Dekarisretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Bir 50 mg li Dekaris tabletkasi 50 mg levamizol (59 mg levamizol gidroxloridi ko‘rinishida) saqlaydi. 50 mg li tabletkalar uchun yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy saxarini, povidon, talk, abrikos xushbo‘yi, magniy stearati, “Solnechny zakat jelty” bo‘yovchisi (Ye 110). Bir 150 mg li Dekaris tabletkasi 150 mg levamizol (177 mg levamizol gidroxloridi ko‘rinishida) saqlaydi. 150 mg li tabletkalar uchun yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati, saxaroza, talk, povidon, magniy stearati.

Preparatning savdo nomi:

Dekaris

Farmakalogik guruhi:

Antigelmint vosita.

Antigelmint vosita.

R02SЕ01.

Levamizol 50 mg dozada ichga qabul qilinganida me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi, preparat qabul qilinganidan keyin o‘rtacha 1,5-2 soat o‘tgach aniqlanadi. Levamizol jigarda jadal metabolizmga uchraydi, uning asosiy metabolitlari – p-gidroksi-levamizol va uning glyukuronididir. Organizmdan yarimchiqarilish davri 3-6 soatni tashkil qiladi. Yuborilgan dozaning 5% dan kamrog‘i ahlat bilan, 0,2% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.

Ascaris lumbricoides, Necator Americanus va Ancylostoma duodenale gelmintlar bilan kasallanish.

50 mg li tabletkalar: 3 yoshdan 6 yoshgacha (10-20 kg) bo‘lgan bolalar – 25-50 mg (1/2-1 tabletka); 6 yoshdan 10 yoshgacha (20-30 kg) – 50-75 mg (1-1,5 tabletka); 10 yoshdan 14 yoshgacha (30-40 kg) – 75-100 mg (1,5-2 tabletka) bir marta buyuriladi. Preparatni ovqatdan keyin, oz miqdordagi suv bilan, kechqurun qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Surgi vositalarni qabul qilish yoki maxsus parhezning zarurati yo‘q. Zarurati bo‘lganida preparatni qabul qilishni 7-14 kundan keyin takrorlash mumkin. 150 mg li tabletkalar: Kattalarga 150 mg dan bir tabletka bir marta buyuriladi. Preparatni ovqatdan keyin, oz miqdordagi suv bilan, kechqurun qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Surgi vositalarni qabul qilish yoki maxsus parhezning zarurati yo‘q. Zarurati bo‘lganida preparatni qabul qilishni 7-14 kundan keyin takrorlash mumkin.

Bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, bosh aylanishi, yurak urishini his qilish, tirishishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘riqlari, diareya kabi dispepsik ko‘rinishlar. Preparat qabul qilinganidan keyin 2-5 hafta o‘tgach MNT tomonidan ko‘rinishlar (entsefalopatiyalar) rivojlanishi, shuningdek allergik reaktsiyalar (teri toshmasi), tirishishlar to‘g‘risida xabarlar bor. Ko‘pchilik patsiyentlarda bu holat qaytuvchi bo‘lgan va glyukokortikoidlar bilan davolashni erta boshlash holatni yaxshilagan. Bu simptomlarni Dekarisni qabul qilish bilan bog‘liqligi unchalik ishonarli emas. Katta dozalar qo‘llanganida yoki uzoq muddatli davolashda leykopeniya, agranulotsitoz, tremor kuzatilishi mumkin.

Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik; dori vositalari chaqirgan agranulotsitoz (anamnezdagi); 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar; laktatsiya davri. 150 mg li tabletkalarni bolalarda qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik Homilador ayollarga preparatni faqat kutilayotgan foyda, preparatni qo‘llash oqibatidagi xavfdan ustun bo‘lgandagina buyurish mumkin. Laktatsiya davri Yangi tug‘ilgan chaqaloqni himoya qilish uchun, ona uchun preparatni qabul qilish qanchalik zarurligiga qarab, emizishni to‘xtatish yoki preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerakligini hal qilish lozim. Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, suyak ko‘migida qon yaratilishi susayganida ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi.

Preparat spirtli ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilinganida disulfiramsimon holatlar kuzatiladi. Dekaris qon yaratilishiga ta’sir qiluvchi preparatlar bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlik talab qilinadi. Preparat kumarinsimon antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, protrombin vaqtini uzayishi mumkin, shuning uchun peroral antikoagulyantning dozasini to‘g‘rilash kerak. Dekaris fenitoinning qondagi darajasini oshiradi, shuning uchun ular bir vaqtda qo‘llanganida qonda fenitoinning darajasini nazorat qilish kerak. Dekarisni tetraxlormetan, tetraxloretilen, xenopodiy moyi, xloroform yoki efir kabi lipofil preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki uning zaharliligi oshishi mumkin.

Preparatni qabul qilish vaqtida va undan keyin 24 soat davomida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish mumkin emas. Antigelmint vosita sifatida qo‘llanuvchi levamizolning nerv tizimini susaytirishi isbotlanmagan.

+25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari Levamizolning katta dozalari (600 mg dan yuqori) yuborilganida zaharlanishning quyidagi belgilari ta’riflangan: ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, tirishishlar, ich ketishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va ongni chalkashishi. Davolash Doza tasodifan oshirib yuborilganida – agarda preparat qabul qilinganidan keyin ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa – me’dani yuvish mumkin. Hayotiy ko‘rsatkichlarning monitoringi va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Antixolinesteraza ta’sir belgilari bo‘lsa, atropin yuborish mumkin.

Retsept bo‘yicha

tabletkalar 50 mg va 150 mg. 2 tabletkadan PVX va alyumin folga blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. 150 mg li tabletkalar. 1 tabletkadan PVX va alyumin folga blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

5 yil