Bupivakain epidural anesteziya va nervlarni periferik blokada qilish uchun qo‘llanilganida yurakni to‘satdan to‘xtab qolishi va o‘lim xavfi mavjud.
Ayrim hollarda reanimatsiyaga erishish qiyin bo‘ladi yoki tegishli tayyorgarlik va davolashga qaramay, reanimatsiya qilib bo‘lmaydi.
Barcha mahalliy anestetiklarga o‘xshash bo‘lgani kabi, bupivakain tasodifan tomir ichiga yuborilganida qonda preparat kontsentratsiyasi oshib ketishi mumkinligi oqibatida markaziy nerv va yurak-qon tomir tizimlariga toksik ta’sir ko‘rsatishi (ventrikulyar aritmiya, ventrikulyar fibrillyatsiya, to‘satdan yurak-qon tomir kollapsi va o‘lim yuz berishi) mumkin.
Nervlarni blokada qilish faqat jihozlangan operatsiya xonasida tajribali mutaxassis nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.
Nervlarni blokada qilish chog‘ida mahalliy anestetik yuborilishidan oldin vena ichiga kanyulya yuboriladi.
Shifokor preparatni tasodifan qon tomir xavzasiga yubormaslik uchun ehtiyotkorlikka rioya qilishi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang), tegishli anesteziyani o‘tkazish uchun o‘qigan (o‘rgatilgan) bo‘lishi, shuningdek kasallik tashhisini va nojo‘ya ta’sirlarni, tizimli toksiklik belgilari va boshqa asoratlarni davolashni bilishi kerak (“Dozani oshirib yuborilishi” bo‘limiga qarang).
Periferik nervlarni keng qamrovli blokadasida yirik qon tomirlariga yondosh bo‘lgan qon bilan yaxshi ta’minlangan joyiga mahalliy anestetikning katta hajmini yuborish talab etilishi mumkin.
Bunday hollarda qon tomir ichiga yuborish va/yoki tizimli so‘rilish xavfi oshadi, bu esa qonda preparatning yuqori kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Keksa yoshdagi, shuningdek salomatligi susaygan patsiyentlarda, masalan jigar va buyrak disfunktsiyasi rivojlanayotgan patsiyentlarda anesteziya o‘ta ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.
Bunday hollarda patsiyentlarni, ularning o‘zlaridagi mavjud barcha kasalliklar haqida shifokorni xabardor qilishlari uchun ogohlantirishlari kerak.
Yurakning qisman yoki to‘liq blokadasida ham alohida e’tibor talab qilinadi, chunki miokardning o‘tkazuvchanligi susayishi mumkin.
III sinf antiaritmik preparatlarni (masalan, amiodaronni) qabul qilayotgan patsiyentlar yurak faoliyatida asoratlar rivojlanishi xavfi mumkinligi tufayli, EKG nazoratini amalga oshirish bilan birga shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak.
Gipovolemiya bo‘lgan patsiyentlarda faqat gipovolemiya tuzatilganidan keyin bupivakainni yuborish mumkin.
Epidural anesteziya o‘tkazilganida gipotoniya va bradikardiya rivojlanishi mumkin.
Gipotoniya koronar va tserebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar tomonidan yomon o‘zlashtiriladi.
Gipotoniyani oldini olish uchun dastlab vazopressor vosita (5-10 mg efedrin vena ichiga, zarurat bo‘lganida takroran) yuboriladi.
Bolalarda efedrin, yoshiga va tana vazniga mos keladigan dozada qo‘llaniladi.
Markaziy nervlarni spinal va epidural blokadasi, ayniqsa gipovolemiya holatida yurak-qon tomiri tizimini susayishini keltirib chiqarishi mumkin.
Epidural anesteziya yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.
Bosh va bo‘yin sohasida mahalliy anesteziyada, qo‘llanilayotgan mahalliy anestetikdan qat’iy nazar, ko‘pincha nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi mumkin.
Bupivakainni arteriyaga tasodifan tushishi hatto past dozalar qo‘llanilganida ham, og‘ir nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin.
Retrobulbar yuborilishi ba’zan, bosh chanog‘ining subaraxnoidal bo‘shlig‘igacha yetib borib qisqa muddatli ko‘rlik, yurak-qon tomiri kollapsi, nafas olishni to‘xtab qolishi, tirishishlar va boshqalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ushbu simptomlarni darhol tashhislash va davolash zarur.
Retro- va peribulbar blokadada shikastlanish va/yoki toksik ta’sir oqibatida ko‘z mushaklarining persistent disfunktsiyasi xavfi bo‘lishi mumkin.
Bunday reaktsiyalarning jiddiyligi shikastlanish og‘irligiga, mahalliy anestetikning kontsentratsiyasi va ta’sir etish davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi.
Shuning uchun boshqa mahalliy anestetiklarda bo‘lgani kabi, preparatning minimal samarali kontsentratsiyasi va dozasini qo‘llash zarur.
Vazokonstriktorlar to‘qimalar reaktsiyasini kuchaytirishi mumkin, shu sababli ulardan faqat zarurat bo‘lganidagina foydalanish lozim.
Paratservikal blokada gohida homilada bradikardiya/taxikardiyani keltirib chiqarishi mumkin, shu boisdan, homilaning yurak qisqarishlari sonini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur.
Bupivakainni intraartikulyar yuborilganida taxmin qilinayotgan yirik bo‘g‘im ichi shikastlanishi yuz berganida yoki jarrohlik aralashuvidan keyin katta ochiq yuza hosil bo‘lganida ehtiyotkorlikka rioya qilinishi lozim, chunki plazmada preparatning yuqori kontsentratsiyasi xavfi mavjud.
Bupivakainni eruvchanligi rN > 6,5 bo‘lganida pasayadi.
Buni ishqoriy eritmalar bilan birgalikda qo‘llanilganida hisobga olish zarur.