Bolinetretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: ibuprofen – 400 mg, paratsetamol 325 mg. yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talk, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy, arab yelimi, natriy metilgidroksibenzoati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ibuprofen va paratsetamol

Preparatning savdo nomi:

Bolinet®

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.

oqdan kulrang-oq rangligacha bo‘lgan bir tomonida bo‘lish riskasi bo‘lgan, oval shaklli qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

N02BE51

Paratsetamol me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng 10-60 minut o‘tgach, plazmada yuqori kontsentratsiyalarda paydo bo‘ladi. Odatdagi terapevtik dozalarda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi ahamiyatsiz ammo doza oshishi bilan oshadi. Asosan jigarda metabolizmga uchraydi va asosan buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) bir soatdan uch soatgacha o‘zgaradi. 5 % dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi. Ibuprofen ham me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Ibuprofenning zardobdagi cho‘qqi darajasiga, umuman qo‘llanganidan keyin bir yoki ikki soat davomida erishiladi. Metabollanadi va siydik bilan chiqariladi. Qon zardobidagi T1/2  1,8 dan 2 soatgacha, 24 soat davomida to‘liq chiqariladi. Bemorlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparat qabul qilingandan keyin dozaning 45% dan 79% gachasi metabolit sifatida siydikda yana 24 soat davomida aniqlangan.

Preparat kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘rtacha ifodalangan og‘riq sindromida (bosh va tish og‘rig‘i, nevralgiyalar, osteoxondrozda paydo bo‘ladigan beldagi og‘riqlarda, artralgiyada, mialgiyada, tendovaginitda, bursitda, jarohatlar natijasida kelib chiqadigan og‘riqlarda, -mushaklar, bog‘lamlar va paylarni cho‘zilishida) qo‘llanadi. Shuningdek shamollashda va boshqa infektsion-yallig‘lanish kasalliklaridagi, yuqori tana haroratini pasaytirish uchun, shu jumladan yuqori nafas yo‘llarining, LOR-a’zolarining kasalliklarida, artritda (revmatoid artrit, yuvenil artrit, ankilozlovchi spondiloartrit, revmatizm), dismenoreyada, adneksitda ishlatilishi mumkin.

Ichga buyuriladi. Kattalarga: 1 tabletkadan kuniga 4 marta, ovqatdan oldin yoki ovqatdan keyin 2-3 soat davomida (me’da kasalliklari bo‘lgan bemorlar uchun). Preparatni shifokor nazoratisiz isitmani tushiruvchi sifatida – 3 kundan ortiq va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq qabul qilmaslik kerak. Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda preparatni qabul qilish orasidagi tanaffus kamida 8 soat bo‘lishi kerak.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, qorin og‘rig‘i, me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, qon ketishi. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi. Allergik reaktsiyalar: toshma, qichima, eshakemi. Boshqa ta’sirlari: trombotsitopeniya, buyraklar va jigar faoliyatining buzilishlari (doza oshirib yuborilan hollarda yoki uzoq muddat qo‘llanganida).

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, me’da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayish bosqichi, me’da-ichak qon ketishlari, jigar yoki buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari, bronxial astma (aspiringa bog‘liq), ko‘ruv nervining shikastlanishi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenazaning genetik yo‘qligi va qon tizimining har qanday kasalliklari, 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Ibuprofen bilan kortikosteroidlarni bir vaqtda qabul qilish me’da-ichak yo‘llariga nojo‘ya ta’siri xavfini oshirishi mumkin. Antikoagulyantlar, geparin yoki trombolitik vositalarni bir vaqtda qabul qilish me’da-ichak yo‘llarining yaralarini va qon ketishini chaqirishi mumkin. Insulin va antidiabetik vositalarni bir vaqtda qabul qilish oxirgilarining gipoglikemik ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Ibuprofenni gipotenziv vositalar bilan bir vaqtda qabul qilish shish xavfini oshirishi mumkin. Ibuprofen va tsefalosporinlarni bir vaqtda qabul qilish qon yaratilishini buzilishi xavfini oshirishi mumkin. Bir vaqtda qo‘llanganida ibuprofen digoksin, tsiklosporin, litiy va metotreksatning plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Preparat va metoklopramid bir vaqtda qo‘llanganida paratsetamolni so‘rilish tezligi oshadi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, me’dada og‘riq, og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi va koma rivojlanadi. Davolash: zaharlanishni birinchi 4 soati davomida me’dani yuvish, adsorbentlarni buyurish, glyutationni hosil bo‘lishini oshiruvchi vositalarni (birinchi 12 soatda atsetiltsisteinni vena ichiga yoki ichga yuborish) va simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar 400 mg/325 mg dan №7 kontur uyali o‘ramlarda.

5 yil.