyemiya kuchayadi. Shuning uchun uni kortikosteroidlar, kortikotropin olayotgan patsiyentlarga, shuningdek tuz to‘planishiga moyilligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Preparatda natriy ionlari saqlanganligi sababli, uni zarurat tug‘ilganda dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, ayniqsa patsiyentlarda operatsiyadan keyin va keksa odamlarda, og‘ir buyrak yetishmovchiligida, siydik – chiqarish yo‘llarini obstruktsiyasida, gipervolemiyada, shuningdek natriyni tutilishi tufayli shishlar bilan kechadigan klinik holatlarda katta ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim. Uzoq muddat davomida parenteral davolashda glyukoza miqdorini o‘zgarishlarini, shuningdek qonda suyuqlik va elektrolitlarning muvozanatini laborator va klinik tekshirishlarni muntazam o‘tkazish yo‘li bilan kuzatish zarur. Bolalarga, ayniqsa chaqaloqlarga va chala tug‘ilgan chaqaloqlarga (buyrak faoliyati hali yetilmagan yoki suyuqlikni chiqarish qobiliyati cheklangan bo‘lsa) v/i eritmani dozalash va preparatning infuziyasini tezligi, giperkaliyemiya/giperglikemiyani rivojlanishining yuqori xavfi, zardobni giperosmolyarligi va qon quyilishi ehtimoli tufayli ehtiyotkorlik bilan tanlanishi kerak. Glyukozaning zardobdagi kontsentratsiyasi, suyuqlikni istyemol qilinishi, diurez va zardobdagi elektrolitlar kontsentratsiyasining doimiy monitoringi talab qilinadi. Chaqaloqlarda va juda kichik bolalarda xatto suyuqlikning oz miqdori suv-tuz muvozanatiga ta’sir qilishi mumkin. Preparat glyukoza saqlaydi, shuning uchun uni yaqqol yoki subklinik qandli diabeti yoki karbonsuvlarga har qanday genezli intolerantlantligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Regidratonik Forteni boshqa preparatlarning eritmalari bilan aralashtirganda yuz berishi mumkin bo‘lgan nomutanosiblikning xavfini iloji boricha minimumga yetkazish uchun, ushbu aralashmalar aralashtirilgandan keyinoq, yuborishdan oldin, shuningdek yuborish vaqtida loyqa yoki cho‘kma borligini aniqlash uchun vizual tekshirilishi lozim. Suyuqlik muvozanatini, elektrolitlarning kontsentratsiyasini o‘zgarishini va uzoq parenteral davolash vaqtida kislota-ishqor muvozanatini kuzatish maqsadida, shuningdek zarur bo‘lganda bemorning holatiga ko‘ra vaqti-vaqti bilan muntazam klinik baholashni amalga oshirish va laboratoriya tahlillarini o‘tkazish kerak. Preparatni homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparatni homilador ayollarga faqat juda zarur hollarda buyurish lozim. Suyuqlik muvozanatini, glyukoza va elektrolitlarning kontsentratsiyasini, shuningdek ona va homilada kislota ishqor muvozanatini vaqti-vaqti bilan kuzatib turish zarur. Yuborilgan suyuqlikning miqdori, chiqarilayotgan siydik va elektrolitlarning zardobdagi darajasini kuzatish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

+25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ortiqcha suvli intoksikatsiyasi (gipervolemiya) sindromi bilan xarakterlanadi. Darhol yuborishni to‘xtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak. Natriy xloridining gipertonik eritmasini, kuchli diuretiklarni (o‘tkir yurak yetishmovchiligida va o‘pkalar shishida) yuborish, elektrolitlar muvozanatini to‘g‘rilash tavsiya qilinadi.

Retsept bo‘yicha

Infuziy uchun eritma 100, 150, 200, 250, 400 yoki 500 ml dan flakonlarda.

3 yil.