Deksonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir 100 ml maxsulotga quyidagilar to‘g‘ri keladi: faol modda: 0,1 g deksametazon fosfat (dinatriy ko‘rinishida), yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, bor kislotasi, kreatinin natriy edetat, polisorbit 80, natriy tsitrati trigidrati (hammasi kerak bo‘lgan miqdorda), tozalangan suv 100 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

deksametazon fosfat (dinatriy ko‘rinishida)

Preparatning savdo nomi:

Dekson

Farmakalogik guruhi:

glyukokortikosteroid.

Dori shakli:

steril ko‘z va quloq tomchilari

tiniq, rangsiz, mexanik qo‘shimchalardan holi bo‘lgan hidsiz eritma, to‘g‘ri to‘ldirilgan, uchlik pipetkasi va pilferproof tipidagi qalpoqchasi bo‘lgan 5 ml li plastikli flakonlarda.

glyukokortikosteroid.

Qonda spetsifik tashib o‘tkazuvchi oqsil – transportin bilan bog‘lanadi (60-70%). Gistogematik to‘siqlardan (shu jumladan gemato-entsefalik va platsentar to‘qislardan) oson o‘tadi. Jigarda metabolizmga uchrab (asoan glyukuron va sulfat kislotalari bilan kon’yugatsiya yo‘li orqali) faol bo‘lmagan metabolitlar hosil bo‘ladi. Buyrak orqali chiqadi (ozgina qismi – u bezlari orqali). Deksametazonning plazmadan yarim chiqarilish davri – 3-5 soat.

0,1% “Dekson®” ko‘z kon’yuktivasi, qovoq ko‘z soqqasi, shox pardaning allergik va yallig‘lanish holatlari, masalan, noinfektsion blefrarit, yuza kreatit, shox pardaning yuqori harorat va kimyoviy moddalardan shikatlanishlarini davolash uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, ushbu preparat tashqi eshitish yo‘li kasalliklari: allergik otit, tashqi va infektsion otitni davolash uchun buyuriladi.

Kon’yuktiva uchun odatdagi doza: dastavval bir yoki ikki tomchidan sutkada olti martagacha, so‘ngar yallig‘lanish darajasi pasaygani sari doza sekin-asta kamaytiriladi. Eshitish kanali uchun odatdagi doza: uch yoki to‘rt tomchidan kuniga ikki uch marta buyuriladi. Ijobiy natija kuzatilsa, dozani sekin-asta kamaytirish mumkin.

Nojo‘ya reaktsiyalar: ko‘rishni xiralashishi, ko‘z gipertenziyasi, katarakta, glaukoma, ko‘zlarda og‘riq, bosh og‘rig‘i, ko‘z infektsiyalari, ko‘zlarni ta’sirlanishi va ularda suvsimon suyuqlikning paydo bo‘lishi. Quloqqa qo‘llanilganda quloq kanalida achishish va sanchiq bo‘lishi mumkin.

Bu mahsulotni kon’yuktiva va shox pardaning infektsion virusli va zamburug‘li kasallikllarining o‘tkir bosqichlarida, preparatning har qanday ingrediyentiga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.

Yodoksurin bilan uzoq vaqt qo‘llanilganda shox parda epiteliysida destruktiv jarayonlar kuchayishi mumkin. Infektsion jarayon rivojlanganda preparatni antibakterial vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Homiladorlikning S kategoriyasi. Ushbu mahsulotni homiladorlik vaqtida faqat, agar foyda homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

300S dan past haroratda saqlansin. Yorug‘likdan va muzlashdan himoya qilinsin.

Simptomlari: deksametazonni mahalliy qo‘llanganda doza oshirib yuborilganda nojo‘ya ta’sirlar chuqurlashishi mumkin. Davolash: preparat bekor qilinadi va simptomatik davolash o‘tkaziladi. Maxsus antidoti yo‘q.

Retsept bo‘yicha

0,1% li “Dekson®” steril ko‘z/quloq tomchilari 0,1% li eritma ko‘rinishida uchlik- pipetkasi va pilferproof tipidagi qopqoqchasi bo‘lgan 5 ml li plastikli flakonlarda tibbiyotda qo‘llash yo‘riqnomasi bilan karton qutichada chiqariladi.

3 yil.