Umumiy GnRG agonistlarini qo‘llash suyaklarning mineral zichligini pasayishini chaqirishi mumkin.
Dastlabki ma’lumotlar bifosfonatlarni GnRG agonistlari bilan birga qo‘llash, erkaklarda suyaklarning mineral zichligini pasayishiga samarali qarshilik qilishga yordam beradi.
Osteoporoz paydo bo‘lishi xavfini qo‘shimcha omillari (masalan, surunkali alkogolizm, chekish; tirishishga qarshi vositalar yoki koritkosteroidlar kabi suyaklarning mineral zichligini pasaytiruvchi preparatlar bilan uzoq muddatli davolash, osteoporozga genetik moyillik, ovqatlanishini buzilishi) bo‘lgan patsiyentlar ayniqsa extiyotkor bo‘lishlari kerak.
Kam hollarda GnRG agonistlari bilan davolash ilgari aniqlanmagan gipofizning gonadotrop hujayrali adenomasi borligini aniqlashi mumkin.
Bunday bemorlarda to‘satdan bosh og‘rig‘i qusish, ko‘rishni buzilishi va oftalmoplegiya bilan xarakterlanuvchi gipofizar apopleksiya rivojlanishi mumkin.
Triptorelin kabi GnRG agonistlari bilan davolanayotgan patsiyentlarda depressiv holatlarni rivojlanishining yuqori xavfi kuzatiladi (u og‘ir bo‘lishi mumkin).
Patsiyentlarni bu xaqida xabardor qilish va simptomlar paydo bo‘lgan hollarda kerakli tarzda davolash kerak.
Erkaklar Eng avvalo triptorelin, GnRG ning boshqa agonistlari kabi, qon zardobida testosteronning darajasini oshishini chaqiradi.
Buning oqibatida davolashning birinchi xaftalarida prostata bezi rakining belgilari va simptomlarini vaqtinchalik yomonlashishining ayrim hollari yuz beradi.
Davolashning boshlang‘ich bosqichida qon zardobida testosteronning darajasini dastlabki oshishiga va klinik simptomlarning yomonlashishiga qarshilik ko‘rsatish uchun, muvofiq antiandrogenni qo‘shimcha ravishda qabul qilish tavsiya etiladi.
Patsiyentlarning ozgina foizida prostata bezi rakining belgilari va simptomlarini vaqtinchalik yomonlashishi (o‘smaning klinik ko‘rinishlarini o‘tkinchi yomonlashishi) va rak chaqirgan og‘riqni (metastatik og‘riqni) vaqtinchalik kuchayishi yuz berishi mumkin, ular simptomatik davolanadi.
GnRG ning boshqa agonistlarini qo‘llanganda bo‘lgani kabi, spinal kompressiya yoki uretrani tutilishini ayrim hollari kuzatilgan.
Spinal kompressiya yoki buyrak yetishmovchiligi rivojlanganida bu asoratlarni standart davolashni qo‘llash kerak, boshqa iloji bo‘lmagan hollarda esa, darxol orxiektomiya (jarrohlik kastratsiyasi) qilish tavsiya etiladi.
Davolashning birinchi xaftalarida, spinal kompressiyani paydo bo‘lish xavfi tufayli, va siydik chiqarish yo‘lini tutilishi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa metastatik vertebral shikastlanishlari bo‘lgan patsiyentlarda sinchkov kuzatish tavsiya etiladi.
Jarrohlik kastratsiyasidan keyin triptorelin qon zardobida testosteronning darajasini yanada pasayishini chaqirmaydi.
Ikki tomonlama orxiektomiya yoki GnRG analoglarini qo‘llash tufayli androgenlarni davomli deprivatsiyasi suyak massasini tezlashgan yo‘qotilishini chaqiradi, bu osteoporozga va suyaklarni sinish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, epidemiologik ma’lumotlarga muvofiq, antiandrogen davolash vaqtida patsiyentlarda moddalar almashinuvini o‘zgarishi (masalan, glyukozaga tolerantlikni buzilishi) yoki yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshishi kuzatilgan.
Lekin prospektiv tadqiqotlar GnRG analoglari bilan davolash va yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘limni oshishi orasidagi bog‘liqlikni tasdiqlamagan.
Moddalar almashinuvini buzilishini yoki yurak-qon tomir kasalliklarini yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlar, davolashni boshlash oldidan sinchkov tekshiruvdan o‘tishlari va antiandrogen davolash vaqtida muvofiq kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.
Triptorelinning terapevtik dozalarini qabul qilish gipofizar-gonad tizimining susayishini chaqiradi.
Normal faoliyati odatda davolash tugaganidan keyin tiklanadi.
Shunday qilib, GnRG analoglari bilan davolash vaqtida va davolash yakunlanganidan keyin gipofizar-gonad faoliyatining diagnostik testlari adashtiruvchi bo‘lishi mumkin.
Ayollar Dekapeptil Deponi faqat aniq diagnostika (masalan, laporoskopiya) qilishdan keyin buyurish mumkin.
Triptorelinni buyurishdan oldin patsiyentni homilador emasligiga ishonch hosil qilish kerak.
Dekapeptil Depo bilan davolash vaqtida hayz ko‘rishlar to‘xtaydi, shuning uchun agar muntazam hayz ko‘rishlar davom etsa, patsiyent bu xaqida o‘zining shifokoriga xabar berishi kerak.
Suyak to‘qimasining mineral zichligini yo‘qotilishi GnRG agonistlarini olti oylik davolash kursi davomida qo‘llash, suyaklarning mineral zichligini oyiga o‘rtacha 1% ga pasayishini chaqirishi mumkin.
Suyaklarning mineral zichligini xar 10% ga pasayishi sinishlar xavfini ikki yoki uch barobar oshiradi.
Shu sababga ko‘ra, davolash davomiyligi yordamchi davolashni qo‘llashsiz 6 oydan oshmasligi kerak.
Davolash to‘xtatilganidan keyin suyak massasini tiklanishi 6-9 oy davomida yuz beradi.
Bor bo‘lgan ma’lumotlar ko‘pchilik ayollarda davolash to‘xtatilganidan keyin suyak massasini tiklanishi yuz berishidan dalolat beradi.
Og‘ir osteoporozi yoki osteoporoz paydo bo‘lishini yuqori xavfi omillari (masalan, surunkali alkogolizm, chekish; suyaklarning mineral zichligini pasaytiruvchi preparatlar, masalan, tutqanoqqa qarish yoki kortikosteroidlar bilan davomli davolash; osteoporozga genetik moyillik; ovqatlanishni buzilishi, masalan, nevrologik anoreksiya) bo‘lgan patsiyentlar xaqida maxsus ma’lumotlar yo‘q.
Bunday patsiyentlar uchun suyak to‘qimasining mineral zichligini pasayishi zararliroqligi tufayli, triptorelin bilan davolash yuzasidan qaror, shaxsiy tartibda, sinchkov ekspertizadan keyin va faqat davolashning afzalligi xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina qabul qilinishi kerak.
Suyak to‘qimasining mineral zichligini yo‘qotilishiga qarshilik ko‘rsatish uchun qo‘shimcha choralarni ko‘rish tavsiya etiladi.
Bachadon miomasi va endomiyetrioz Davolash vaqtida keyingi bachadondan qon ketishi paydo bo‘lmasligi kerak (oxirgi oydan tashqari), aks xolda qon zardobida estrogenning darajasini tekshirish kerak bo‘ladi.
Agar bu daraja 50 pg/ml dan past bo‘lsa, mumkin bo‘lgan organik shikastlanishlarni izlash kerak.
Davolash to‘xtatilganidan keyin tuxumdonlarning faoliyati tiklanadi, masalan, oxirgi inyektsiyadan keyin 7-12 xafta o‘tgach, hayz ko‘rish qon ketishlari tiklanadi.
Davolashning birinchi xaftasi davomida nogormonal kontratseptivlarni ishlatish kerak, chunki gonadotropinlarning birlamchi sekretsiyasi ovulyatsiyani rag‘batlantirishi mumkin.
Shuningdek ularni oxirgi inyektsiyadan keyingi 4 -nchi xaftadan boshlab, hayz ko‘rish tiklangunicha yoki kontratseptsiyaning yangi usuli buyurilgunicha ishlatish kerak.
Bachadon miomasini davolash vaqtida bachadon va mioma o‘lchamini masalan, ultratovush zondlash yordamida muntazam aniqlash kerak.
Bachadon o‘lchamini mioma to‘qimalarini qisqarishi bilan solishtirganda noproportsional tezroq kamayishi ayrim hollarda qon ketishi va sepsisga olib kelgan.
GnRG analoglari bilan davolashdan keyin submukoz miomalari bo‘lgan patsiyentlarda qon ketishi hollari xaqida xabar berilgan.
LG darajasini muddatidan oldin oshishini oldini olish Yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llash ko‘p homilali homiladorlik, homiladorlik vaqtida xomilaning o‘limi, bachadondan tashqari homiladorlik va homilada tug‘ma nuqsonlar rivojlanishini yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Dekapeptil Depo tuxumdonlarni nazoratli giperstimulyatsiyasida yordamchi davolash vositasi sifatida qo‘llangan hollarda bu xavflar saqlanib qoladi.
Dekapeptil Deponi tuxumdonlarni nazoratli giperstimulyatsiyasida yordamchi davolash vositasi sifatida qo‘llash, tuxumdonlarning giperstimulyatsiyasi sindromi (TGS) va tuxumdonlarning kistasining rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
GnRG analoglari va gonadotropinlarni qo‘llash oqibatida chaqirilgan follikullarning stimulyatsiyasi axamiyatsiz sonli moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa tuxumdonlarning polikistoz sindromi bo‘lganida sezilarli kuchayishi mumkin.