Chernika lyutein bilan LIK rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Majmuaviy preparat.

Preparatning savdo nomi:

Chernika lyutein bilan-LIK

Farmakalogik guruhi:

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita

Dori shakli:

Kapsulalar.

Oval yoki dumaloq shaklli, chokli, egiluvchan, to‘q-binafsha rangli, yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – to‘q binafsha rangli, moyli suspenziya.

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita

Antotsianidinlarning farmakokinetik tadqiqotlari ushbu moddalar me’dada tez va samarali so‘rilishini, intakt va metabolizmga uchragan shakllarda jigarga tushishini, turli to‘qimalarga taqsimlanishini ko‘rsatdi. Siydik va safro bilan chiqariladi. Lyuteinning biokiraolishligi taxminan 5% ni tashkil etadi. Lyutein va zeaksantin kontsentratsiyasining maksimal darajasiga 2 soatdan keyin erishiladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 2-3 soatni tashkil etadi.

Quyidagilarni oldini olish va majmuaviy davolash: diabetik va gipertonik retinopatiya;ko‘z to‘r pardasining distrofik kasalliklari;ko‘z to‘r pardasini yoshga oid makulyar degeneratsiyasi;ham tungi, ham g‘ira-shira qorong‘ida ko‘rishni qorong‘ilikka adaptatsiya mexanizmlarini buzilishi;ko‘zga yuqori yuklamada (kompyuterda ishlash, televizor ko‘rish, haddan tashqari yorug‘likda (payvandlash uskunalari, sofitlar) bilan ishlar, vindserfing, tog‘ chang‘isi, alpinizm (katta suv va qorli yuzalarning yuqori qaytaruvchanlik qobiliyati sababli) bilan shug‘ullanish davri ko‘rishni yomonlashishi;ko‘rishni toliqishi;50 yoshdan oshgan shaxslarda ko‘rishni yoshga oid o‘zgarishlari;jarroxlik aralashuvlaridan (fotorefraktsion keratektomiya, ko‘zning to‘r pardasini ko‘chishi va boshqalar) keyingi xolatda qo‘llanadi.

Ichga qabul qilinadi. Kattalarga 1 kapsuladan sutkada 2-3 marta ovqatdan keyin bir oy davomida, so‘ngra 1 kapsuladan sutkada 1 marta keyingi ikki oy davomida buyuriladi. Tavsiya etilgan qabul qilish kursi yiliga 2-3 martani tashkil etadi.

eshakemi va teri qichishishi ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Ta’riflanmagan.

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha adekvat va yaxshi nazoratlangan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: dori vositasining dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan. Davolash: dozani behosdan oshirib yuborilganida faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, me’dani yuvish ko‘rsatilgan; zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

10 kapsuladan PVX li kontur uyali o‘ramlarda.

2 yil.