Corbilaktretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 200 mg sorbitol, 19 mg natriy laktati (100% moddaga qayta hisoblaganda), 6 mg natriy xloridi, 0,1 mg kaltsiy xloridi digidrati (kaltsiy xloridiga qayta hisoblaganda), 0,3 mg kaliy xloridi, 0,2 mg magniy xloridi geksagidrati (magniy xloridga qayta hisoblaganda); yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv. nazariy osmolyarligi – 1658 mOsm/l; rN 6,0-7,6; ion tarkibi: 1 ml preparat Na+-272,20 mmol, K+ – 4,02 mmol, Ca++ – 0,90 mmol, Mg++ – 2,10 mmol, Cl– – 112,69 mmol, Lac– – 169,55 mmol.

Preparatning savdo nomi:

Corbilakt

Farmakalogik guruhi:

Vena ichiga yuborish uchun eritma. Elektrolitlar boshqa preparatlar bilan majmuada.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

tiniq, rangsiz suyuqlik.

Vena ichiga yuborish uchun eritma. Elektrolitlar boshqa preparatlar bilan majmuada.

V05VV04.

Eritmaning giperosmolyarligi hisobiga intoksikatsiyani kamaytirish, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash, kislota-ishqor holatini to‘g‘rilash, travmatik, operatsion, gemolitik va kuyishdan keyingi shokda gemodinamikani yaxshilash uchun; peritonit va ichak o‘tkazmasligida (operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davrda); turli etiologiyali o‘tkir buyrak yetishmovchiligida; sepsisda; jigarning turli kasalliklarida (gepatitda, jigar distrofiyasida, jigar komasida); bosh miya shishi oqibatidagi bosh suyagi ichki bosimi oshganida qo‘llanadi.

Corbilakt® kattalarga vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab, minutiga 40-60 tomchi tezligida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin preparatni oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to‘xtatiladi, 3 minut o‘tgach esa, reaktsiya bo‘lmaganida, Sorbilakt® oqim bilan yuboriladi. Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 200-600 ml dan (3-10 ml/kg bemorning tana vazniga) bir marta va 200-400 ml dan takroran, avval oqim bilan, so‘ngra esa tomchilab yuboriladi. Jigar kasalliklarida kattalarga 200 ml dozada (3,5 ml/kg bemorning tana vazniga) tomchilab har kuni yoki kunora yuboriladi; O‘tkir buyrak yetishmovchiligida kattalarga 200-400 ml bir martalik dozada (tana vazniga 2,5 dan 6,5 ml/kg gacha) tomchilab yoki oqim bilan (takroran 8-12 soatdan keyin 200 ml dozada) yuboriladi. Operatsiyadan keyingi ichak parezini oldini olish uchun kattalarga 150-300 ml bir martalik dozada (tana vazniga 2,5-5,0 ml/kg) tomchilab yuboriladi, operativ aralashuvdan keyin birinchi 2-3 sutka davomida xar 12 soatda preparatni 200 ml dan takroriy infuziyalarini qilish mumkin. Operatsiyadan keyingi ichak parezlarini davolash uchun 200-400 ml dozada (tana vazniga 3,5-6,5 ml/kg) tomchilab, har 8 soatda ichak motorikasi me’yorlashguncha yuboriladi. Miya shishida kattalarga tana vazniga 5-10 mg/kg dozada, avval oqim bilan, keyin esa tomchilab (minutiga 60-80 tomchi) yuboriladi. Ahamiyatli degidratatsiyada Sorbilaktning vena ichiga infuziyalarini faqat tomchilab yuborish kerak (sutkada 200 ml dan oshiq bo‘lmagan eritma).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish, gipertermiya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, hansirash, akrotsianoz. Nevrologik buzilishlar: tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan o‘zgarishlar: teri toshmalari, eshakemi, qichishishni his qilish. Me’da-ichak buzilishlari: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi. Umumiy buzilishlar: yuborish joyida o‘zgarishlar, shu jumladan og‘riq va achishish. Alkaloz yoki degidratatsiya ko‘rinishlari (eritmaning giperosmolyarligi tufayli) kollaps, suvsizlanish (diurezni kuchayishi) paydo bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga shaxsiy sezuvchanlik. Corbilakt® alkalozda, suvsizlanishda, shuningdek katta hajmda suyuqliklarni quyish mumkin bo‘lmagan xollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-tomir dekompensatsiyasi, III darajali arterial gipertenziya, terminal buyrak yetishmovchiligi) da qo‘llanmaydi.

Boshqa dori vositalarini tashuvchi-erituvchi sifatida qo‘llash mumkin emas.

Preparat kislota-ishqor holatining va qondagi elektrolitlarning ko‘rsatkichlari, jigarning funktsional holati va arterial bosimning nazorati ostida qo‘llanadi. Kalkulyoz xoletsistiti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparat qon va siydikning osmolyarligini, shuningdek kislota – ishqor holatini hisobga olgan holda qo‘llanadi. Sorbilaktni qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga yuborishni qondagi qand miqdorini nazorati ostida amalga oshirish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishiga qarshi ko‘rsatmalar  to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Alkaloz, suvsizlanish ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, ular preparatni yuborilishi darhol to‘xtatilishi sharoitida mustaqil tez o‘tib ketadi. Yuborish tezligi oshrilganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi, hansirash, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq rivojlanishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki to‘xtatilganidan keyin mustaqil tez yo‘qoladi. Degidratatsiya paydo bo‘lganida simptomatik davolash qo‘llanadi.

Retsept bo‘yicha

200 ml yoki 400 ml dan butilkada, 1 butilkadan qutida; 200 ml yoki 400 ml dan butilkalarda; 250 ml yoki 500 ml dan konteynerlarda.

2 yil.