Deksrelifretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: dekstrometorfan gidrobromidi – 10 mg; yordamchi moddalar: saxaroza, 70% sorbitol eritmasi, glitserin, propilenglikol, natriy benzoati, bronopol, neomalt, natriy saxarini, limon kislotasi monogidrati, Ponceau4® bo‘yovchisi, Malina aromatizatori, Ananas aromatizatori, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

dekstrometorfan gidrobromidi

Preparatning savdo nomi:

Deksrelif

Farmakalogik guruhi:

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Dori shakli:

sirop

qizil rangli, xushbo‘y tiniq siropsimon suyuqlik.

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

R05DA09

Istemol qilingandan so‘ng dekstrometorfan MIY dan to‘liq so‘riladi. Dekstrometorfan plazmada maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) 2 soatdan keyin erishadi. Dekstrometorfan jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Dekstrometorfanning 45% gacha bo‘lgan qismi buyraklar orqali chiqariladi, bunda ayrim metabolitlarning ekskretsiya ko‘rsatkichlarida ahamiyatli individual o‘zgaruvchanlik kuzatiladi.

Quyidagi kasalliklarda jadal, quruq, hurujsimon yo‘talni kamaytirish uchun: o‘tkir traxeitdao‘tkir bronxitda;pnevmoniyada, kasallikni o‘tkir davrida, quruq yo‘talda, (balg‘am ajralmaydigan yo‘tal), holdan toydiradigan, hurujsimon yo‘talda qo‘llanadi.

Ichga ovqatdan so‘ng choy qoshiq yordamida, har 4 soatda qabul qilinadi: kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza – 10 ml;6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bir martalik doza – 5 ml;2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bir martalik doza – 2,5 ml; Qabul qilish davomiyligini faqat davolovchi shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq bo‘ladi.

Uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, AB ni pasayishi, taxikardiya, mushaklar tonusini oshishi, ataksiya kuzatilishi mumkin.

Yuqori sezuvchanlik, preparatga nisbatan allergiya, bronxial astma, balg‘amli yo‘tal (balg‘am ajralib chiqadigan yo‘talda), ayniqsa, yo‘tal balg‘amni katta miqdorda ajralishi bilan kechganida, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini ko‘zg‘alish bosqichida, me’da-ichak yarasidan ilgari kuzatilgan qon ketishi kuzatilganda, homiladorlik, va emizish davri, xamda 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

MAO ingibitorlari (shu jumladan, furazolidon, prokarbazin, selegilin) bir vaqtda qo‘llanganida adrenergik kriz, kollaps, koma, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, AB ni oshishi, giperpireksiya, bosh miyaga qon quyilishi, letargiya, ko‘ngil aynishi, spazmlar, tremorni chaqirishi mumkin. tritsiklik antidepressantlar (amitriptilin va boshqalar) bilan birga qo‘llanganida serotonin sindromini chaqirishi va keyinchalik o‘limga olib kelishi mumkin. Amiodaron, fluoksetin, xinidin, tsitoxrom R450 fermentlar tizimini ingibitsiya qilib, qonda preparatning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Tamaki tutuni yo‘tal refleksini ingibitsiya bo‘lishi fonida bezlarni sekretsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. CYP450 ni, xinidin kabi, ba’zi ingibitorlari uning ta’sirini kuchaytiradilar, biroq asosan uzaytiradilar.

Jigar faoliyatini buzilishlarida dekstrometorfan ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Homiladorlikda (ayniqsa I uch oyligida), va laktatsiya (emizish) davrida dekstrometorfan ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, ona uchun davolashdan kutiladigan samara homila yoki bola uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan hollarda buyuriladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilish simptomlari bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, ko‘rish o‘tkirligini xiralashishi, qorachiqlarni kengayishi, terini qurishi, bosh aylanishi, og‘izni qurishi, yutishda qiyinchilik va MNT (markaziy nerv tizimi) faoliyatini kuchayishi hisoblanadi. Dozasi oshirib yuborilganida davolash simptomatik va tutib turuvchi bo‘lishi kerak.

Retsept bo‘yicha

100 ml sirop flakonda o‘lchov qalpoqchasi bilan majmuada va tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.