Damfosretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: klindamitsin fosfati – 100 mg klindamitsinga ekvivalent; klotrimazol – 100 mg; yordamchi moddalar: yorqin suyuq parafin, oq rangli yumshoq parafin; jelatin massaning tarkibi: jelatin, glitserin, 70% li suyuq sorbitol (kristallanmaydigan), metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, etilvanilin, titan dioksidi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

klindamitsin fosfati, klotrimazol

Preparatning savdo nomi:

Damfos

Farmakalogik guruhi:

ginekologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat.

Dori shakli:

vaginal kapsulalar.

och-sariq rangli, tiniq bo‘lmagan, oval shaklli, tarkibida oq rangli qovushqoq massa saqlovchi yumshoq jelatin kapsulalar.

ginekologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat.

G01A

Infektsion leykoreya; aralash infektsiyalar va nospetsifik vaginit; vaginal kandidoz; bakterial vaginoz; trixomonozlarda qo‘llanadi. Preparat 12 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayollarda qo‘llanadi.

Damfos kapsulalarni qinga kiritishdan oldin va kiritgandan so‘ng qo‘llarni yaxshilab yuving. Vaginal kapsulalarni qinga imkon boricha chuqurroq kiritish kerak. Eng yaxshisi bunga chalqancha yotib erishish mumkin, bunda oyoqlarni tanaga biroz yaqinlashtirish kerak. Damfos preparatini kiritgandan so‘ng jismoniy harakatlar, shu jumladan turish, yurish, chopish va boshqalarni bajarishdan saqlanish kerak, shuning uchun kapsulalarni kechqurun yotishdan oldin kiritish kerak. Yaxshi natijaga erishish uchun 7 kun davomida uzluksiz ravishda davolanish kerak, davolanishni faqat kuchli ta’sirlanganda, mutaxassis bilan maslahatlashgandan so‘ng to‘xtatish kerak. Qinga 1 vaginal kapsulani tunga 7 kun davomida kiriting, uyqudan oldin kiritgan afzal. Davolashni shunday rejalashtirish kerakki, bunda u hayz ko‘rish tsikliga to‘g‘ri kelmasligi kerak.

Patsiyentlarda mahalliy nojo‘ya reaktsiyalar, shu jumladan ta’sirlanish va achishish rivojlanishi mumkin, allergik kontakt dermatitni rivojlanganligi yuzasidan xabar olingan.

Anamnezida klindamitsin, linkomitsin, klotrimazol yoki preparatning komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga Damfos preparatini qo‘llash mumkin emas. Shuningdek vaginal kapsulalarni kasallik tarixida regionar enterit, yarali kolit yoki antibiotiklarni qo‘llash natijasida qo‘zg‘algan kolit bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.

Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan klindamitsin qabul qilinganida, patsiyentlarda soxta membranoz kolitni rivojlanish xavfi mavjud, uning og‘irlik darajasi yengil darajadan hayot uchun havf soluvchi darajagacha bo‘lishi mumkin. Klindamitsinni peroral va parenteral qo‘llash fonida o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir darajadagi kolit rivojlanishi mumkin. Og‘ir darajadagi diareya, qonli ich ketishi va kolit (shu jumladan, soxta membranoz kolit) qayd etilgan. Shuning uchun Damfos preparati qo‘llanganidan so‘ng bemorlar diareya shikoyati bilan murojaat qilganda uning rivojlangan bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqish kerak, chunki klindamitsinning dozasini taxminan 30% qin orqali tizimli ravishda so‘riladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

7 yumshoq jelatin vaginal kapsulalar PVX va alyumin folgali blisterda, 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.