Bloktranretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: lozartan (lozartan kaliy) – 50 mg; yordamchi moddalar: yadrosi: laktoza monogidrati- 4,0 mg, mikrokristall tsellyuloza – 48,0 mg, povidon (polivinilpirrolidon, povidon K-17) -1,4 mg, kartoshka kraxmali – 27,5 mg, natriy karboksimetilkraxmali (natriy kraxmal glikolyati) – 7,0 mg, magniy stearati – 0,7 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 1,4 mg; qobiq: gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza) – 3,234 mg, kopovidon – 0,420 mg, titan dioksidi (Ye 171) – 1,064 mg, talk – 1,077 mg, polisorbat-80 (tvin-80) – 0,700 mg, shafaq sarig‘i bo‘yovchisi (suvda eruvchan) (Ye 110) (Idakol senset sarig‘i, sikovit-sariq-to‘q sariq 85) – 0,005 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

lozartan

Preparatning savdo nomi:

Bloktran

Farmakalogik guruhi:

antigipertenziv vosita (angiotenzin II retseptorlarining blokatori).

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka

Dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, och pushti-to‘q sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida yadro oq yoki deyarli oq rangda, marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.

antigipertenziv vosita (angiotenzin II retseptorlarining blokatori).

S09SA01

Lozartan ichga qabul qilinganda yaxshi so‘riladi va faol karboksilizatsiyalangan metaboliti va nofaol metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan jigar orqali “birinchi o‘tish” metabolizmiga uchraydi. Tabletka shaklidagi lozartanning tizimli biokiraolishligi taxminan 33% ni tashkil qiladi. Lozartan va uning faol metabolitining o‘rtacha Smax ga muvofiq ravishda 1 soat va 3-4 soatdan keyin erishiladi. Lozartanni qabul qilganda odatdagi ovqat qabul qilinganda qon plazmasidagi lozartanning kontsentratsiyasi profiliga klinik ahamiyatli ta’siri aniqlanmagan.

Arterial gipertenziya.Arterial gipertenziya va yurak chap qorinchasi gipertrofiyasi bo‘lgan patsiyentlarda yurak-qon tomir o‘limi tez-tezligi, insult va miokard infarkti tez-tezligini umumiy kamayishi bilan namoyon bo‘luvchi yurak-qon tomir kasalliklari bilan assotsiatsiyalangan xavf va o‘limni kamayishi.Proteinuriya bilan kechuvchi qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan patsiyentlarda buyrak himoyasi – giperkreatininemiya tez-tezligi, gemodializ yoki buyrak transplantatsiyasini o‘tkazishni talab etuvchi surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi rivojlanishi tez-tezligini, o‘lim ko‘rsatkichi, shuningdek proteinuriyani kamayishi bilan namoyon bo‘luvchi buyrak yetishmovchiligini avj olishini sekinlashtirish.AAF ingibitorlari bilan saramasizligida yoki AAF ingibitorlarini o‘zlashtiraolmaslikda surunkali yurak yetishmovchiligida qo‘llanadi. Yurak yetishmovchiligi va AAF ingibitorlarini qabul qilganda barqaror ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan patsiyentlarni Bloktran® qabul qilishga o‘tkazish tavsiya etilmaydi.

Bloktran® preparati ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar ichga qabul qilinadi. Bloktran® preparatini boshqa gipotenziv vositalar bilan majmuada qabul qilish mumkin.

Quyida ko‘rsatilgan noxush ko‘rinishlar (NK) tez-tezligi quyidagi tasnif bo‘yicha keltirilgan: juda tez-tez (≥10%); tez-tez (≥1% va <10%); tez-tez emas (≥0,1% va <1%); kam hollarda (≥0,1% va <0,1%); juda kam hollarda (<0,01%); tez-tezligi noma’lum: mavjud ma’lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi. Umuman olganda lozartan AG bo‘lgan patsiyentlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. NK yengil va o‘tuvchan xarakterga ega va preparatni bekor qilishni talab etmaydi. Lozartanni qabul qilganda NK yig‘indi tez-tezligi platsebo qabul qilgandagiga o‘xshash. AG bo‘lgan patsiyentlar ishtirokidagi nazoratlangan klinik tadqiqotlarda quyidagi NK kuzatilgan. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez: bosh aylanishi. Tez-tez emas: uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, uyquni buzilishi. Eshitish a’zosi va labirint buzilishlari Tez-tez: tizimli bosh aylanishi (vertigo). Yurak tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: yurak urishini his qilish, stenokardiya. Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: (ortostatik) gipotenziya (shu jumladan dozaga bog‘liq ortostatik samaralar) (ayniqsa aylanib yuruvchi qon xajmi (AYUQX) kamaygan patsiyentlarda, masalan yurak yetishmovchiligining og‘ir darajasi bo‘lgan patsiyentlarda yoki diuretiklarning yuqori dozalari bilan davolanayotgan patsiyentlar). Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: qorin sohasida og‘riq, qabziyat. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: teri toshmasi. Umumiy buzilishlar Tez-tez emas: xolsizlik, yuqori toliqish, shishlar. Laborator va instrumental ma’lumotlar Tez-tez: giperkaliyemiya. Kam hollarda: alaninaminotransferaza (ALT) faolligini oshishi (odatda davolash bekor qilingandan keyin normaga qaytgan). Nazorat qilingan klinik tadqiqotlar lozartan preparati AG va chap qorincha gipertrofiyasi bo‘lgan patsiyentlarda umuman olganda yaxshi o‘zlashtirilishini namoyish qilgan. Ushbu tadqiqotlarda quyidagi NK kuzatilgan. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez: bosh aylanishi. Eshitish a’zosi va labirint buzilishlari Tez-tez: tizimli bosh aylanishi (vertigo). Umumiy buzilishlar Tez-tez emas: xolsizlik, yuqori toliqish. Nazorat qilingan klinik tadqiqotlar lozartan preparati qandli diabetning 2 tipi va proteinuriyasi bo‘lgan patsiyentlarda umuman olganda yazshi o‘zlashtirilishini namoyish qilgan. Ushbu tadqiqotlarda quyidagi NK kuzatilgan. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.Homiladorlik va emizish davri.18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (18 yoshdan kichik patsiyentlar uchun samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).Qandli diabeti va/yoki buyrak funktsiyasini buzilishi (KFT 60 ml/min/1,73 m2 dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda aliskiren yoki aliskiren saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang).Laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya sindromi.Jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlarida qo‘llash mumkin emas (qo‘llash tajribasi yo‘q).

Dori vositalarining o‘zaro ta’siri yuzasidan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda lozartanni gidroxlortiazid, digoksin, varfarin, tsimetidin va fenobarbital bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Rifampitsin dori vositalarining metabolizmi ingibitori bo‘lib qonda lozartanning faol metabolitining kontsentratsiyasini pasaytiradi. Klinik tadqiqotlarda R450 3A4 izofermentining ikkita ingibitorlarini: ketokonazol va eritromitsinni qo‘llash o‘rganilgan. Ketokonazol lozartanni vena ichiga yuborilgandan keyin lozartanni faol metabolitigacha metabolizmiga ta’sir ko‘rsatmagan. Flukonazol R450 2S9 izofermentining ingibitori lozartanning faol metabolitining kontsentratsiyasini pasaytiradi, lekin lozartan va R450 2S9 izeofermenti ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llashning farmakodinamik ahamiyati o‘rganilmagan. Lozartanni faol metabolitiga metabolizmga uchratmaydigan patsiyentlarda R450 2S9 izofermentining juda kam hollarda uchraydigan va spetsifik nuqsoni aniqlangan. Bu ma’lumotlar lozartanni faol metabolitigacha metabolizmi R450 3A4 izofermenti emas, R450 2S9 izofermenti tomonidan amalga oshirilishini tahmin qilish imkonini beradi. Angiotenzin II yokni uning samaralarini bloklovchi boshqa dori vositalari kabi lozartanni kaliy tejovchi diuretiklar (masalan spironolakton, eplerenon, triamteren, amilorid), kaliy saqlovchi qo‘shimchalar yoki kaliy tuzlari bilan bir vaqtda qo‘llash qon zardobida kaliyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Natriyni chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa dori vositalarini qo‘llagandagi kabi lozartan litiyni chiqarilishini kamaytirishi mumkin, shuning uchun litiy preparatlarini ARA II bilan bir vaqtda qo‘llaganda qon zardobida litiyning kontsentratsiyasini sinchkovlik bilan monitoring qilish kerak. Nosteroid yallig‘larishga qarshi preparatlar (NYAQP), shu jumladan tsiklooksigenaza-2 (TsOG-2) ning selektiv ingibitorlari diuretiklar va boshqa gipotenziv vositalarning samarasini pasaytirishi mumkin. Buning oqibatida ARA II yoki AAF ingibitorini NYAQP, shu jumladan TsOG-2 ning selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llaganda antigipertenziv samarasi susayishi mumkin. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan, NYAQP, shu jumladan TsOG-2 ning selektiv ingibitorlari bilan davolanayotgan ayrim patsiyentlarda (masalan keksa patsiyentlarda yoki suvsizlangan, shu jumladan diuretiklarni qabul qilayotgan patsiyentlarda) ARA II yoki AAF ingibitorini bir vaqtda qo‘llash buyrak funktsiyasini keyingi buzilishiga, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Ushbu samaralar odatda qaytuvchan, shuning uchun ushbu dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Monoterapiyaga nisbatan ARA II yoki AAF ingibitori yoki aliskiren (renin ingibitorini) qo‘llash bilan kechuvchi RAAT ikki tomonlama blokadasi arterial gipotenziya, hushdan ketish, giperkaliyemiya va buyrak funktsiyasini buzilishi (shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) bilan assotsiatsiyalangan. Lozartan va RAAT ga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda AB, buyrak funktsiyasi va qonda elektrolitlar darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Bloktran® preparati qandli diabet va/yoki buyrak funktsiyasini buzilishi (KFT 60 ml/min/1,73 m3 dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda aliskiren yoki aliskiren saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilmasligi kerak.

Anamnezida angionevrotik shishi (yuz, lab, hiqildoq/halqum va/yoki tilni shishi) bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llashni nazorat qilish kerak (“Nojo‘ya ta’siri” bo‘limiga qarang).

RAAT ga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari rivojlanayotgan homilada jiddiy shikastlanishlar va o‘limga olib kelishi mumkin, shuning uchun homiladorlik aniqlanganda Bloktran® darhol bekor qilinishi kerak va agar zarurati bo‘lsa muqobil gipotenziv davolash buyurilishi kerak. Homiladorlik vaqtida Bloktran® preparati bilan davolashni boshlash mumkin emas. Agar homiladorlikni rejalashtirgan patsiyentlarda lozartan bilan davolashni davom ettirish zarur bo‘lsa, lozartanni homiladorlik vaqtida qo‘llanilganda xavfsizlik profili aniqlangan muqobil gipotenziv vositaga almashtirish kerak. Garchi homiladorlarda Bloktran® preparatini qo‘llash tajribasi bo‘lmasada, hayvonlarda o‘tkazilgan klinik oldi tadqiqotlari lozartanni qabul qilish jiddiy embrional va neonatal shikastlanishlarga va homila yoki avlodni nobud bo‘lishiga olib kelishini namoyish qilgan. Ushbu ko‘rinishlarning mexanizmi RAAT ga ta’siri bilan bog‘liq deb hisoblanadi. RAAT ning rivojlanganligiga bog‘liq homiladagi buyrak perfuziyasi ikkinchi uch oylikda paydo bo‘ladi, shuning uchun agar lozartan homiladorlikning ikkinchi yoki uchinchi uch oyligida qo‘llanilsa, homila uchun xavf ortadi. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida RAAT ga ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalarini qo‘llash homilada buyrak funktsiyasini pasaytiradi va  homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqni kasallanishi va o‘limini oshiradi. Oligogidroamnionni rivojlanishi homilaning o‘pka gipoplaziyasi va skelet deformatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kuzatilishi mumkin bo‘lgan noxush ko‘rinishlar bosh suyagi gipoplaziyasi, anuriya, arterial gipotenziya, buyrak yetishmovchiligi va o‘limni o‘z ichiga oladi. Yuqorida ko‘rsatilgan noxush yakunlar odatda homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida RAAT ga ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq. Homiladorlikning birinchi uch oyligida gipotenziv dori vositalarini qo‘llagandan keyin homilada anomaliyalarni rivojlanishini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ko‘pgina epidemiologik tadqiqotlar RAAT ga ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari va boshqa gipotenziv vositalar orasida farqni aniqlamagan. Homiladorlarga gipotenziv davolash buyurilganda ona va homila uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan yakunlarni optimallashtirish kerak. Agar RAAT ga ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari bilan davolashni o‘rniga muqobil davolashni tanlash imkoni bo‘lmasa, patsiyentni homila uchun davolashning xavfi haqida ogohlantirish kerak. Intraamniotik bo‘shliqni baholash maqsadida vaqti-vaqti bilan ultratovush tekshiruvini o‘tkazish kerak. Oligogidroamnion aniqlanganda, agar ona uchun hayotiy zarur bo‘lmasa Bloktran® preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak. Homiladorlikning muddatiga qarab homilaning tegishli testlarini o‘tkazish kerak. Patsiyentlar va shifokorlar oligogidramnion homilaning qaytmas shikastlanishlari paydo bo‘lmaguncha aniqlanmasligi mumkinligini bilishlari kerak. Arterial gipotenziya, oliguriya va giperkaliyemiyani nazorat qilish maqsadida homiladorlik vaqtida Bloktran® preparatini qabul qilgan onalarning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarini sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Lozartan ko‘krak suti bilan ajralishi noma’lum. Ko‘pgina dori vositalari ko‘krak suti bilan ajralishi va emizikli bolada noxush samaralarning rivojlanishi xavfi mavjudligi tufayli, ona uchun qabul qilish muhimligini e’tiborga olib emizishni to‘xtatish yoki preparatni bekor qilish haqida qaror qabul qilish kerak.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar cheklangan. Simptomlar: arterial bosimni yaqqol pasayishi, taxikardiya, parasimpatik (vagus) rag‘batlantirish tufayli bradikardiya yuzaga kelishi mumkin. Davolash: jadallashtirilgan diurez, simptomatik davolash; gemodializ samarasiz.

Retsept bo‘yicha

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 50 mg. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 3 yoki 6 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.