Bronxikold

Tarkibi:

faol moddalar: paratsetamol – 125 mg; gvayfenezin – 50 mg; fenilefrin gidroxloridi – 2,5 mg; yordamchi moddalar: glitserin, sorbitol, natriya benzoat, natriy saxarin, limon kislotasi, propilenglikol, “Sansut Yellow” (E110) bo‘yog‘i.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, gvayfenezin, fenilefrin gidroxloridi.

Preparatning savdo nomi:

Bronxikold

Farmakalogik guruhi:

O‘tkir respirator kasalliklarni simptomlarini bartaraf etish uchun vosita.

Dori shakli:

sirop.

to‘q-sariq-pushti rangdan sariq ranggacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli siropsimon suyuqlik.

O‘tkir respirator kasalliklarni simptomlarini bartaraf etish uchun vosita.

N02BE51

Paratsetamol me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. 500 mg dozada ichga qabul qilinganidan keyin 10-60 minutdan so‘ng maksimal kontsentratsiyaga (Cmax) erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 10% dan kamni tashkil kiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi va yarim chiqarilish davri (T1/2) 1-3 soatni tashkil qiladi. Siydik bilan, asosan glyukuron kislotasi va sulfatlar bilan kon’yugatlari ko‘rinishida chiqariladi. Gvayfenezin  ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi, 3-(2metoksi-fenoksi) sut kislotasigacha oksidlanib, tez metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi. Fenilefrin gidroxloridi me’da-ichak yo‘llarida doimiy bo‘lmagan tezlikda so‘riladi, ichakda va jigarda monoaminooksidaza (MAO) ishtirokida metabolizmga uchraydi. Siydik bilan sulfat kon’yugatlari ko‘rinishida chiqariladi. Qo‘llanilishi Preparat gripp va shamollashning (bosh og‘rig‘i, isitma, mushaklar va bo‘g‘imlardagi og‘riq, burun bitishi, aksirish va nam yo‘tal kabi) ko‘rinishlarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Preparat ichga qabul qilinadi. Kattalarga (shu jumladan keksalar) va 12 yoshdan oshgan bolalarga siropni kuniga 3-4 marta 20 ml dan buyuriladi, 6-12 yoshli bolalarga kuniga 3-4 marta 10 ml dan buyuriladi, 2-6 yoshli bolalarga kuniga 3-4 marta 5 ml dan buyuriladi, 2 yoshdan kichik bolalarga esa faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.

Preparat tavsiya qilingan dozalarda odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ammo ba’zida teri toshmasi, qorin sohasida og‘riqlar, diareya, arterial bosimning oshishi, bosh aylanishi va boshqa allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Antatsidlarni qabul qilish yoki ovqat iste’mol qilish paratsetamolni so‘rilishini sekinlashtirishi mumkin. Preparatni tsimetidin, fenotiazin bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash va MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak.

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qabul qilish mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

Sirop 50, 60, 90 va 100 ml dan flakonlarda.

3 yil.