Dekasan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma saqlaydi: 0,2 mg dekametoksin; yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Dekasan

Farmakalogik guruhi:

antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar.

Dori shakli:

eritma

tiniq, rangsiz eritma.

antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar.

D08A.

Terining yiringli bakterial va zamburug‘li kasalliklari, mikrobli ekzema, yumshoq to‘qimalarning yiringli-yallig‘lanish shikastlanishlari (abstsesslar, karbunkullar, flegmonalar, furunkulalar, yiringli jarohatlar, panaritsiylar); stomatologik kasalliklarni (stomatitlar, yarali-nekrotik gingivit, zo‘rayish bosqichidagi I-II darajali parodontozning distrofik-yallig‘lanish shaklini) davolash. Shuningdek o‘pka abstsessida, bronxoektatik kasallikda, o‘pkaning yiring bilan asoratlangan kistoz gipoplaziyasida, surunkali bronxitni zo‘rayishi bosqichida, surunkali tonzillitda, anginada, stofilokokklar va difteriya tayyoqchalarini tashuvchanlikda, yarali kolitda, paraproktitda qo‘llanadi. Ginekologiya amaliyotida – qin shilliq qavatining kandidozini, mikrobli kelib chiqishga ega bo‘lgan genitaliyning yallig‘lanish kasalliklarini davolash, tug‘ruq yo‘llarini tug‘ruqdan oldingi sanatsiyasi, tug‘ruqdan keyingi endometritni davolash uchun qo‘llanadi. Bemorlarni tekshirish, tibbiy muolajalarni va kichik jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazish vaqtida tibbiyot xodimlarining qo‘llarini va rezina qo‘lqoplarni gigiyenik dezinfektsiyasida, metall, rezina, polimer materiallar va shishadan tayyorlangan tibbiy asboblar va diagnostik qurilmalarni sterilizatsiyasidan oldin dezinfektsiya qilishda ishlatiladi.

Terining yiringli va zamburug‘li shikastlanishlarida, yiringli jarohatlarda eritma yuvish uchun va primochka ko‘rinishida qo‘llanadi. Proktit va yarali kolitni davolash uchun preparatning iliq eritmasini ho‘qna ko‘rinishida 50-100 ml dan sutkada 2 marta, o‘tkir yallig‘lanish belgilari to‘liq yo‘qolgunicha yuboriladi. Surunkali paraproktitda oqmalar 3-4 sutka davomida Dekasan® bilan har kuni yuviladi. Kattalarda qovuqni yuvish uchun dekametoksin eritmasi tozalangan suv bilan oldindan 1:7 nisbatda suyultirilganidan keyin 500-600 ml dozada qo‘llanadi (davolash kursi 7-20 marta yuvishdan iborat). Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishida 25-50 ml dan applikatsiya yo‘li bilan 10-15 minut davomida, yoki chayish (100-150 ml bilan) yordamida davolanadi. Parodontozni zo‘rayishi bosqichidagi I-II darajali distrofik-yallig‘lanish shaklini patologik cho‘ntaklarni iliq eritma (50-70 ml) bilan yuvish, yoki milkdagi yallig‘lanish holatlari yo‘qolgunicha applikatsiya qilish yo‘li bilan davolanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidozli shikastlanishi, yarali-nekrotik gingiviti bo‘lgan bemorlarga sutkada 4 marta og‘izni chayish uchun (100-150 ml) 5-10 kun davomida buyuriladi. Bodomchalar kandidozini, surunkali tonzilitni davolash tanglay osti bodomchalarining lakunalarini yuvish yo‘li bilan o‘tkaziladi (yuvishga 50-75 ml ishlatiladi). Stafilokokklar, difteriya tayoqchasini tashuvchilarni sanatsiyasi tomoqni chayish, lakunalarni yuvish, burun-halqumni, bodomchalarni yuvish yo‘li orqali o‘tkaziladi. Lakunalar kunora 3-5 marta yuviladi. O‘pka abstsessida, bronxoektatik kasallikda, o‘pkaning yiring bilan asoratlangan kistoz gipoplaziyasida, zo‘rayish bosqichidagi surunkali bronxitda Dekasan® endobronxial yuboriladi: – mikrotraxeostoma orqali 25-50 ml dan kuniga 1-2 marta, transnazal kateter orqali 5-10 ml dan kuniga 1 marta; – ultratovush ingalyatsiyasi usuli orqali 5-10 ml dan kuniga 1-2 marta; – traxeobronxial daraxtni 100 ml hajmda yuvish. Davolash davomiyligi 2-4 hafta. Qin shilliq qavatining mikrobli, zamburug‘li va trixomonadali shikastlanishlarini davolash uchun Dekasan® sprintsevaniye ko‘rinishida (38°S isitilgan 50-100 ml preparat kuniga 3 marta) qo‘llanadi. Tug‘ruq yo‘llarini ham tug‘ruqdan oldin bir marta xuddi shunday sanatsiya qilinadi. Tug‘ruqdan keyingi endometritni davolash bachadon bo‘shlig‘ini iliq preparat bilan (150-200 ml) sutkada 2 marta yuvish bilan amalga oshiriladi. Qo‘llarning terisini va rezina qo‘lqoplarni zararsizlantirish dezinfektsiya qilinishi kerak bo‘lgan oldindan yuvilgan yuzaga 5-10 ml preparatni 5 minut davomida butun yuza bo‘ylab teng taqsimlab surtish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Tozalangan tibbiy asboblar, naychalar va jihozlar 30 minutga eritmaga tushirish yo‘li bilan dezinfektsiya qilinadi.

Yakka hollarda shaxsiy o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. Bunday shaxslarda preparat qo‘llanganidan keyin terida toshmalar, achishish, terini qurishi va qichishishi va boshqa allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin, endobronxial yuborilganda esa to‘sh ortida qizish hissi paydo bo‘ladi, u muolaja tugaganidan so‘ng 20-30 minut o‘tgach mustaqil o‘tib ketadi.

Preparatga shaxsiy o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Farmatsevtik: dekametoksin kationli sirt taranglik faolligiga ega moddadir, shuning uchun u sovun va boshqa anion birikmalar bilan nomutanosib. Farmakodinamik: dekametoksin antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini oshiradi.

Dekametoksin Dekasan® da qo‘llanadigan kontsentratsiyada toksik ta’sirlarga ega emas. Dekasan® preparatini uzoq muddat qo‘llanishi hech qanday toksik reaktsiyalarni chaqirmaydi. Ishlatishdan oldin preparatni 38°S gacha isitish ta’sir samarasini oshiradi. Yallig‘lanish jarayonlarida va terini ta’sirlanishida preparat 1:1 yoki 1:2 nisbatda suyultiriladi. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi yuzasidan maxsus ehtiyotkorliklar yo‘q. Bolalar. Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’siri yuzasidan maxsus ehtiyotkorliklar yo‘q. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

. So‘rilmasligi sababli dozani oshirib yuborilishi kuzatilmaydi.

Retseptsiz

200 ml, 400 ml dan shisha flakonlarda. 1000 ml dan polimer konteynerlarda. 2 ml dan bir dozali konteynerlarda; 10 konteynerdan o‘ramda.

3 yil.