Bravel – kuchli gonadotrop preparat bo‘lib, turli og‘irlik darajasidagi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin va bepushtlikni davolash usullarini yaxshi biladigan shifokorning qat’iy kuzatuvi ostida qo‘llanishi kerak.
Bravelni xavfsiz va samarali qo‘llash tuxumdonlarning davolashga bo‘lgan, ultratovush tekshirishlarni, estradiolning plazmadagi darajasini aniqlash bilan birga, o‘z ichiga oladigan reaktsiyasini sinchkov va muntazam nazoratini talab qiladi.
Bravelning birinchi inyektsiyasi shifokorning sinchkov nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.
Davolashni boshlashdan oldin ikkala sherikdagi bepushtlik sabablarini tekshirish, shuningdek mumkin bo‘lgan qarshi ko‘rsatmalar yuzasidan tibbiy tekshirishni o‘tkazish kerak.
Xususan, patsiyentlarni gipotireoidizm, adrenokortikal yetishmovchilik, giperprolaktinemiya, gipofizar yoki gipotalamik o‘smalarning borligiga tekshirish, bunday patologik hollarda ko‘zda tutilgan muvofiq davolashni buyurish kerak.
Anovulyatsiya natijasidagi bepushtlikni davolash doirasida ham, yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturi doirasida ham, follikulalarning o‘sishini rag‘batlantirish o‘tkazilayotgan patsiyentlarda, tuxumdonlarning o‘lchamini kattalashishi yoki tuxumdonlarning giperstimulyatsiyasi sindromi rivojlanishi kuzatilishi mumkin.
Bravelni tavsiya qilingan dozalash tartibiga rioya qilish va tuxumdonlarning davolashga bo‘lgan reaktsiyasini sinchiklab nazorat qilish, bu nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Tuxumdonlarning giperstimulyatsiyasi sindromi (TGS) TGS – tuxumdonlarning asoratlanmagan kattalashishidan farq qiluvchi holatdir.
TGS simptomlari avj olishi mumkin bo‘lgan sindrom hisoblanadi.
Sindrom tuxumdonlarni ahamiyatli kattalashishi, jinsiy steroid gormonlarning darajasini oshishi, shuningdek qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini oshishi bilan namoyon bo‘ladi, ular qorin, plevral va alohida hollarda perikardial bo‘shliqlarda suyuqlikni to‘planishiga olib kelishi mumkin.
TGS ning og‘ir hollarida quyidagi simptomlar: qorinda og‘riq, meteorizm, tuxumdonlarni ancha sezilarli kattalashishi, tana vaznini oshishi, dispnoe, oliguriya va va ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi gastrointestinal simptomlar kuzatilishi mumkin.
Klinik baholashda gipovolemiya, elektrolit disbalans, astsit, gemoperitoneum, plevral bo‘shliqqa suyuqlik to‘planishi, gidrotoraks, o‘tkir o‘pka distress-sindromi, tromboemboliya epizodlari, qonni quyuqlashishi aniqlanishi mumkin.
Tuxumdonlarning gonadotropin bilan davolashga yuqori reaktsiyasi TGS ga, ovulyatsiyani rag‘batlantirish uchun XGG qo‘llanganidagi alohida hollardan tashqari, kam olib keladi, shuning uchun TGS ni paydo bo‘lishi hollarida XGG yordamida rag‘batlantirish uchun qo‘llashdan saqlanish, shuningdek patsiyentlarga jinsiy aloqalardan saqlanish yoki kontratseptsiyaning to‘siq usullarini kamida 4 kun davomida ishlatishni tavsiya qilish kerak.
TGS tez boshlanishi mumkin (1 sutkadan bir necha kungacha) va jiddiy nojo‘ya samara hisoblanadi, shuning uchun patsiyentlar XGG yuborilganidan keyin kamida 2 hafta davomida shifokorning nazorati ostida bo‘lishlari kerak.
Bravelni tavsiya qilingan dozalash tartibiga sinchkov rioya qilish va davolash vaqtida sinchkov nazoratini o‘tkazish, tuxumdonlarning giperstimulyatsiyani va ko‘p homilali homiladorlikning paydo bo‘lishi xafvini kamaytirish imkonini beradi.
Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturini o‘tkazishda ovulyatsiyani yuz berishiga barcha follikulalarning aspiratsiyasi giperstimulyatsiyaning paydo bo‘lishi xavfini pasaytirishiga yordam beradi.
TGS og‘ir shaklga o‘tishi va homiladorlik yuz bergan holda davomiyroq bo‘lishi mumkin.
Odatda TGS hayz ko‘rish yuz berganida mustaqil o‘tib ketadi.
TGS ni og‘ir hollarida gonatropin yuborishni to‘xtatish kerak, patsiyent esa maxsus davolash o‘tkazish uchun gospitalizatsiya qilinishi kerak.
Sindrom ko‘pincha ovorial polikistozi bo‘lgan patsiyentlarda rivojlanadi.
Ko‘p homilali homiladorlik Ko‘p homilali homiladorlikda, ayniqsa homilalar soni ko‘p bo‘lganida, ona uchun ham, homila uchun ham perinatal davrda asoratlarni paydo bo‘lishining yuqori xavfi bor.
Gonadotrop gormoni bilan davolash natijasida ovulyatsiya boshlanadigan patsiyentlarda, tabiiy urug‘lanish natijasidagi homiladorlik bilan solishtirilganda, ko‘p homiladorlik hollari tezlashgan.
Ko‘p homilalik xavfini kamaytirish uchun patsiyentlar tuxumdonlarining reaktsiyasini sinchkov nazoratini o‘tkazish kerak.
Davolashni boshida patsiyentlarni ularda ko‘p homilalik homiladorlikni paydo bo‘lish ehtimoli to‘g‘risida ogohlantirish kerak.
Bola tashlash Homiladorlikni to‘xtab qolishi yoki o‘z-o‘zidan abortlar natijasidagi bola tashlashlari holatlari soni, follikulalarni yetilishini rag‘batlantirish o‘tkazilgan ayollarda yoki yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturi o‘tkazilganida tabiiy urug‘lanish hollariga nisbatan yuqoridir.
Bachadondan tashqari homiladorlik Bachadon naylarining kasalliklari bo‘lgan ayollarda bachadondan tashqari homiladorlikni rivojlanish xavfi yuqoridir.
Reproduktiv a’zolarning o‘smalari Bepushtlik bo‘yicha bir necha marta dorilar bilan davolangan ayollarda tuxumdonlarning va boshqa reproduktiv tizimi a’zolarining ham xavfsiz, ham xavfli o‘smalarini rivojlanishi kuzatilgan.
Hozirgi vaqtda bepushtlik bilan xastalan ayollarda gonadotropinni qo‘llash bilan davolash va o‘smalarga boshlang‘ich moyillik orasida bog‘liqlik aniqlanmagan.
Rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari YORT o‘tkazilganidan keyin ayollarda homilaning tug‘ma rivojlanish nuqsonlarini tarqalishi tabiiy urug‘langanidagi sonidan biroz yuqori bo‘lishi mumkin.
Bu ota-onalarning shaxsiy o‘ziga xos xususiyatlarining natijasi bo‘lishi mumkin (masalan, onaning yoshi, spermaning xarakteristikasi va shunga o‘xshashlar) deb hisoblanadi.
Tromboembolik buzilishlar Tromboembolik buzilishlarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan ayollarda nasliy moyillik, ahamiyatli semirish (tana vaznining indeksi >30 kg/m2) yoki trombofiliya tufayli venoz yoki arterial tromboembolik buzilishlar, gonadotropin bilan davolanish vaqtida ham, davolash tugaganidan keyin ham rivojlanishi mumkin.
Ta’kidlash lozimki, homiladorlikning o‘zi ham tromboembolik asoratlarning yuqori xavfi paydo bo‘lishida o‘rin tutishi mumkin.
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtira olmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoz malabsorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Bravelni ayollarga homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Bugungi kungacha tuxumdonlarning klinik nazoratli giperstimulyatsiyasida teratogen samaralarni paydo bo‘lish xavfi to‘g‘risida xabarlar bo‘lmagan.
Homiladorlikni kechishiga ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.
Bolalar