Bstrumgel.

Tarkibi:

100 g gel quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ketoprofen 100% moddaga qayta hisoblaganda – 2,5 g; yordamchi moddalar: etanol (rektifikatsiya qilingan etil spirti)   – 40 g, karbomer 940 yoki 980                                             – 1,7 g, trometamol                                                              – 1,3 g, metilparagidroksibenzoat (nipagin)                 – 0,1 g, lavanda moyi                                                           – 0,06 g, apelsin gullarining moyi (neroliyeva moyi) – 0,04 g, tozalangan suv                                                         – 100 g gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ketoprofen

Preparatning savdo nomi:

Bstrumgel.

Farmakalogik guruhi:

nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQP).

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun gel.

rangsiz, deyarli tiniq, o‘ziga hos hidli gel. Tovlanishga yo‘l qo‘yiladi.

nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQP).

M02AA10

Gel ko‘rinishida mahalliy qo‘llanganida juda sekin so‘riladi va deyarli organizmda to‘planmaydi. Gelning biokiraolishligi – taxminan 5% ni tashkil qiladi. 50-150 mg doza qo‘llanganidan keyin 5-8 soat o‘tgach plazmadagi kontsentratsiyasi – 0,08-0,15 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Tayanch-harakat apparatining o‘tkir va surunkali kasalliklari (podagraning zo‘rayishidagi bo‘g‘im sindromi, revmatoid artrit, psoriatik artrit, ankilozlovchi spondiloartrit, osteoartroz, ildizcha sindromi bilan kechuvchi osteoxondroz, radikulit, boylamlar va paylarning yallig‘lanishli shikastlanishi, bursit, ishias, lyumbago).Revmatik va norevmatik kelib chiqishga ega bo‘lgan mushak og‘riqlari.Yumshoq to‘qimalar va tayanch-harakat apparatining posttravmatik yallig‘lanishi (boylamlarning shikastlanishlari va uzilishlari, lat yeyishlar) da qo‘llanadi.

Sirtga buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga gelning katta bo‘lmagan miqdori (3-5 sm) kuniga 2-3 marta yupqa qavat qilib tananing yallig‘langan yoki og‘riqli joylariga qo‘yiladi va ehtiyotkorlik bilan ishqalab singidiriladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1-2 sm dan ko‘p bo‘lmagan preparat kuniga 2 marta qo‘yiladi. Davolash kursining davomiyligi shifokorning maslahatisiz 14 kundan oshmasligi kerak. Fonoforezda ishlatish mumkin.

Mahalliy reaktsiyalar: allergik dermatit, ekzema, terini giperemiyasi, fotodermatit, bullez dermatit, ekzantema, purpura. Tizimli reaktsiyalar: eshakemi, tarqalgan teri toshmasi, shishlar, fotosensibilizatsiya, stomatit. Biron-bir nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Ketoprofen yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanlik, teri qoplamalarini shikastlanishlari (namlanuvchi dermatozlar, ekzema, infektsiyalangan qirilishlar, jarohatlar), homiladorlikning III uch oyligi va laktatsiya davri, bolalarda (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, buyraklar va jigar funktsiyasining yaqqol buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, homiladorlikning I-II uch oyliklari, jigar porfiriyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Ketoprofen sirtga qo‘llanganida boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Preparatni ochiq jarohatlarga, ko‘zlarga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanib, faqat terining shikastlanmagan sohalariga qo‘yish kerak. Preparatni qo‘llangandan keyin qo‘llarni yuvish kerak. Okklyuzion bog‘lovlar bilan qo‘llanmasin. Jigar va/yoki buyrak funktsiyasini buzilishlari, anamnezda me’da-ichak kasalliklari, bronxial astma, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda gelni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. Gelning rN ko‘rsatkichi terining rN ko‘rsatkichiga yaqin. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlikning III uch oylikida va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparatni homiladorlikning I-II uch oyliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni  boshqarish qobiliyatiga ta’siri Avtotransportni haydash va mexanizmlar bilan  ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

15 dan 25oS gacha haroratda.

Sirtga qo‘llanganida preparatning faol komponentlarini juda past tizimli so‘rilishi dozani oshirib yuborilishini deyarli mumkin emasligini ko‘rsatadi.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun 2,5% li gel. 30, 50 yoki 100 g dan alyumin tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.