Dakarbazin medakretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda:Dakarbazin100 mg200 mg500 mg1000 mgYordamchi moddalar:  Suvsiz limon kislotasi100 mg200 mg500 mg1000 mgMannitol50 mg75 mg187,5 mg375 mg

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

dakarbazin

Preparatning savdo nomi:

Dakarbazin medak

Farmakalogik guruhi:

o‘smalarga qarshi vosita, alkillovchi birikma.

Dori shakli:

vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

oq yoki biroz sarg‘ish kukun yoki g‘ovak massa.

o‘smalarga qarshi vosita, alkillovchi birikma.

L01AX04

Vena ichiga yuborilgandan keyin dakarbazin to‘qimalarda tez taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 5% ni tashkil qiladi. Preparatning qon plazmasidagi kinetikasi ikki fazali xarakterga ega: birinchi (taqsimlanish) fazasida yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 20 minutni, yakuniy yarim chiqarilish davri – 0,5-3,5 soatni tashkil etadi. Dakarbazin jigarda tsitoxroma P450 ishtirokida metabolizmga uchrashi natijasida faol birikmalar 5-[3-(gidroksi-metill-3-metil-triazen-1-il]imidazol-5-karboksamid (GMMTIK) va keyinchalik 5-aminoimidazol-4-karboksamidga aylanuvchi 3-monometil-(triazen-1-il)imidazol-4-karboksamid (MTIK) hosil bo‘ladi. Asosan jigarda gidroksil guruhini qo‘shilishi va demetillanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi; dakarbazinning taxminan 20-50% buyrak naychalari sekretsiyasi hisobiga buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.

metastazlanuvchi xavfli melanoma; majmuaviy davolash tarkibida: tarqalgan limfogranulematoz (Xodjkin kasalligi);kattalardagi yumshoq to‘qimalarning tarqoq sarkomasi (mezoteliomadan, Kaposhi sarkomasidan tashqari). Osteogen sarkoma, bachadon sarkomasi, plevra va qorin pardaning mezoteliomasi, o‘pkalarning mayda xujayrali raki, qalpoqsimon bezining raki, kartsinoid, feoxromotsitomalar, insulinoma, neyroblastomalar va gliomalarni davolashda dakarbazinni boshqa tsitostatiklar bilan birga qo‘llashning samaradorligi haqida xabarlar bor.

Preparat vena ichiga yuboriladi. Mahalliy xarakterga ega og‘riq va yumshoq to‘qimalarni shikastlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatning ekstravazatsiyasini (qon tomiridan tashqariga tushishini) oldini olish uchun uni ehtiyotkorlik bilan yuborish lozim. Ekstravazatsiya belgilari paydo bo‘lgan hollarda yuborishni darhol to‘xtatish, preparatning qolgan dozasini esa, boshqa venaga yuborish lozim. Quyida odatda qo‘llaniladigan davolash tartiblari keltiriladi. Individual davolash tartibini tanlashda maxsus tibbiy adabiyot ma’lumotlaridan foydalanish kerak. Xavfli melanoma Dakarbazin monoterapiya ko‘rinishida har 3 haftada 5 kun davomida tana yuzasiga 200- 250 mg/m2 dozada vena ichiga qo‘llanishi mumkin. Preparat bolyus ravishda yoki uzoq davom etmaydigan (15–30 minutli) infuziya ko‘rinishida yuboriladi. Shuningdek preparatni davolashning birinchi kuni va keyinchalik har 3 haftada bir marta tana yuzasiga 850 mg/m2 dozada infuzion ravishda vena ichiga yuborish mumkin. Xodjkin kasalligi Dakarbazin har 15 kunda tana yuzasiga 375 mg/m2 sutkalik dozada vena ichiga doksorubitsin, bleomitsin va vinblastin bilan majmuada (ABVD sxemasi) qo‘llanadi. Yumshoq to‘qimalar sarkomasi Yumshoq to‘qimalar sarkomasida preparat kattalarda har 3 haftada 1-5 kunlari tana yuzasiga 250 mg/m2 sutkalik dozada vena ichiga doksorubitsin bilan majmuada (ADIC sxemasi) qo‘llanadi. Dakarbazin bilan davolash jarayonida qonning shaklli elementlari va jigar va buyrak faoliyati ko‘rsatkichlari nazoratini muntazam o‘tkazib turish lozim. Dakarbazin bilan davolash jarayonida ko‘pincha me’da-ichak yo‘llari tomonidan og‘ir nojo‘ya reaktsiyalar ro‘y berishi tufayli, qusishga qarshi vositalar bilan davolashni buyurish va erishilgan samarani tutib turuvchi choralarni o‘tkazish lozim. Me’da-ichak yo‘llari faoliyatini va qon yaratish tizimini yuz berishi mumkin bo‘lgan og‘ir buzilishlarini nazarda tutib, dakarbazin bilan har bir davolash tsiklini boshlashdan oldin patsiyent uchun foyda/xavf nisbatini baholab ko‘rish lozim. Davolash davomiyligi har bir holatda kasallik, kasallik bosqichlari, o‘tkazilayotgan davolash usuli, davolashga bo‘lgan javob, nojo‘ya samaralarni hisobga olgan holda davolovchi shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi. Tarqoq limfogranulematozda odatda ABVD sxemasi bo‘yicha 6 davolash tsiklini buyurish tavsiya qilinadi. Metastazlanuvchi xavfli melanomada va yumshoq to‘qimalarning tarqoq sarkomasida davolash davomiyligi har bir konkret holatda preparatning samardorligi va o‘zlashtiraolinishi bilan belgilanadi.

Dakarbazinni qo‘llaganda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samaralari me’da-ichak yo‘llari tomonidan (anoreksiya, ko‘ngil aynishi), shuningdek qon yaratish tizimi tomonidan (anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya) kuzatilgan bo‘lib, bunda oxirgi nojo‘ya samaralar dozaga bog‘liq va kechikkan xarakterga ega bo‘lgan, ko‘pincha o‘tkazilgan kimyoterapiyadan so‘ng faqat 3-4 haftadan keyingina minimal ko‘rsatkichlarga yetgan. Quyida keltirilgan nojo‘ya samaralarning tez-tezligi quyidagi gradatsiyaga muvofiq bayon qilingan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100, ≤1/10); tez-tez emas (>1/1000, ≤1/100); kam hollarda (>1/10000, ≤1/1000); juda kam hollarda (≤1/10000, shu jumladan alohida xabarlar).

dakarbazinga yoki preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;homiladorlik va emizish davri;og‘ir leykopeniya va/yoki trombotsitopeniya,og‘ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi; Ehtiyotkorlik bilan: o‘tkir virusli (shu jumladan suvchechak, o‘rab oluvchi temiratki), zamburug‘li yoki bakterial tabiatiga ega infektsion kasalliklar (og‘ir asoratlarning rivojlanishi va jarayonning tarqalishini xavfi), nur bilan yondosh davolashda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dakarbazin kimyoviy jihatdan geparin, gidrokortizon, L-tsistein va natriy gidrokarbonati bilan nomutanosibdir. Dakarbazinni gemopoezga ta’sir ko‘rsatuvchi davolash (shu jumladan boshqa tsitostatik preparatlar bilan davolash, nur bilan davolash) bilan bir vaqtda yoki davolash tugaganidan keyin qo‘llanganda, miyelotoksik ta’sir kuchayishi mumkin. Dakarbazin tsitoxrom P450 (CYP1A1, CYP1A2 va CYP2E1) izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydi, buni, metabolizmi jigarning aynan shu fermentlari ishtirokida amalga oshiriladigan boshqa preparatlarni birga buyurilganda hisobga olish lozim. Dakarbazin fotosensibilizatsiya oqibatida metoksipsoralenning ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Dakarbazin bilan davolashni klinik, biokimyoviy va gematologik ko‘rsatkichlarni ham davolash kursi vaqtida, ham u tugaganidan so‘ng muntazam nazoratini ta’minlash imkonini beruvchi sharoitlarda, o‘smalarga qarshi kimyoterapiyani o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan shifokor amalga oshirishi lozim. Dakarbazinni qo‘llaganda, tsitostatiklarning mutagen, kantserogen va teratogen xususiyatlarini nazarda tutib, boshqa tsitostatiklarni qo‘llanilishidagi qoidalarga amal qilish lozim. Jigar yoki buyrakni funktsional buzilish belgilari yoki o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini rivojlanish simptomlari aniqlangan hollarda, preparatni yuborilishi darhol to‘xtatilishi lozim. Jigar ichidagi venalar okklyuziyasi yuz berganida dakarbazinni keyinchalik yuborish mumkin emas. Davolovchi shifokor davolash vaqtida jigar ichidagi venalar okklyuziyasi oqibatida jigar to‘qimasi nekrozini rivojlanishi bilan bog‘liq kam uchraydigan og‘ir asoratlarni namoyon bo‘lishi mumkinligini unutmasligi lozim. Bunday xavfni mavjudligini e’tiborga olib, jigar faoliyati va o‘lchamlari monitoringini, shuningdek qon formulasi (ayniqsa eozinofillar sonini) tahlilini tez-tez o‘tkazib turish lozim. Bir-bir hollarda jigar ichidagi venalar okklyuziyasi shakllanganiga shubha tug‘ilganida glyukokortikosteroidlarning yuqori dozalari bilan (masalan, kuniga 300 mg gidrokortizon bilan) fibrinolitiklar (xususan, geparin yoki plazminogenning to‘qima aktivatori bilan) bilan birga yoki ularsiz erta davolash o‘tkazish samarali bo‘lgan. Uzoq muddatli davolash suyak ko‘migi faoliyatiga bo‘lgan toksik ta’sirining kumulyativ samarasiga olib kelishi mumkin. Suyak ko‘migi faoliyatini susayish ehtimoli leykotsitlar, eritrotsitlar va trombotsitlar darajasini sinchkov monitoringini talab etadi. Gematotoksiklik oqibatidagi gemopoez buzilishlari davolashni vaqtinchalik to‘xtatishni yoki bekor qilishni talab etishi mumkin. Preparatni vena ichiga yuborish vaqtidagi ekstravazatsiya o‘rab turgan to‘qimalarni shikastlanishiga va kuchli og‘riqqa olib kelishi mumkin. Ekstravazatsiyaning birinchi belgilari (inyektsiya joyida achishish yoki og‘riqlik) paydo bo‘lganida preparatni yuborishni darhol to‘xtatish lozim. Preparatning qolgan dozasini boshqa venasiga yuborish kerak. Dakarbazin o‘rtacha darajadagi immunnosupressiv ta’sirga ega. Kimyoterapiyani o‘tkazish vaqtida gepatotoksik preparatlar va alkogolni qabul qilishdan saqlanish kerak.

Klinikaoldi tadqiqotlarida dakarbazin mutagen, teratogen va kantserogen ta’sirga ega ekanligi, homilaga preparatning teratogen ta’sir xavfi borligi ko‘rsatilgan. Preparat homiladorlik va emizish davrida buyurilmasligi kerak. Tug‘ruq yoshidagi ayollar preparat bilan davolanish vaqtida ishonchli kontratseptsiya vositalarini ishlatishlari kerak. Homiladorlik yuz bergan hollarda ayollar bu haqida o‘z davolovchi shifokoringizga darhol xabar berishlari lozim. Emizikli bolalarning sog‘lig‘iga salbiy ta’siri bo‘lishi mumkinligini nazarda tutib, dakarbazin bilan davolanish vaqtida emizish to‘xtatilishi lozim.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida asosiy kutiladigan asorat, kechroq preparat qo‘llanganidan keyin 2 hafta davomida namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan suyak ko‘migi faoliyatini aplaziyaga qadar og‘ir susayishi hisoblanadi. Leykopeniya va trombotsitopeniya 4 haftadan keyin rivojlanishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishiga shubha tug‘ilganida gematologik ko‘rsatkichlarni uzoq muddat davomida sinchkov kuzatish lozim. Spetsifik antidot ma’lum emas. Davolash simptomatik.

Retsept bo‘yicha

Vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat. 100 mg, yoki 200 mg, yoki     500 mg, yoki 1000 mg dan butil rezina tiqin bilan berkitilgan va qopqoqli alyumin qalpoqcha bilan siqilgan, to‘q-sariq rangli I tur gidrolitik shisha flakonda. 1 flakondan (500 mg yoki 1000 mg flakonlar) yoki 10 flakondan (100 mg yoki 200 mg flakonlar) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.