Deksametazon-Fereyn® odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
U past mineralokortikoid faollikka ega, ya’ni uning suv-elektrolit almashinuviga ta’siri katta emas.
Odatda Deksametazon-Fereyn® ning past va o‘rtacha dozalari organizmda natriy va suvning tutilishini, kaliyning yuqori chiqarilishini chaqirmaydi.
Quyidagi nojo‘ya samaralari ta’riflangan: Endokrin tizimi tomonidan: glyukozaga tolerantlikni pasayishi, steroid qandli diabet yoki yashirin qandli diabetni kuchayishi, buyrak usti bezlari funktsiyasini susayishi, Itsenko-Kushing sindromi (oysimon yuz, gipofizar tur semirish, girsutizm, arterial bosimni oshishi, dismenoreya, amenoreya, mushak kuchsizligi, striyalar), bolalarda jinsiy rivojlanishini kechikishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, pankreatit, me’da va o‘n ikki barmoq ichakning steroid yarasi, eroziv ezofagit, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va perforatsiya, ishtahani oshishi yoki kamayishi, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, meteorizm, hiqichoq, kam hollarda – “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiya, bradikardiya (yurak to‘xtab qolgunicha), yurak yetishmovchiligini (moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda) rivojlanishi yoki yaqqolligini kuchayishi, giperkaliyemiyaga xos bo‘lgan EKG o‘zgarishlari, arterial bosimni oshishi, giperkoagulyatsiya, trombozlar.
O‘tkir va nimo‘tkir miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda – nekroz o‘choqlarini tarqalishi, chandiq to‘qimasining shakllanishini sekinlashishi, bu yurak mushagini yorilishiga olib kelishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan: deliriy, dezoriyentatsiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar, maniakal -depressiv psixoz, depressiya, paranoya, kalla suyagi ichki bosimini oshishi, asabiylik yoki bezovtalik, uyqusizlik, bosh aylanishi, vertigo, miyachaning soxta o‘smasi, bosh og‘rig‘i, tirishishlar.
Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishni birdan yo‘qolishi (parenteral yuborilganida bosh, bo‘yin, burun chig‘anoqlari, bosh terisi sohalarida, ko‘z tomirlarida preparatning kristallarini to‘planishi mumkin), orqa subkapsulyar katarakta, ko‘ruv nervining shikastlanishini mumkinligi bilan ko‘z ichki bosimini oshishi, ko‘zning ikkilamchi bakterial, zamburug‘li yoki virusli infektsiyalari, shox pardaning trofik o‘zgarishlari, ekzoftalm.
Moddalar almashinuvi tomonidan: kaltsiyning chiqarilishini kuchayishi, gipokaltsiyemiya, tana vaznini oshishi, manfiy azot muvozanati (oqsillarni kuchli parchalanishi), ko‘p terlash.
Mineralokortikoid faolligi bilan bog‘liq bo‘lgan – suyuqlik va natriyni tutilishi (periferik shishlar), gipernatriyemiya, gipokaliyemik sindrom (gipokaliyemiya, aritmiya, mialgiya yoki mushaklarni spazmi, odatdagi bo‘lmagan holsizlik va toliqish).
Tayanch-harakat apparati tomonidan: bolalarda o‘sish va suyaklarning shakllanish jarayonlarini sekinlashishi (epifizar o‘sish sohalarini muddatidan oldin yopilishi), osteoporoz (juda kam hollarda – suyaklarning patologik sinishlari, yelka va son suyaklarining boshchasini aseptik nekrozi), mushak paylarini uzilishi, steroid miopatiya, mushak massasini kamayishi (atrofiya).
Teri qoplamalari va shilliq qavatlari tomonidan: jarohatlarning bitishini sekinlashishi, petexiyalar, ekximozlar, terini yupqalashishi, giper- yoki gipopigmentatsiya, xusnbuzar, striyalar, piodermiya va kandidozlarni rivojlanishiga moyillik.
Allergik reaktsiyalar: tarqalgan mahalliy allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish, anafilaktik shok).
Mahalliy: yuborish joyida achishish, og‘riq, sanchiq, giperemiya, yuborish joyida infektsiya, kam hollarda – o‘rab turgan to‘qimalarning nekrozi, inyektsiya joyida chandiqlarni hosil bo‘lishi, m/i yuborilganida teri va teri osti kletchatkasining atrofiyasi (ayniqsa deltasimon mushakka yuborish xavflidir).
Boshqalar: infektsiyani rivojlanishi yoki zo‘rayishi (bu nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishiga immunodepressantlarni va vaktsinatsiyani birga qo‘llash olib keladi), leykotsitouriya, “bekor qilish” sindromi.
Vena ichiga yuborilganida: aritmiyalar, yuzga “qon oqib kelishlari”, tirishishlar kuzatiladi.