Bosmonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 64,54 mg bozentan monogidrati (62,5 mg bozentanga qayta hisoblaganda); yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmalglikolyati, povidon RVP K-30, o‘ta jelatinlangan kraxmal, magniy stearati; qobig‘i: gidroksipropilmetil tsellyuloza, titana dioksidi, talk, poliyetilenglikol (PEG 6000), temir (III) oksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

bozentan

Preparatning savdo nomi:

Bosmon

Farmakalogik guruhi:

qon tomirlarini kengaytiruvchi vosita.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “T2” yozuvli va boshqa tomoni silliq, qizil-to‘q sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

qon tomirlarini kengaytiruvchi vosita.

C01D

Sog‘lom ko‘ngillilarda bozentanning farmakokinetikasi dozaga va preparatni qabul qilingan vaqtiga bog‘liq. Bozentan vena ichiga yuborilganidan keyin uni taqsimlanish xajmi va klirensi doza oshishi bilan kamayadi va vaqt o‘tishi bilan oshadi. Ichga qabul qilinganidan keyin tizimli ekspozitsiyasi 500 mg gacha dozalarda proportsional bozentanning yuqoriroq dozalari ichga qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) va AUC (“kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni) qabul qilingan dozaga nisbatan oshishi dozaga proportsional emas va kamroq tezlik bilan erishiladi. So‘rilishi: sog‘lom ko‘ngillilarda ichga qabul qilingandan keyin bozentanning mutloq biokiraolishligi taxminan 50% ni tashkil qiladi, ovqat qabul qilish biokiraolishligiga ta’sir qilmaydi. Plazmadagi Cmax ga preparat ichga qabul qilinganidan keyin 3-5 soat davomida erishiladi. Taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishi:  bozentan qon plazmasi oqsillari, asosan albumin bilan yuqori darajada (98% dan ko‘proq) bog‘lanadi. Bozentan eritrotsitlarga kirmaydi. Vena ichiga 250 mg dozada yuborilganidan keyin taqsimlanish xajmi 18 l, klirensi – 8,2 l/soat, yarim chiqarilish davri (t1/2) – 5,4 soatni tashkil qiladi. Bozentan jigarda tsitoxrom R450 – CYP2C9 va CYP3A4 izofermentlari ishtirokidagi metabolizmi yakunlanganidan keyin safro bilan ichak orqali chiqariladi. Ichga qabul qilingan dozaning 3% dan kamrog‘i buyraklar orqali chiqariladi.

Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalarda jismoniy yuklamani o‘zlashtirish qobiliyatini, shuningdek JSST tasnifi bo‘yicha II-IV funktsional sinfi (FS) patsiyentlarda kasallik simptomlarini yaxshilash uchun o‘pka arterial gipertenziyasini (O‘AG), shu jumladan quyidagilarni davolashda qo‘llanadi: birlamchi (ideopatik va nasliy) O‘AG;o‘pkalarni yaqqol interstitsial patologiyasisiz sklerodermiya fonidagi ikkilamchi O‘AG;tug‘ma o‘pka-tizimli shuntlash va Eyzenmenger kompleksi bilan assotsiatsiyalangan O‘AG. Tizimli sklerodermiya va oyoq-qo‘llarning avj oluvchi yarali shikastlanishi bo‘lgan patsiyentlarda yangi digital yaralar sonini pasaytirishda qo‘llanadi.

Tabletkalar ertalab va kechqurun, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar, chaynamasdan, suv bilan birga ichga qabul qilinadi. O‘pka arterial gipertenziyasi Boshlang‘ich bosqichda davolash va kuzatishni faqat O‘AG davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokor o‘tkazishi kerak. Katta patsiyentlar uchun bozentanning dozasi 62,5 mg ni tashkil qiladi, sutkada ikki marta 4 hafta davomida, so‘ngra doza sutkada ikki marta 125 mg samarani bir maromda ushlab  turuvchi dozagacha oshiriladi.

Eng ko‘p uchraydigan noxush reaktsiyalar (bozentan qabul qilgan minimum 1% va platsebo qabul qilgan 0,5% patsiyentlarda uchragan) bosh og‘rig‘i (9,8% ga qarshi 11,5%), shish/suyuqlikni tutilishi (10,9% ga qarshi 13,2%), jigar faoliyatining ko‘rsatgichlarini og‘ishi (4,6% ga qarshi 10,9%) va anemiya/gemoglobin darajasini pasayishi (4,9% ga qarshi 9,9%) bo‘lgan. Bozentan bilan davolash jigar transaminazalarini dozaga bog‘liq oshishi va gemoglobinni pasayishi bilan assotsiatsiyalangan. Nojo‘ya raktsiyalar/noxush samaralar tadqiqotlarda paydo bo‘lishini tez-tezligiga muvofiq quyidagi tarzda guruhlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 – <1/10); tez-tez emas (≥1/1000 – <1/100); kam hollarda  (≥1/10000 – <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000). Anemiya, gemoglobinni pasayishi Gemotransfuziya o‘tkazishni talab qilgan anemiya yoki gemoglobinni pasayishi Trombotsitopeniya Neytropeniya, leykopeniya O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan, dermatit, teri qichishishi va toshma sp) Anafilaksiya va/yoki angionevrotik shish Bosh og‘rig‘i Hushdan ketish Yurak urib ketishi Qizib ketish, AB pasayishi Gastroezofageal reflyuks kasalligi, diareya Jigar faoliyatining laborator ko‘rsatkichlarini og‘ishi Gepatit va/yoki sariqlik bilan bog‘liq transaminazalar darajasini oshishi Jigar tsirrozi, jigar yetishmovchiligi Eritema Shishlar suyuqlikni tutilishi.

Bozentan yoki preparatning har qanday komponetlaridan biriga yuqori sezuvchanlik;Buyrak faoliyatini o‘rtacha yoki og‘ir darajali buzilishi (Chayld-Pyu bo‘yicha V yoki S sinfi);Jigar transaminazalari faolligini boshlang‘ich oshishi: aspartattransaminazani (AST) va/yoki alanintransaminazani (ALT) normaning yuqori chegarasidan (NYUCh) uch martadan ko‘proq oshishi;Tsiklosporin A ni bir vaqtda qo‘llash;Homiladorlik;Kontratseptsiyaning ishonchli usullarini ishlatmaydigan reproduktiv yoshdagi ayollar;Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda (qattiq dori shakli) qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: Og‘ir O‘AG bo‘lgan patsiyentlarda bozentanning samaradorligi aniqlanmagan. Bozentan bilan davolashni faqat agar, tizimli sistolik arterial bosim (AB) 85 mm sim. ust. dan yuqori bo‘lgan holda boshlash mumkin. Klinik holat yomonlashgan xolda kasallikni og‘ir bosqichida tavsiya etilgan boshqa dori vositalariga (masalan, epoprostenol) o‘tish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish kerak. Bozentan uchun foyda/xavf nisbati JSST tasnifi bo‘yicha 1 funktsional sinfi o‘pka arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlar uchun aniqlanmagan. Mavjud bo‘lgan barmoq yaralarini bitishiga bozentanning ijobiy samarasi aniqlanmagan.

CYP3A4 izofermentini kuchli ingibitori (ketokonazol, itrakonazol yoki ritonavir kabi) va CYP2C9 izofermentini ingibitori (vorikonazol kabi) va bozentanni bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi. Tsiklosporin A: bozentan va tsiklosporin A ni (kaltsinevrinning ingibitori) bir vaqtda buyurish mumkin emas. Takrolimus, sirolimus: Bozentanni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida takrolimus va sirolimusning kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun, bozentan va takrolimus yoki sirolimusni bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi. Glibenklamid: Glibenklamid ham, bozenten ham o‘t kislotalarining tuzlarini eksporti nasosini susaytiradi, bu transaminazalar darajasini oshishini tushuntirishi mumkin. Shuning uchun bozentan va glibenklamid majmuada ishlatilmasligi kerak. Gormonal kontratseptivlar: sutkada ikki marta 125 mg bozentan va1 mg noretisteron va 35 mkg etinilestradiol saqlovchi bir marta qo‘llash uchun peroral kontratseptivni bir vaqtda buyurish, noretisteron va etinilestradiolning AUC ni muvofiq 14% va 31% ga pasaytiradi. Bunda noretisteron va etinilestradiolning ekspozitsiyasini pasayishi alohida patsiyentlarda muvofiq 56% va 66% ga yetgan. Shunday qilib, gormonal kontratseptsiya preparatni yuborish yo‘lidan qat’iy nazar – ichga, inyektsion, transdermal yoki implantantlar ko‘rinishida, kontratseptsiyaning yetarlicha ishonchli usuli hisoblanmaydi. Varfarin: Bozentan bilan davolashni boshida varfarin yoki boshqa peroral antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, lekin davolashni boshida va dozani oshirish bosqichlarida XMN ni sinchiklab nazorat qilish tavsiya etiladi. Simvastatin: Simvastatin bir vaqtda qabul qilinganida bozentanning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi o‘zgarmagan. Bozentan va simvastatin birga qo‘llanganda xolesterinning darajasini, simvastatinning dozasiga keyingi tuzatish kiritish bilan nazoratini o‘tkazish kerak. Ketokonazol: sutkada ikki marta 62,5 mg dozada 6 kun davomida bozentan va CYP3A4 izofermentning kuchli ingibitori ketokonazolni bir vaqtda buyurish, qon plazmasida bozentanning kontsentratsiyasini taxminan 2 marta oshirgan. Sildenafil: sutkada ikki marta 125 mg dozada bozentanni (muvozanat holat) va sutkada uch marta 80 mg dozada sildenafilni (muvozanat holat) 6 kun davomida bir vaqtda buyurish, sog‘lom ko‘ngillilarda sildenafilning AUC ni 63% ga pasayishiga va bozentanning AUC ni 50% ga oshishiga olib kelgan. Bu preparatlar bir vaqtda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi. Digoksin, nimodipin, lozartan: bir vaqtda sutkada ikki marta 500 mg dozada bozentanni digoksin bilan 7 kun davomida buyurish, digoksinning AUC, Smax va Smin (qon plazmasidagi minimal kontsentratsiyasi) muvofiq 12%, 9% va 23% ga pasaytirgan. Bu o‘zaro ta’sirning mexanizmi R-glikoproteinni qo‘zg‘atilishi bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zaro ta’sirning klinik axamiyati jiddiy hisoblanmaydi. Lopinavir/ritonavir Bozentan 9,5 kun davomida bir vaqtda buyurilganidan keyin lopinavir va ritonavirning ta’siri klinik biroz pasaygan (muvofiq taxminan 14% va 17% gacha). Ma’lumki, bozentan bilan to‘liq induktsiyaga erishilmagan va proteazalar ingibitorlari samaradorligini yanada pasayishini istisno qilish mumkin emas. O‘tkazilayotgan OITV terapiyasi samaradorligini nazorat qilish tavsiya etiladi. Yuqori faollikdagi boshqa proteaza ingibitorlarini ishlatishda ham o‘xshash samaralarni kutish mumkin. Boshqa antiretrovirus preparatlar: ma’lumotlar bo‘lmaganligi uchun boshqa mavjud bo‘lgan antiretrovirus preparatlarga nisbatan spetsifik tavsiyalar berish mumkin emas. Nevirapinni yaqqol gepatotoksikligi tufayli, u bozentanning gepatotoksikligi bilan qo‘shilishi mumkin, preparatlarning bu majmuasini tavsiya etib bo‘lmaslikni takidlash kerak.

Jigar faoliyati Bozentan bilan assotsiatsiyalangan jigar transaminazalari, ya’ni aspartat- va alanintransaminazalar (AST va/yoki ALT) darajasini oshishi dozaga bog‘liq hisoblanadi. Jigar fermentlarining darajasini o‘zgarishi davolashni birinchi 26 haftasida aniqlanadi, lekin shuningdek kechroq ham namoyon bo‘lishi mumkin.

Bozentanni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Bozentan bilan davolanishda emizish tavsiya etilmaydi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bozentan 2400 mg bir martalik doza ko‘rinishida sog‘lom ko‘ngillilarda va sutkada 2000 mg 2 oy davomida o‘pka gipertenziyasidan tashqari boshqa kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llangan. Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlari yengil yoki o‘rtacha jadallikdagi bosh og‘rig‘i bo‘lgan. Dozani oshirib yuborilishi tibbiy aralashuvni talab qiluvchi yaqqol arterial gipotenziyaga olib kelishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

2 yil.