Nojo‘ya ta’sirlari tez-tezligini ta’riflash uchun quyidagi mezonlar ishlatilgan: Juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥ 10% – <10%), tez-tez emas (≥0,1% – <1%), kam xollarda (≥0,01% – <0,1%) va juda kam (<0,01%), tez-tezligi noma’lum.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskamfort hissi (epigastral sohada og‘riqlar va spazmlar), meteorizm, ishtahani pasayishi.
Kam – qon ketishi asoratlanuvchi, perforatsiya bilan, me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, aftoz stomatit, ezofagit, gepatit (yashin tezligida kechishi mumkin), jigar nekrozi, tsirroz, gepatorenal sindrom.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik.
Kam hollarda: ko‘rishning buzilishi (ko‘rishning yoyilishi, diplopiya), quloqlarda shovqin, qo‘zg‘aluvchanlik, tirishishlar, uyquning buzilishi, depressiya, havotirlik hissi, ruhiy buzilishlar.
Qon yaratish tizimi tomonidan: kam xollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya, ko‘krak qafasi sohasida og‘riq, arterial gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi.
Nafas tizimi tomonidan: kam xollarda – yo‘tal, bronxospazm, xalqumni shishi, pnevmonit.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez – suyuqlikni tutilishi; kam xollarda – nefrotoksik sindrom, protenuriya, oliguriya, gematuriya, interstitsial nefrit, papillyar nekroz, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, azotemiya.
Sezgi az’olari tomonidan: tez-tez – quloqlarda shovqin; kam xollarda – ko‘rishni noaniqligi, diplopiya, ta’mni buzilishi, eshitishni qaytuvchi yoki qaytmas pasayishi, skotoma.
Dermatologik reaktsiyalar: tez-tez – teri toshmasi, eshakemi.
Kam xollarda: bullez toshmalar, ekzema, eritodermiya, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, mayda nuqtali qon quyilish, fotosensibilizatsiya.
Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: kam xollarda – bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoidli) reaktsiyalar.
Xar qanday odatdagi bo‘lmagan reaktsiyalar paydo bo‘lganda, preparatni keyinchalik qabul qilish bo‘yicha albatta shifokor bilan maslaxatlashish kerak.