Breveflora rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagi  5 mlrd faol bakteriyalar shtammini saqlaydi: Lactobacillus casei                                         1,5 mlrd. KHB (KOЕ) Lactobacillus rhamnosus                               1,25 mlrd. KHB Lactobacillus acidophilus                              0,75 mlrd. KHB Bifidobacterium longum                               0,75 mlrd. KXB Bifidobacterium breve                                   0,75 mlrd. KHB Yordamchi moddalar: mavjud emas

Preparatning savdo nomi:

Breveflora

Farmakalogik guruhi:

probiotik

Dori shakli:

kapsulalar

Oq/oq kapsulalar. Kapsula ichidagisi: oqdan och sariq ranggacha bo‘lgan granulalangan kukun.

probiotik

Probiotiklarning samaradorligi, ularni me’daning kislotali muhitida va o‘n ikki barmoq ichakning ishqoriy sharoitida barqaror qolish xususiyati, shuningdek yo‘g‘on ichaking shilliq qavatiga birikib olishi va u yerda koloniyalarni hosil qilishi bilan bog‘liq. Me’da va ingichka ichakdan o‘tganidan so‘ng, yashab qolgan barqaror probiotiklar yo‘g‘on ichakda vaqtinchalik qoladi.

Breveflora kapsula quyidagilarda qo‘llaniladi: ichak mikroflorasini normalashtirishda va tutib turishda;chaqaloqlar, bolalar va kattalarda diareyani davolash va oldini olishda;chaqaloqlar, bolalar va kattalarda me’da ichak yo‘llarining virusli va bakterial infektsiyalar kabi ichak mikroflorasi disbalansi oqibatidagi ovqat xazm bo‘lishini buzilishi;antibiotiklarni qabul qilish bilan bog‘liq diareyada;qorin bo‘shlig‘i va kichik tos a’zolarining nurli terapiyasi oqibatidagi diareya;ichakni ta’sirlanish sindromi(ITS) da; tutib turuvchi terapiya sifatidasog‘lom immun tizimini bir maromda tutib turishda qo‘llanadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 1-3 marta buyuriladi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 1-2 marta buyuriladi. Chaqaloqlar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 1 marta buyuriladi. Samarasi yuqori bo‘lishi uchun, kapsulalarni ovqat bilan qabul qilish lozim. Kapsulani yuta olmaydigan bolalar va go‘daklar uchun: dorini qobig‘ini ochib, osh qoshiqga ichidagi moddalarini (kukun) to‘kib, suv/sut bilan aralashtiring.

Nojo‘ya samaralari odatda juda ahamiyatsiz bo‘lib, ko‘proq ovqat hazm qilinishining meteorizm kabi buzilishlarini o‘z ichiga oladi. Nojo‘ya samralar yuz bergan taqdirda xam, ular preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi. Agar simptomlar o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Breveflora kapsulalarini preparatning komponentlariga va sut kislotasi mahsulotlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.

Antibiotiklar Breveflora bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Antibiotiklarni birga qo‘llanishi Lactobacillus ning samradorligini pasaytirishi mumkin. Bu o‘zaro ta’sirga yo‘l qo‘ymaslik uchun Lactobacillus mahsulotlarini antibiotiklarni qabul qilishdan hech bo‘lmaganda 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish tavsiya etiladi.

Har qanday buzilishlarni davolash uchun probiotiklarni qabul qilinishi shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi lozim. Probiotiklar alkogol yoki issiq ichimliklar bilan bir vaqtda ishlatilmasligi lozim. O‘ramdagi yaroqlilik muddatini tekshiring va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatmang. Homiladorlik va laktatsiya Homilador va emizikli ayollar, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Salqin, qorong‘i va quruq joyda, 25°S dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.

Preparatni bir marta qabul qilinganidan so‘ng dozani oshirib yuborilish simptomlarini yuz berish ehtimoli kam. Davolash simptomatik bo‘lishi lozim.

Retseptsiz

10 kapsula blisterda. 1 blister yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramga joylangan.

Tayyorlangan kundan boshlab 3 yil.