BЕRODUALretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml ingalyatsiya uchun eritma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 500 mkg (0,5 mg) fenoterol gidrobromidi va 261 mkg (0,261 mg) ipratropiy gidrobromidi, bu 250 mkg (0,25 mg) suvsiz ipratropiy gidrobromidiga to‘g‘ri keladi; yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati, natriy xloridi, xlorid kislotasi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

fenoterol +ipratropiy bromidi

Preparatning savdo nomi:

BЕRODUAL

Farmakalogik guruhi:

Nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarini davolash uchun vositalar. Ingalyatsion qo‘llash uchun adrenergik va boshqa vositalar.

Dori shakli:

ingalyatsiya uchun eritma.

suspenziyalangan zarrachalarni saqlamaydigan, tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz suyuqlik. Hidi deyarli sezilmaydi.

Nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarini davolash uchun vositalar. Ingalyatsion qo‘llash uchun adrenergik va boshqa vositalar.

R03AL01.

Ipratropiy bromidi va fenoterol gidrobromidi majmuasining terapevtik ta’siri nafas yo‘llariga mahalliy ta’siri bilan yuzaga keladi. Shuning uchun bronxodilatatsiyaning farmakodinamikasi ta’sir etuvchi moddalarning farmakokinetikasi bilan bog‘liq emas. Ingalyatsiyadan keyin dori shakli, ingalyatsiya usuli va ingalyatsiya uchun ishlatilayotgan moslamaga qarab dozaning 10-39% o‘pkalarga cho‘kadi. Dozaning qolgan qismi mundshtukda, og‘iz bo‘shlig‘ida va yuqori nafas yo‘llarida (og‘iz-xalqumda) qoladi. Dozalangan aerozol ingalyatsiyasidan keyin ham dozaning shuncha miqdori nafas yo‘llariga cho‘kadi. Suvli eritma Respimat ingalyatori orqali ingalyatsiya qilinganidan keyin o‘pkalarga kirgan miqdori, dozalangan aerozol ingalyatsiyasi bilan solishtirganda 2 marta yuqori bo‘lgan, bunda Respimat ingalyatori orqali ingalyatsiyada og‘iz-xalqumda ta’sir etuvchi moddaning ancha kam miqdori cho‘kadi. Dozaning o‘pkalarga yetib borgan qismi tez (bir minut davomida) qon aylanish tizimiga tushadi. Og‘iz-xalqumda qolgan ta’sir etuvchi modda, asta-sekin yutiladi va MIY orqali o‘tadi. Shuning uchun tizimli ta’siri o‘pkalar va MIY dan biokiraolishligining natijasi hisoblanadi. Ikkala ingrediyentlarning majmuadagi farmakokinetikasini, alohida ta’sir etuvchi moddalarning farmakokinetikasidan farq qilishiga guvohlik beruvchi ma’lumotlar yo‘q. Fenoterol gidrobromidi Yutilayotgan ulushi asosan, murakkab sulfat birikmalariga metabolizmga uchraydi. Peroral yuborilganida preparatning mutlaq biokiraolishi past (taxminan 1,5%). Fenoterol vena ichiga yuborilganidan keyin siydikda 24 soat davomida erkin va kon’yugatsiyalangan holatda yuborilgan dozadan muvofiq taxminan 15% va 27% aniqlanadi. Dozalovchi ingalyator yordamida BЕRODUAL ingalyatsiyasidan keyin dozaning taxminan 1% siydik bilan erkin fenoterol ko‘rinishida 24 soat davomida chiqariladi. Shu ma’lumotga asoslanib, ingalyatsion yuborilganidan keyin fenoterol gidrobromidining tizimli biokiraolishligi taxminan 7% ni tashkil qiladi. Vena ichiga yuborilganidan keyin fenoterolni qon plazmasida taqsimlanishi uch fazali farmakodinamik modelga muvofiq yuz beradi, yarim chiqarilishning yakuniy bosqichi taxminan 3 soatni tashkil qiladi. Ushbu uch fazali farmakokinetik modelda muvozanat holatida taxmin qilingan taqsimlanish hajmi (Vdss) taxminan 189 l (≈2,7 l/kg) ni tashkil qiladi. Moddaning taxminan 40% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Fenoterol va uning metabolitlari gematoentsefalik to‘siqdan o‘tmaydi. Fenoterolning umumiy klirensi minutiga 1,8 l, buyrak klirensi minutiga 0,27 l ni tashkil qiladi. Ipratropiy bromidi Ipratropiyning (dastlabki birikma) to‘planuvchi buyrak ekskretsiyasi (0-24 soat) vena ichiga yuborilgan dozaning 46% ga yaqinlashadi, peroral dozaning 1% dan kamini va dozalovchi ingalyator yordamida yuborilgan BЕRODUAL dozasining taxminan 3-13% ni tashkil qiladi. Bu ma’lumotlar asosida peroral va ingalyatsion qo‘llashda ipratropiy bromidinning umumiy tizimli biokiraolishligi muvofiq 2% va 7 dan 28% gachani tashkil qiladi. Ipratropiy bromidi dozasining yutilgan qismi ahamiyatli tizimli ta’sir ko‘rsatmaydi. Ipratropiyning taqsimlanishini xarakterlovchi kinetik ko‘rsatkichlar vena ichiga yuborilganidan keyin preparatning plazmadagi kontsentratsiyalaridan kelib chiqib hisoblangan. Muvozanat holatida taxmin qilingan taqsimlanish hajmi (Vdss) taxminan 176 l (≈2,4 l/kg) ni tashkil qiladi. Preparat minimal (20% dan kam) qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Sichqonlar va itlarda o‘tkazilgan klinika oldi tadqiqotlar, ipratropiy to‘rtlamchi amin bo‘lib, gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tmasligini ko‘rsatgan. Chiqarilishining oxirgi fazasida yarim chiqarilish davri taxminan 1,6 soatni tashkil qiladi. Ipratropiyning umumiy klirensi minutiga 2,3 l, buyrak klirensi esa minutiga 0,9 l ni tashkil qiladi. Vena ichiga yuborilganidan keyin dozaning taxminan 60% jigarda oksidlanib metabolizmga uchraydi.

Nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv buzilishlaridagi hansirashni oldini olish va davolash: allergik va allergik bo‘lmagan (endogen) bronxial astma, jismoniy zo‘riqish bronxial astmasi, emfizema bilan asoratlangan yoki asoratlanmagan surunkali obstruktiv bronxitda qo‘llanadi. Davomli davolash muvofiq yallig‘lanishga qarshi davolash bilan birga kechishi kerak.

Davolash tibbiy kuzatuv ostida (masalan, statsionar sharoitlarida) o‘tkazilishi kerak. Uy sharoitida davolash faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin, past dozada tez ta’sir etuvchi beta-agonist yetarlicha samarali bo‘lmagan hollarda mumkin. Shuningdek ingalyatsiyalar uchun eritma patsiyentlarga, ingalyatsiya uchun aerozolni ishlatish mumkin bo‘lmagan yoki yuqoriroq dozalarni qo‘llashning zarurati bo‘lgan hollarda tavsiya etilishi mumkin. Xurujning o‘tkirligiga qarab doza shaxsiy ravishda tanlanishi kerak. Davolash odatda eng kam tavsiya etilgan dozadan boshlanishi va simptomlarning yetarlicha kamayishiga erishilgandan keyin to‘xtatilishi kerak (1 ml 250 mkg ipratropiy bromidi + 500 mkg fenoterol gidrobromidi saqlaydi) (20 tomchi = 1 ml).

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta’sirlaridan ko‘pchiligini BЕRODUALning antixolinergik va beta-adrenergik xususiyatlariga kiritish mumkin. Ingalyatsion qo‘llanadigan boshqa dori vositalari kabi, BЕRODUAL mahalliy qo‘zg‘alish simptomlarini chaqirishi mumkin. Eng ko‘p xabar berilgan nojo‘ya ta’sirlariga quyidagilar kiradi: yo‘tal, og‘izni qurishi, bosh og‘rig‘i, tremor, faringit, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, disfoniya, taxikardiya, yurak urishini xis qilish, qusish, sistolik arterial bosimni oshishi va asabiylik. Nojo‘ya ta’sirlarning paydo bo‘lish tez-tezligi quyida ko‘rsatilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000). Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – anafilaktik reaktsiyalar, o‘ta yuqori sezuvchanlik. Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda- gipokaliyemiya; juda kam hollarda- qonda glyukoza darajasini oshishi. Ruhiyatni buzilishi: tez-tez emas – asabiylik; kam hollarda – xavotirli  qo‘zg‘alish, ruhiy buzilishlar. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, tremor, bosh aylanishi; noma’lum – giperreaktivlik. Ko‘rish a’zosi tomonidan: kam hollarda – glaukoma, ko‘z ichki bosimini oshishi, akkomodatsiyani buzilishi, midriaz, ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda og‘riq, shox pardani shishi, kon’yunktival giperemiya, ko‘ruv oreollari. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – taxikardiya yurak urishini his qilish; kam hollarda-  aritmiya, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, supraventrikulyar taxikardiya, miokard ishemiyasi. Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – yo‘tal; tez-tez emas – faringit, disfoniya; kam hollarda – bronxospazm, tomoqni ta’sirlanishi, xalqumni shishi, laringospazm, parodoksal  bronxospazm, tomoqni quruqligi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez emas – qusish, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi; kam hollarda- stomatit, glossit, me’da-ichak yo‘llari motorikasini buzilishi, diareya, qabziyat, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shishi, jig‘ildon qaynashi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kam hollarda – eshakemi, toshma, qichishish, angionevrotik shishi, petexiya, gipergidroz. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: kam hollarda – mushak kuchsizligi, mushak spazmlari, mialgiya. Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: kam hollarda – siyishni tutilishi. Laboratoriya va instrumental ma’lumotlar tomonidan: tez-tez emas – sistolik arterial bosimini oshishi; kam hollarda – diastolik arterial bosimni pasayishi.

BЕRODUALni boshqa antixolinergik preparatlar bilan davomli birga yuborish o‘rganilmagan va shuning uchun tavsiya etilmaydi. Quyidagi dori vositalari/dori vositalar sinfini bir vaqtda qo‘llash BЕRODUALning samarasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ta’sirini kuchaytiradi va/yoki nojo‘ya reaktsiyalar xavfini oshiradi:boshqa beta-adrenomimetik preparatlar (har qanday qo‘llash usuli);boshqa antixolinergik preparatlar (har qanday qo‘llash usuli);ksantin hosilalari (masalan, teofillin);yallig‘lanishga qarshi vositalar (kortikosteroidlar);monoaminooksidaza ingibitorlari;tritsiklik antidepressantlar;galogenlangan uglevodorodli anestetiklar (masalan, galotan, trixloretilen yoki enfluran), chunki ular yurak-qon tomir tizimiga ta’sirini kuchaytirishi mumkin.BЕRODUALning samaradorligini pasaytiradi:beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo‘llash.Boshqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan reaktsiyalar: Beta2-agonistni qo‘llash chaqirgan gipokaliyemiya, ksantin xosilalari, glyukokortikoidlar va diuretiklarni bir vaqtda qabul qilinganda kuchayishi mumkin.  Buni ayniqsa nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarini og‘ir shakllari bo‘lgan patsiyentlarni davolaganda hisobga olish kerak. Digoksin qabul qilayotgan patsiyentlarda gipokaliyemiya, aritmiyalar paydo bo‘lishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, gipokaliyemiyani yurak ritmiga salbiy ta’siri gipoksiyani kuchaytirishi mumkin. Bunday hollarda qon zardobida kaliyning darajasini monitoring qilish tavsiya etiladi. Agar purkalayotgan ipratropiy bromidi alohida yoki beta2-agonisti bilan birga ko‘zga tushsa, glaukomaning o‘tkir xuruji rivojlanishini xavfi oshadi.

Hansirash (nafasni qiyinlashishi) kutilmaganda tez yomonlashgan holda, kechiktirmasdan shifokorga murojaat qilish kerak. BЕRODUAL boshqa ingalyatsion preparatlar kabi, paradoksal bronxospazm chaqirishi, u hayotga xavf tug‘dirishi mumkin. Parodoksal bronxospazm rivojlangan holda BЕRODUAL qo‘llashni darhol to‘xtatish va muqobil davolashga o‘tish kerak. BЕRODUAL faqat xavf/foyda nisbati sinchiklab baholanganidan keyin, ayniqsa tavsiya etilgandan yuqori dozalarda ishlatilganida, quyidagi kasalliklarda qo‘llanishi kerak: noadekvat gipoglikemik nazoratli qandli diabet, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti, miokardit, yurak yoki qon tomirlarning og‘ir kechuvchi organik kasalliklari (xususan, taxikardiya bo‘lganida), gipertireoz, feoxromatsitoma. Simpatomimetik vositalarni, shu jumladan BЕRODUAL ni ham qo‘llaganda, yurak-qon tomir tizimi tomonidan samaralar paydo bo‘lishi mumkin. Postmarketing tadqiqotlarda va chop etilgan adabiyotlarda beta-agonistlarni qabul qilishda miokard ishemiyasi rivojlanishini kam xollari aniqlangan. BЕRODUAL qabul qilayotgan yurakning yondosh jiddiy kasalliklari (masalan, yurak ishemik kasalligi, aritmiyalari yoki yaqqol yurak yetishmovchiligi) bo‘lgan patsiyentlar, ko‘krak qafasida og‘riq sindromi yoki yurak kasalligining yomonlashishiga ishora qiluvchi boshqa simptomlari paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qilishlari kerakligi xaqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Xansirash va ko‘krak qafasida og‘riq kabi simptomlarga alohida e’tibor berish kerak, chunki ular o‘pka tomonidan ham, yurak tomonidan ham bo‘lishlari mumkin. BЕRODUAL boshqa antixolinergik preparatlar kabi, yopiq burchakli glaukomaga moyilli, siydik chiqarish yo‘llarining obstruktsiyasi (masalan, prostata bezining giperplaziyasi yoki qovuq bo‘yning obstruktsiyasi), buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Ingalyatsion ipratropiy bromidi yoki ipratropiy bromidi beta2-adrenoretseptorlar agonistlari bilan birga ko‘zlarga tushganida rivojlangan ko‘rish a’zosi tomonidan asoratlar (masalan, midriaz, ko‘z ichki bosimini oshishi va qo‘zlarda og‘riq) haqida alohida xabarlar berilgan.

Homiladorlik Klinika oldi tadqiqotlarning ma’lumotlari, preparatni odamda qo‘llashning bor bo‘lgan tajribasi bilan birga, fenoterol yoki ipratropiyni homiladorlik vaqtida biron-bir nojo‘ya samaralari aniqlanmagan. Shunga qaramasdan, homiladorlik vaqtida preparatlarni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan odatdagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak. Fenoterolni bachadonning qisqaruvchanlik qobiliyatiga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatish xususiyatini e’tiborga olish kerak. Beta2-adrenomimetiklarni homiladorlikning oxirida yoki yuqori dozalarda ishlatish, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin (tremor, taxikardiya, qonda glyukoza darajasini o‘zgarishi, gipokaliyemiya). Emizish davri Klinika oldi tadqiqotda fenoterolni ko‘krak suti bilan chiqishini ko‘rsatadi. Ipratropiy bromidini ko‘krak suti bilan chiqishini tasdiqlovchi ma’lumotlar olinmagan. Ingalyatsion yuborilganidan keyin ko‘krak sutida ipratropiyni chaqaloqqa ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan kontsentratsiyalarda paydo bo‘lishini ehtimoli kam. BЕRODUAL ayollarda emizish davrida qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Fertillik Ipratropiy bromidi va fenoterol gidrobromidi majmuasini fertillikka ta’siri bo‘yicha klinik ma’lumotlar yo‘q. Alohida ipratropiy bromidi va fenoterol gidrobromidi bilan o‘tkazilgan klinika oldi tadqiqotlar, fertillikka salbiy ta’sirini namoyish qilmagan.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, muzlatilmasin.

Simptomlari Dozani oshirib yuborilishining darajasiga qarab, beta2-adrenomimetiklar uchun tipik bo‘lgan quyidagi nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin: yuzga qonni oqib kelishi hissi, alahsirash, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, yurak urishini hissi, aritmiya, xatto shokkacha bo‘lgan arterial gipotenziya, arterial bosimni oshishi, bezovtalik, ko‘krak qafasida og‘riq, qo‘zg‘alish, ekstrasistolalar va yaqqol tremor paydo bo‘lishi mumkin, ayniqsa barmoqlarda, lekin butun tanada ham bo‘lishi mumkin. Giperglikemiya rivojlanishi mumkin. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan mumkin bo‘lgan ko‘rinishlar ko‘ngil aynishi va qusishni o‘z ichiga oladi, ayniqsa peroral doza oshirib yuborilganida. BЕRODUAL uchun ko‘rsatmalar bo‘yicha tasdiqlangan, tavsiya etiladigandan yuqori dozalarda fenoterol qo‘llanganida metabolik atsidoz, shuningdek gipokaliyemiya rivojlanish hollari qayd etilgan. Ipratropiy bromidi dozasini oshirib yuborilishining simptomlari (og‘izni qurishi, akkomodatsiyani buzilishi kabi) odatda ingalyatsion ipratropiyning past tizimli biokiraolishligi tufayli kuchsiz ifodalangan. Davolash BЕRODUAL bilan davolash to‘xtatilishi kerak. Qondagi kislota-asos muvozanati va elektrolitlar ko‘rsatgichlarini nazorat qilish kerak. Sedativ, trankvilizatorlarni yuborish ko‘rsatilgan; og‘ir hollarda gospitalizatsiyani o‘z ichiga oluvchi jadal tutib turuvchi davolash talab qilinishi mumkin. Fenoterolning antidoti sifatida beta-adrenoblokatorlarni ishlatish mumkin (afzalrog‘i beta1-adrenoblokatorlar); lekin bronxial o‘tkazuvchanlikni yomonlashish ehtimolini hisobga olish kerak, bu halokatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan yaqqol bronxospazmni qo‘zg‘atishi xavfi tufayli, bronxial astmasi va O‘SOK bo‘lgan patsiyentlarda preparatning dozasini sinchiklab tanlashni talab qiladi.

Shifokor retsepti bo‘yicha

Ingalyatsiya uchun eritma 0,5 mg + 0,25 mg/ml. 20 ml dan polietilen tomchilagichli va birinchi ochish nazoratli buraluvchi polipropilen qopqoqli to‘q shisha flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

5 yil.