Deksametazon Biofarmaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: deksametazon natriy fosfati – 1 mg; yordamchi moddalar: borat kislotasi, natriy tetraborati, dinatriy edetati (trilon B), benzalkoniy xloridi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

deksametazon natriy fosfati

Preparatning savdo nomi:

Deksametazon-Biofarma

Farmakalogik guruhi:

Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Yallig‘lanishga qarshi vositalar. Kortikosteroidlar, oddiy preparatlar.

Dori shakli:

ko‘z tomchilari

rangsiz, tiniq suyuqlik.

Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Yallig‘lanishga qarshi vositalar. Kortikosteroidlar, oddiy preparatlar.

S01BA01

Kon’yunktiva ko‘zning shox pardasi va old segmentining Steroidlarga sezuvchan noinfektsion yallig‘lanish va allergik holatlarini, jumladan operatsiyadan keyingi davrdagi yallig‘lanish reaktsiyalarini davolash uchun qo‘llaniladi.

Kattalarda, jumladan keksa yoshdagi patsiyentlarda qo‘llanilishi Og‘ir yoki o‘tkir yallig‘lanishda shikastlangan ko‘zning (ko‘zlarni) kon’yunktival bo‘shlig‘iga har 30-60 minutda boshlang‘ich terapiya sifatida 1-2 tomchidan tomizish lozim. Ijobiy samara bo‘lgan hollarda shikastalangan ko‘zning kon’yunktiva bo‘shlig‘iga tomiziladigan dozani har 2-4 soatda 1-2 tomchigacha kamaytirish lozim. Agar yallig‘lanishni nazorat qilish uchun bu doza yetarli bo‘lsa, keyinchalik dozani 1 tomchidan kuniga 3-4 martagacha kamaytirish mumkin. Agar hohlangan natijaga 3-4 kun davomida erishilmasa, qo‘shimcha tizimli yoki subkon’yunktival davolashni buyurish mumkin. Surunkali yallig‘lanishlarda doza shikastlangan ko‘zning (ko‘zlarni) kon’yunktiva bo‘shlig‘iga har 3-6 soatda, agar bu zarur bo‘lsa, 1 yoki 2 tomchini yoki undan ko‘proqni tashkil qiladi. Allergiyada yoki ahamiyatsiz darajadagi yallig‘lanishda doza istalgan samaraga erishgunga qadar shikastlangan ko‘zning (ko‘zlar) kon’yunktiva bo‘shlig‘iga har 3-4 soatda 1 yoki 2 tomchini tashkil qiladi. Davolashni muddatidan oldin to‘xtatish mumkin emas. (“Qo‘llashning o‘ziga xosligi” bo‘limiga qarang). Ko‘z ichki bosimini doimo nazorat qilish tavsiya qilinadi. Instillyatsiyadan keyin qovoqlarni ehtiyotkorlik bilan yopish yoki ko‘z yoshini burun yo‘li bo‘ylab o‘tishini okklyuziyasi tavsiya qilinadi. Bu ko‘zlarga yuborilgan dorilarni tizimli so‘rilishini tizimli pasaytiradi, bu nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lish ehtimolini kamaytiradi. Agar bir vaqtda bir necha ko‘zlarga mahalliy qo‘llash uchun dori vositalarni qo‘llansa, ularni qo‘llash orasidagi interval kamida 5 daqiqani tashkil qilishi kerak. Ko‘z surtmalari eng oxirida qo‘llanishi lozim. Jigar va buyrak faoliyatini buzilishlarida qo‘llanilishi Deksametazon-Biofarmani buyrak va jigar kasalliklari bilan og‘rigan patsiyentlarda qo‘llanilishi tekshirilmagan. Ammo mahalliy qo‘llangandan keyin deksametazonni tizimli so‘rilishini pastligi tufayli, dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo‘q. Qo‘llash usuli Qo‘llashdan avval flakon qopqog‘ini yechish va tomchilatgichli qopqoqni kiygazish kerak. Tomchilatgichning chetlari va suspenziyani ifloslanishini oldini olish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish va tomchilatgichli flakon chetlarini ko‘z qovoqlariga yoki boshqa yuzalariga tegib ketmaslik kerak.

Immun tizimi tomonidan: yuqori sezuvchanlik. Nerv tizimi tomonidan: disgevziya (ta’m bilish hissini buzilishi), bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. Oftalmologik buzilishlar: ko‘zlarda diskomfortni his qilish, keratit, kon’yunktivit, quruq keratokon’yunktivit, shox pardani bo‘yalishi, fotofobiya, ko‘rishni xiralashishi, ko‘zlarni qichishishi, ko‘zlarda yot jismlarni his qilish, ko‘zni ko‘p yoshlanishi, ko‘zlarda g‘ayri-oddiy hislar, qovoqlarni chetlarida qipiqlanish hosil bo‘lishi, ko‘zlarni ta’sirlanishi, ko‘zlarni qizarishi, ko‘z ichki bosimini oshishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, shox pardani eroziyasi, qovoqlarni ptozi, ko‘zlarda og‘riq, midriaz. Kortikosteroidlarni ko‘zlarga mahalliy uzoq vaqt qo‘llash ko‘z bosimini oshishiga, keyinchalik ko‘ruv nervini shikastlanishiga, ko‘rish o‘tkirligini yomonlashuviga va ko‘rish maydonini buzilishiga, shuningdek orqa subkapsulyar kataraktani hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. (“Qo‘llashning o‘ziga xosligi bo‘limiga qarang”). Preparat kortikosteroidlarni saqlaganligi tufayli, shox pardaning yoki skleraning yupqalashuviga olib keluvchi kasalliklar bo‘lganida uzoq qo‘llangandan keyin perforatsiya xavfi ortadi. Kortikosteroidlar infektsiyalarga bo‘lgan rezistentlikni kamaytirishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Preparatning faol moddasiga yoki biron-bir yordachi komponentlariga yuqori sezuvchanlik.Davolanmagan o‘tkir bakterial infektsiyalar.Herpes simplex tomonidan chaqirilgan o‘tkir yuza keratit.Sigir chechagi va suvchechak va ko‘zning shox pardasi va kon’yunktivaning boshqa virusli infektsiyalari (herpes zoster tomonidan chaqirilgan keratitdan tashqari)Ko‘z tuzilmalarining zamburug‘li kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.Ko‘zning mikobaktereial infektsiyalari.

Faqat oftalmologik qo‘llash uchun buyuriladi.Kortikosteroidlarni ko‘zga mahalliy uzoq vaqt qo‘llash ko‘z gipertenziyasiga va/yoki glaukomasiga, keyinchalik ko‘ruv nervini shikastlanishiga, ko‘rish o‘tkirligini yomonlashuviga va ko‘rish maydonini buzilishiga, shuningdek orqa subkapsulyar kataraktani hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Kortikosteroidlarni ko‘zga mahalliy uzoq vaqt qo‘llagan patsiyentlarda ko‘z ichki bosimini muntazam nazorat qilish lozim. Davolash kursini davomiyligi 4 haftadan oshmasligi kerak.Kortikosteroidlar bakterial, virusli yoki zamburug‘li infektsiyalarga chidamlilikni kamaytirishi va bunday infektsiyalarni aniqlanishiga halaqit qilishi mumkin, hamda infektsiyalarning klinik belgilarini niqoblashi, antibiotiklarni samarasizligini aniqlanishiga halaqit qilishi mumkin. Kortikosteroidalar bilan davolash amalga oshirilgan yoki amalga oshirilayotgan patsiyentlarning ko‘z shox pardasida turg‘un yara hosil bo‘lganida zamburug‘li infektsiyalarini yuz berishi mumkinligini hisobga olish kerak. Zamburug‘li infektsiyalar paydo bo‘lgan hollarda davolashni to‘xtatish lozim.Ko‘zlarga mahalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlar shox pardaning jarohatini bitishini sekinlashtirishi mumkin.Ma’lumki, kortikosteroidlarni shox pardani yoki sklerani yupqalashuviga olib keluvchi kasalliklar bo‘lgan hollarda mahalliy qo‘llash perforatsiyani chaqirishi mumkin.Preparatni o‘ta ehtiyotkorlik bilan va faqat herpes simplex tomonidan chaqirilgan stromal keratitni yoki uveitni davolashda viruslarga qarshi davolash bilan birga qo‘llash lozim; vaqti-vaqtida yoriq lampasini qo‘llagan holda biomikroskopiyani amalga oshirish kerak.Yallig‘langan ko‘zlarga kontakt linzalarni taqish tavsiya qilinmaydi.Bundan tashqari, preparat benzalkoniy xloridni saqlaydi, u ko‘zni ta’sirlanishini chaqirishi va ma’lum bo‘lishicha yumshoq kontakt linzalarni rangsizlantirishi mumkin. Yumshoq kontaklt linzalari bilan kontaktdan saqlanish lozim. Patsiyentlarni Deksametazon-Biofarma ko‘z tomchilarini qo‘llashdan avval kontakt linzalarni yechish va instillyatsiyadan keyin 15 minutdan so‘ng kontakt linzalarni taqish kerakligi to‘g‘risida ogohlantirish kerak.

Homiladorlik Deksametazon-Biofarma preparatini homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Emizish Deksametazon-Biofarma preparatini qo‘llash vaqtida emizishni vaqtinchalik to‘xtatish ehtimolini ko‘rib chiqish yoki preparat bilan davolashni to‘xtatish/to‘xtatmaslikni ona uchun preparatni qo‘llashdan bo‘lgan potentsial foyda va emizishdan bolaga bo‘lgan foydani hisobga olgan holda ko‘rib chiqish lozim.

Yorug‘likdan himoyalash uchun mo‘ljallangan original o‘ramda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishining hech-qanday hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan. Mahalliy qo‘llanganda dozani oshirib yuborilish hollarida preparatning ko‘zdagi (ko‘zlardagi) ortiqcha miqdorini iliq suv bilan yuvib tashlash kerak.

Retsept bo‘yicha

5 ml yoki 10 ml dan shisha flakonlarda; tomchilagich–qopqoqli bir flakondan qutida. 10 mldan plastik flakonlarda. 1 flakondan karton qutida.

2 yil. Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati – 14 sutka.