Klinik tadqiqotlarda tez-tez kuzatilgan va preparatning dozasiga bog‘liq bo‘lgan quyidagi nojo‘ya ta’sirlari: ko‘ngil aynishi (dapoksetinning 30 mg va 60 mg dozasi qabul qilinganida muvofiq 11,0% va 22,2%), bosh aylanishi (5,8% va 10,9%), bosh og‘rig‘i (5,6% va 8,8%), diareya (3,5% va 6,9%), uyqusizlik (2,1% va 3,9%), toliqish (2,0% va 4,1%) qayd etilgan.
Preparat bilan davolashni bekor qilish talab etilgan eng ko‘p nojo‘ya ko‘rinishlar ko‘ngil aynishi (2,2% patsiyentlarda) va bosh aylanishi (1,2%) bo‘lgan.
Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000).
Ruhiy buzilishlar: tez-tez – xavotirlik, ajitatsiya, bezovtalik, odatda kuzatilmaydigan tushlar ko‘rish, libidoni pasayishi; tez-tez emas – depressiya, depressiv kayfiyat, eyforiya holati, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi, asabiylik, befarqlik, apatiya, ongni chalkashishi, dezoriyentatsiya, patologik fikrlash, somatosensor amplifikatsiya, uyquni buzilishi, boshlang‘ich uyqusizlik, oraliq uyqusizlik, tungi dahshatlar, bruksizm, libidoni yo‘qolishi, anograzmiya.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; tez-tez – uyquchanlik, diqqatni jamlashni buzilishi, tremor, paresteziya; tez-tez emas – xushdan ketish (shu jumladan vazovagal xushdan ketish), postural bosh aylanishi, akatiziya, ta’m bilishni buzilishi, haddan tashqari uyquchanlik, letargiya, sedativ holat, ongni susayishi; kam hollarda – jismoniy harakatlarda bosh aylanishi, to‘satdan uxlab qolish; Ko‘rish a’zolari tomonidan: tez-tez – ko‘rishni noaniqligi; tez-tez emas – midriaz, ko‘z sohasida og‘riq, ko‘rishni buzilishi.
Eshitish a’zolari va labirint tomonidan: tez-tez – quloqlarni shang‘illashi; tez-tez emas – vertigo.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – qizib ketish hissi; tez-tez emas – sinus tuguni faolligini to‘xtashi, sinusli bradikardiya, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, sistolik gipertenziya, qizib ketish hissi.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – burunni bitishi, esnash.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: juda tez-tez – ko‘ngil aynishi; tez-tez – diareya, qusish, qabziyat, qorin sohasida og‘riq, dispepsiya, meteorizm, me’da sohasida diskomfort hissi, qorinni dam bo‘lishi, og‘izni qurishi; tez-tez emas – qorin sohasida diskomfort, epigastriyda diskomfort.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez – gipergidroz; tez-tez emas – qichishish, sovuq ter chiqishi.
Reproduktiv tizimi tomonidan: tez-tez – erektil disfunktsiya; tez-tez emas – eyakulyatsiyani bo‘lmasligi, orgazmni izdan chiqishi, shu jumladan erkaklarda anorgazmiya, erkaklarda jinsiy a’zolarni paresteziyasi.
Umumiy o‘zgarishlar: tez-tez – holsizlik, ta’sirchanlik; tez-tez emas – asteniya, qizish hissi, havotirlik hissi, lohaslik, mast bo‘lish hissi.
Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi: tez-tez – arterial bosimni oshishi; tez-tez emas – yurak qisqarishlari sonini oshishi, diastolik arterial bosimni oshishi, ortostatik arterial bosimni oshishi.