Brimoptik™retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar – brimonidin tartrati – 2,0 mg, timolol maleati – 6,8 mg (5,0 mg timololga ekvivalent); yordamchi moddalar: natriy monofosfati – 6,5 mg, natriy difosfati – 7,6 mg, karboksimetiltsellyuloza natriy – 5,0 mg, benzalkoniy xloridi – 0,05 mg, inyektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

brimonidin. timolol

Preparatning savdo nomi:

Brimoptik™

Farmakalogik guruhi:

glaukomaga qarshi vosita.

Dori shakli:

ko‘z tomchilari

sarg‘ish rangli, tiniq suyuqlik.

glaukomaga qarshi vosita.

S01EX

Brimonidin instillyatsiyasidan keyin plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 1-3 soatdan keyin, timololning – 1-3 soatdan keyin kuzatiladi. Qon plazmasidagi brimonidin va timololning maksimal kontsentratsiyasi muvofiq ravishda 32 va          406 ng/ml ni tashkil qiladi. Preparatni mahalliy qo‘llaganda brimonidin va timololning cho‘qqi kontsentratsiyasi, brimonidin va timololni shu dozada alohida qo‘llagandagiga nisbatan 30-40% ko‘proq saqlanadi. Brimonidin tartrati – yarim chiqarilish davri taxminan 3 soat. O‘zgarmagan ko‘rinishda va metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Timolol maleati – yarim chiqarilish davri taxminan 7 soat. O‘zgarmagan ko‘rinishda va metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi.

ochiq burchakli glaukoma;monoterapiyaga berilmaydigan ko‘z ichki bosimini oshishida qo‘llanadi.

Shikastlangan ko‘zga 1-2 tomchidan kuniga 2 marta instillyatsiya qilinadi. Instillyatsiyalar orasidagi oraliq 12 soatni tashkil etadi.

Ko‘rish a’zosi tomonidan tipik bo‘lgan nojo‘ya samaralar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: kon’yunktiva giperemiyasi, ko‘zlarda achishish va qichishish hissi, allergik kon’yunktivit, ko‘zlarni qurishi, diplopiya, ptoz, blefarit, keratit, shox parda sezuvchanligi pasayishi. Boshqa a’zolar tomonidan: bradikardiya, aritmiya, gipotenziya, hushdan ketish, atrioventrikulyar blokada, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, tserebral ishemiya, dimlangan yurak yetishmovchiligi, shish, ko‘chib yuruvchi oqsoqlik, Reyno fenomeni, ko‘krakda og‘riq, toliqish, quloqlarda shang‘illash, bosh aylanishi, uyqusizlik, depressiya, paresteziya, qo‘l va oyoqlarni sovushi, bronxospazm (asosan bronxoobstruktiv kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda), nafas yetishmovchiligi, hansirash, yo‘tal, allergik reaktsiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, eshakemi, psoriazsimon toshma yoki psoriazni zo‘rayishi, ko‘ngil aynishi, dispepsiya, diareya.

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, bronxial astma yoki avval bronxial astmaga ko‘rsatmalar, o‘pkaning og‘ir surunkali obstruktiv kasalliklari, sinusli bradikardiya, ikkinchi va uchinchi darajadagi atrio-ventrikulyar blokada, yaqqol yurak yetishmovchiligi, kardiogen shok. Preparatni shuningdek MAO preparatlarini qabul qiluvchi patsiyentlarda ham qo‘llash mumin emas. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

MNT susaytiruvchi vositalar (alkogol, barbituratlar, opiatlar, sedativ vositalar, anestetiklar) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda additiv samaralar rivojlanishi mumkin. Oral β-blokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda gipotenziya, bradikardiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Kaltsiy antagonistlari bilan bir vaqtda buyurilganda gipotenziya va atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi kuzatilishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar bilan birga qo‘llash aylanib yuruvchi aminlarning o‘zlashtirilishini va metabolizmini buzilishlariga olib kelishi mumkin. Rezerpin kabi organizmda katexolaminlarning darajasini kamaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda gipotenziya va bradikardiya rivojlanishi mumkin. MAO ingibitorlari brimonidinning metabolizmiga ta’sir ko‘rsatishi va gipotenziya kabi nojo‘ya samaralarni potentsial kuchayishiga olib kelishi mumkin. Antigipertenziv vositalar va yurak glikozidlari bilan buyurilganda gipotoniya rivojlanishi mumkin. β-blokatorlar (timolol) antidiabetik vositalarning ta’sirini kuchaytirishi, shuningdek gipoglikemiya simptomlarini yashirishi mumkin. Epinefrin yoki norepinefrin saqlovchi ko‘z tomchilarini bir vaqtda qo‘llash midriaz chaqirishi mumkin. Epinefrin va pilokarpin saqlovchi ko‘z tomchilari ko‘z ichki bosimini pasayishi kuchaytiradi. Xinidin bilan bir vaqtda qo‘llash yurak ritmini tezlashishiga olib kelishi mumkin.

Tizimli so‘rilishini kamaytirish uchun, instillyatsiyadan keyin darhol ko‘z yoshi kanalini bosish kerak. Boshqa oftalmologik preparatlar bir vaqtda buyurilganda, instillyatsiyalar orasidagi oraliq kamida 5-10 minut bo‘lishi kerak. Kontakt linzalar taquvchi patsiyentlar preparatni tomizishdan oldin yechishlari va tomizilgandan keyin kamida 15 minutdan keyin taqishlari kerak.

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Preparatni mahalliy qo‘llanilganda dozani oshirib yuborilishi haqidagi ma’lumotlar yo‘q. Brimonidin tartrati Dozani oshirib yuborilishi simptomlari: gipotenziya, bradikardiya, gipotermiya, apnoe. Timolol maleati Dozani oshirib yuborilishi simptomlari: bradikardiya, bronxospazm, aritmiya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hansirash, yurakni to‘xtashi.

Retsept bo‘yicha beriladi

Ko‘z tomchilari 10 ml dan flakon-tomchilagichda. 10 o‘ram karton blokda.

1,5 yil. Flakon ochilgandan keyin bir oy davomida ishlatilsin.